Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KOLLABORATIV YONDASHUV O’QUVCHILARNING ADABIY-NUTQIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDA SAMARALI VOSITA SIFATIDA
Temirova Iqbol Sadriddinovna
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada ta'lim jarayonida kollaborativ yondashuvning ahamiyati va uning o'quvchilarning adabiy va nutqiy kompetentsiyalarini rivojlantirishdagi roli tahlil qilingan. Maqolada kollaborativ yondashuvning nazariy asoslari, uning ijtimoiy-madaniy, kognitiv rivojlanish va tajriba asosidagi o'rganish nazariyalariga tayanib tushuntirilgan. Lev Vygotsky, Jean Piaget va John Deweyning ta'limdagi yondashuvlari orqali bu metodning samarali ekanligi isbotlangan. Shuningdek, kollaborativ yondashuvning o'quvchilarning ijodiy, tanqidiy fikrlash, hamkorlikda ishlash va nutq kompetentsiyalarini rivojlantirishdagi o'rni ko'rsatilgan. Maqola shuningdek, kollaborativ yondashuvning pedagogik va psixologik imkoniyatlarini, ta'lim jarayonida muvaffaqiyatli qo'llanilishi uchun amaliy tavsiyalarni ham o'z ichiga oladi. Kalit so’zlar: Kollaborativ yondashuv, adabiy kompetentsiya, nutqiy kompetentsiyasiya, ijtimoiy-madaniy nazariya, kognitiv rivojlanish,pedagogik imkoniyatlar, psixologik imkoniyatlar. Hozirgi kunda ta'lim tizimida o'quvchilarning ijodiy va mukammal nutq qobiliyatlarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jarayonning asosida ularning fanga oid bilimlari va nutqiy kompetentsiyalarini oshirish maqsad qilib qo'yilgan. Kollaborativ yondashuvning ta'lim jarayonida qo'llanilishi o'quvchilarning o'zaro hamkorlik, birgalikda muhokama qilish va bir- biridan o'rganish imkoniyatlarini kengaytiradi. Ko'plab ilmiy tadqiqotlar va amaliy tajribalar shuni ko'rsatadiki, kollaborativ yondashuv asosida ishlash bu maqsadlarga erishishda muhim rol o'ynaydi. Bugungi ta'lim tizimi o'zining eng asosiy vazifasi sifatida ijodiy fikrlash(creativity), muammolarni hal qilish(problem solving) va tanqidiy fikrlash(critical thinking) va hamkorlikda ishlash(colloboration) ko'nikmalarini shakllantirishni belgilab bergan. Shu bilan birga, zamonaviy ta'lim jarayonida o'quvchilarni mustaqil va mas'uliyatli shaxs sifatida tarbiyalashga ham katta e'tibor qaratilmoqda. Bunda kollaborativ yondashuvning afzalliklari muhim ahamiyat kasb etadi. Kollaborativ yondashuvning asosi shundaki, o'quvchilar birgalikda ishlash orqali bilimlarni egallash jarayonida bir-birlariga yordam beradilar, o'zaro fikr almashadilar va yangi bilimlarni o'zlashtiradilar. Kollaborativ yondashuv (cooperative learning) ta'lim jarayonida muhim o'rin tutadi va ko'plab tadqiqotchilar tomonidan o'rganilgan. Ushbu yondashuvning nazariy asoslari Lev Vygotsky, Jean Piaget va John Dewey kabi olimlarning fikrlari va tadqiqotlariga tayanadi. Vygotsky va ijtimoiy-madaniy nazariya. Lev Vygotsky ijtimoiy-madaniy nazariyasida ta'lim jarayonida ijtimoiy o'zaro aloqalar va madaniy omillarni muhim deb biladi. Unga ko'ra, inson bilimlari va qobiliyatlari ijtimoiy muhitda shakllanadi va rivojlanadi. Kollaborativ yondashuv Vygotskyning zonal yaqin rivojlanish (zone of proximal development - ZPD) nazariyasiga asoslanadi. ZPD ta'lim jarayonida o'quvchining o'zi bajara olmaydigan, lekin yordam va ko'mak bilan bajara oladigan vazifalarni ifodalaydi. Kollaborativ yondashuvda o'quvchilar bir-biriga yordam berish orqali bilimlarini kengaytiradilar va rivojlantiradilar. Piaget va kognitiv rivojlanish nazariyasi. Jean Piaget kognitiv rivojlanish nazariyasida bolalarning fikrlash va bilim olish jarayonlari qanday rivojlanishini o'rganadi. Unga ko'ra, bolalar tajriba va muammolarni hal qilish orqali bilimlarni o'zlashtiradilar. Kollaborativ yondashuvda o'quvchilar birgalikda 54 muammolarni hal qilish va bir-biridan o'rganish orqali bilimlarini kengaytiradilar va chuqurlashtiradilar. Piagetning fikricha, bolalar birgalikda ishlash orqali o'zlarining bilimlarini kengaytiradilar va yangi bilimlarni o'zlashtiradilar. Dewey va tajriba asosida o'rganish. John Dewey tajriba asosida o'rganish nazariyasini ilgari suradi. Unga ko'ra, ta'lim jarayonida o'quvchilarning faol ishtiroki va tajribaga asoslangan o'rganish muhimdir. Deweyning fikricha, ta'lim jarayoni o'quvchilarning hayotiy tajribalariga asoslanishi va ularning faol ishtirokini ta'minlashi kerak. Kollaborativ yondashuv Deweyning nazariyasiga mos keladi, chunki bu yondashuv o'quvchilarning faol ishtirokini va tajribaga asoslangan o'rganishni ta'minlaydi. Kollaborativ yondashuvning nazariy asoslari shuni ko'rsatadiki, bu yondashuv o'quvchilarning bilimlarini kengaytirish va rivojlantirishda samarali bo'lishi mumkin. Ushbu yondashuvning ta'lim jarayonida qo'llanilishi o'quvchilarning ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini oshirishga yordam beradi. Kollaborativ yondashuvning adabiy va nutqiy kompetentsiyalariga ta'sirini aniqlash uchun bir qator tadqiqotlar va tajribalar o'tkazildi. Ushbu tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, kollaborativ yondashuv asosida ishlash o'quvchilarning adabiy bilimlari va nutq qobiliyatlarini sezilarli darajada yaxshiladi. Kollaborativ yondashuv adabiy bilimlarni rivojlantirishda samarali ekanligi ko'plab tadqiqotlar tomonidan tasdiqlangan. Masalan, o'quvchilar birgalikda asarlar muhokama qilganda, ular o'z bilimlarini kengaytira
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada ta'lim jarayonida kollaborativ yondashuvning ahamiyati va uning o'quvchilarning adabiy va nutqiy kompetentsiyalarini rivojlantirishdagi roli tahlil qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada ta'lim jarayonida kollaborativ yondashuvning ahamiyati va uning o'quvchilarning adabiy va nutqiy kompetentsiyalarini rivojlantirishdagi roli tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- nutqiy kompetentsiyasiya, ijtimoiy-madaniy nazariya, pedagogik imkoniyatlar, psixologik imkoniyatlar., adabiy kompetentsiya, Kollaborativ yondashuv, kognitiv rivojlanish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025