Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
INKLYUZIV TA’LIM – HAMMA BOLALAR UCHUN TENG IMKONIYATLAR
Xidirova M.Q. · Ortiqova S.S. (Guliston davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi,)
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
This article discusses the importance of inclusive education, its role in society, and the reforms being implemented in the education system of Uzbekistan. The main goal of inclusive education is to provide every child with educational opportunities tailored to their needs and to create equality and justice in society. Through the approaches of the President of Uzbekistan and reforms led by education specialists, the article analyzes the outcomes of implementing inclusive education. It also provides valuable insights into the role of teachers, innovative technologies, and the place of inclusive education in society. The article includes recommendations aimed at further developing inclusive education. Keywords: Inclusive education, equality, justice, children with disabilities, education system, teachers, innovative technologies, integration, education reforms. Mamlakatimizda olib borilayotgan barcha islohotlarning maqsadi davlatimiz kelajagiga mustahkam poydevor qurishdan iborat. Bu poydevor sog‘lom, yetuk va barkamol shaxslarni tarbiyalab voyaga yetkazish natijasida yaratiladi. Shuning uchun ham ta’lim sohasida turli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ta’lim sohasidagi bu islohotlarning asosini “Ta’lim tog‘risidagi qonun”tashkil etadi. E’tiborga molik jihati shundaki ushbu qonunning 20-moddasi aynan inklyuziv ta’limga qaratilganligidir. Inklyuziv ta’lim – bu barcha bolalar, jumladan, imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun umumiy ta’lim tizimiga integratsiya qilishni nazarda tutadigan yondashuvdir. U har bir bolaga uning ehtiyojlariga qarab ta’lim olish imkoniyatlarini yaratish, uni jamiyatga muvaffaqiyatli integratsiyalashga yordam berishni maqsad qiladi. Inklyuziv ta’limning asosiy vazifasi – har bir bolaning imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalangan holda, unga eng yaxshi ta’limni taqdim etishdir. Inklyuziv ta’lim jamiyatda barcha bolalarga teng imkoniyatlarni yaratishga xizmat qiladi. O‘zbekistonda ham bu yo‘nalishda ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Masalan, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yildagi ma’ruzalarida ta’lim tizimida inklyuzivlikni joriy etishning ahamiyati haqida alohida ta’kidlangan edi. Bu, ayniqsa, imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun o‘quv muassasalarida moslashuvchan sharoitlar yaratish zarurligini ko‘rsatadi. 12 Ushbu tamoyilga asoslanib, inklyuziv ta’lim tizimi bolaning ijtimoiy moslashuvni yaxshilashga, uning o‘zini erkin tutishi va jismoniy, psixologik rivojlanishiga imkon yaratadi [1]. Inklyuziv ta’lim imkoniyati cheklangan bolalarga nima beradi degan savolga shunday javob berish mumkin: -O‘z imkoniyatini o‘zi uchun kashf etib,qobiliyatlarini yanada ko‘proq namoyon qilish -Mustaqil harakatlanish -Birgalikda va hamkorlikda ishlash imkoniyatini -Dunyoqarashi kengaydi -Atrofdagi muhitga munosabati o‘zgaradi -O‘zidan qoniqmaslik hissi bartaraf etiladi va eng muhim jihati anomal bolalar ta’lim oladi. Inkyuziv ta’lim sog‘lom bolalar hayotiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, ular o‘zlariga o‘xshamagan tengdoshlarining ehtiyojlarini his qiladilar, ularda atrofdagilarga nisbatan g‘amxo‘rlik hissi oshadi, o‘zaro hurmat tarbiyalanadi, yordamga muhtoj insonlarga e’tiborsizlik qilmaydigan shaxsga aylanadi.Alohida ehtiyojli bolalar ham sog‘lom tengdoshlari bilan birgalikda o‘z qobiliyat darajasida faoliyat ko‘rsatish, ta’lim olishi, kasb-xunar o‘rganishi va rivojlanishi mumkin. Inklyuziv ta’lim maqsadga muvofiq tarzda tashkil etilsa maxsus yordamga muhtoj bolalar ijtimoiy tomondan himoyalandilar, ijtimoiy hayotda teng xuquqliligini, o‘z tengdoshlari bilan birga bilim olishlari mumkinligini his etadilar. Inklyuziv ta’limning eng asosiy printsipi – bu tenglik va adolat. Har bir bola o‘zining ehtiyojlariga mos ta’lim olish huquqiga ega. O‘zbekistonning taniqli ta’lim mutaxassisi, professor Shuhrat Abdullayevning “Ta’limda inklyuzivlik” maqolasida ta’kidlanishicha, inklyuziv ta’lim jamiyatda barcha bolalarga teng imkoniyatlar yaratishda muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, har bir bola o‘z imkoniyatlariga qarab ta’lim olishi, jamiyatga moslashishi uchun sharoitlar yaratish zarurati mavjud[2]. Ta’lim jarayonining asosiy markaziy figuralaridan biri sifatida pedagog shaxsi shakllanishi hozirgi zamon pedagogika fanining dolzarb mavzularidan biridir [6 ]. Ta’lim tizimida inklyuziv yondashuvni joriy qilishda o‘qituvchilar, pedagoglar va psixologlar o‘rtasida hamkorlik muhimdir. Chunki ular har bir bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olib, ta’limni samarali tarzda tashkil etishi kerak. Inklyuziv ta’lim o‘qituvchisiga qo‘yiladigan talablar quyidagilardan iborat: Pedagogik bilim va malaka Individual yondashuv Empatiya va psixologik ko‘nikmalar Moslashuvchanlik va kreativlik Maxsus yordam ko‘rsatish va resurslardan foydalanish Jamoaviy ishlash va hamkorlik Keng qamrovli ta’lim va o‘z-o‘zini rivojlantirish Ijtimoiy va madaniy bilimsizlikni kamaytirish Inklyuziv ta’limni rivojlantirish uchun pedagoglar maxsus treninglardan o‘tishi, inkluziv yondashuvni o‘z darslarida qo‘llas
Доказательный фрагмент
«This article discusses the importance of inclusive education, its role in society, and the reforms being implemented in the education system of Uzbekistan.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the importance of inclusive education, its role in society, and the reforms being implemented in the education system of Uzbekistan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Inclusive education, equality, justice, children with disabilities, education, tenglik, Inklyuziv ta’lim, imkoniyatlari cheklangan bolalar, pedagoglar, ta’lim tizimi, adolat, ta’lim islohotlari., innovatsion texnologiyalar, integratsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025