Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
UZLIKSIZ TA’LIMNING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI
Xakimova Shahnoza
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 4 · 306–308 · 1997
Аннотация
Ta’lim tizimi jamiyatning eng ustuvor va zalvorli sohalaridan biri hisoblanadi. Jahon ta’lim standartida norm ava nuzonlar uzluksiz ta’limning inavatsion bosqichlarini yuzaga chiqarishdan iborat. Horijlik adabiyotlar tahlilga ko’ra Baloniya konvensiya uzluksiz ta’lim sharoiti alohida muhim o’zin tutadi. Bugungi kunda O’zbekistonda ta’lim to’g’risida qonun Kadrlar tayorlash milliy dasturi farmonlari Oliy ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan malakali kadirlarni yetkazib chiqaruvchi ta’lim muassasalarini soni ortib borishi ham uzluksiz ta’limning davomiyligi taqozo etadi. Kalit so‘zlar: Ta’lim, kadr, jamiyat, Uzluksiz ta'lim, Hayot bo'yi o'rganish, raqobatbardoshlik, moslashuvchan, iqtisodiy o'sish, shaxsiy rivojlanish. Uzluksiz taʼlim - oʻzaro mantiqiy izchillik asosida bogʻlangan hamda soddadan murakkabga qarab rivojlanib boruvchi va birbirini taqozo etuvchi bosqichlardan iborat yaxlit taʼlim tizimi. Oʻzbekiston Respublikasida kadrlar tayyorlash tizimining asosi, taʼlim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillaridan biri. 1997-yil 29 avgustda qabul qilingan "Taʼlim toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida alohida tamoyil sifatida qayd etilgan. Uzluksiz taʼlim milliy modelning asosiy tarkibiy kismlaridan biri (qarang Taʼlimning milliy modeli), Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini taʼminlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiytexnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohadir. Uzluksiz taʼlim ijodkor, ijtimoiy faol, maʼnaviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlash uchun zarur shartsharoitlar yaratadi. Uzluksiz taʼlim tizimining faoliyat olib borishi davlat taʼlim standartlari asosida, turli darajalardagi taʼlim dasturlarining izchilligi asosida taʼminlanadi va maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus, kasbhunar taʼlimi, oliy taʼlim, oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari taʼlimni oʻz ichiga oladi.1 Uzluksiz ta'lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyotini ta'minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy- texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohadir. Uzluksiz ta'lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma'naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar xam tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi. O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor soha bo‘lib, ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxsning shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarning jadal tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi2 Oliy ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlanishini ta’minlaydi. Oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash oliy ta’lim 1 https://uz.wikipedia.org/wiki/Uzluksiz_ta%CA%BClim 2 https://staff.tiiame.uz/storage/users/167/presentations/GaAguM3i9676ATKNDspVINVshkmgHjaEUAgYIF7F.pdf 23 tashkilotlarida (universitetlar, akademiyalar, institutlar, oliy maktablar) amalga oshiriladi. Umumiy o‘rta (o‘n bir yillik ta’lim), o‘rta maxsus (to‘qqiz yillik tayanch o‘rta va ikki yillik o‘rta maxsus ta’lim), boshlang‘ich professional ta’lim (to‘qqiz yillik tayanch o‘rta va ikki yillik boshlang‘ich professional ta’lim) olgan shaxslar, shuningdek ushbu Qonun kuchga kirguniga qadar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi (to‘qqiz yillik umumiy o‘rta va uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi) olgan shaxslar oliy ma’lumot olish huquqiga ega. Oliy ta’lim ikki bosqichga — bakalavriat va magistratura bosqichiga ega. Bakalavriat oliy ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha chuqurlashtirilgan bilim, malaka va ko‘nikmalar beradigan, o‘qish davomiyligi kamida uch yil bo‘lgan tayanch oliy ta’limdir. Magistratura tegishli bakalavriat negizidagi aniq mutaxassislik bo‘yicha o‘qish davomiyligi kamida bir yil bo‘lgan oliy ta’limdir. Magistratura mutaxassisliklarining va ularga muvofiq bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining ro‘yxati ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organi tomonidan belgilanadi. Mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimi oldida turgan vazifalarning asosiylaridan biri, so’zsiz, hozirgi tez o’zgarib borayotgan dunyoda mustaqil qarorlar qabul qila oladigan, tizimli tahlil va samarali muloqatga qodir ijtimoiy va shaxsiy muammolarni mustaqil amalga oshira oladigan jamiyat a’zosi, shaxsni tayyorlashdan iborat. Jahon oliy ta’lim tizimida ta’lim sifatini ta’minlash borasidagi zamonaviy tendensiyalardan kelib chiqib, mamlakatimizda pedagog kadrlar tayyorlash mazmunini kompetensiyaviy yondashuv asosida tubdan takomillashtirish, xalqaro standartlar va milliy an-analar uyg’unligida yuqori malakali, zamonaviy bilim va ko’nikmalarga ega, musta
Доказательный фрагмент
«Ta’lim tizimi jamiyatning eng ustuvor va zalvorli sohalaridan biri hisoblanadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюTa’lim tizimi jamiyatning eng ustuvor va zalvorli sohalaridan biri hisoblanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Uzluksiz ta'lim, shaxsiy rivojlanish., raqobatbardoshlik, jamiyat, kadr, Ta’lim, Hayot bo'yi o'rganish, moslashuvchan, iqtisodiy o'sish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025