Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
HOZIRGI ZAMON AXBOROT OQIMI INNOVATSIYAVIY FAOLIYATNI SHAKLLANTIRISHNING MEXANIZMI SIFATIDA
SHAKLLANTIRISHNING MEXANIZMI SIFATIDA · Shukurova Ugiloy Umarovna
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
Maqolada kompyuter tarmoqlarining zamonaviy inson hayot va faoliyatiga jadal kirib borishi va rivojlanishi jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va hatto siyosiy masalalarini hal etishda alohida ahamiyat kasb etishi, shu bilan birga, shaxsning pedagogik-psixologik xususiyatlari, bilim doirasi, dunyoqarashi o‘zgarishiga ta’siri haqida ma’lumotlar berilgan. Kalit so‘zlar: Axborot, internet, texnika, virtual, kiberxavfsizlik, tahdid, internet- madaniyat. Annotation: The article describes the rapid penetration and development of computer networks in modern human life and activity, their special role in solving social, economic and even political problems of society, as well as the impact of pedagogical and psychological characteristics, knowledge, worldview. information about Keywords: Information, internet, technology, virtual, cybersecurity, threat, internet culture. Mustaqillik yillarida jahon tajribasini o‘rganish jamiyat va davlat hayotini modernizatsiya qilish, unga innovatsion ishlanmalarni keng joriy etish maqsadida kompyuterlashtirish masalasiga davlat siyosati darajasida katta e’tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda insoniyat ushun axborot oqimi tobora tezlashgan, Er shari aholisi kayfiyatini, ruhiyatini, maqsad va intilishlarini, qolaversa, butun tafakkur tarzini o‘gartirishga qodir bo‘lgan axborot texnologiyasi vujudga kelgan bir davrda yashamoqda. Bu hozirgi zamon sivilizastiyasining o‘ziga xos yutug‘i bo‘ib, xalqlar, mamlakatlar, davlatlar o‘zaro munosabatlarini toboro yaqinlashtirishga, jahon ijtimoiy- siyosiy jarayonlarini boshqarishga, dunyoviy kayfiyat, dunyoviy ruhiyat va maslakning vujudga kelishiga xizmat qiladigan mo‘jizakor hodisadir. Biroq sivilizastiyaning ana shunday ulkan, keng miqyosli va serqirra yutug‘idan kim qanday maqsadlarda foydalanayapti? Uni beqiyos va qudratli kuchi nimalarga ishlayapti?- degan haqli savol ham muammoga aylanmoqda. Umuman olganda insoniyat tafakkuri kengayib, fan- texnika taraqqiyoti jadallashgani sayin insoniyat o‘zining buyuk yaratuvchilik qudratini namoyon etmoqda. SHu bilan birga o‘z hayotiga o‘zi tahdid soladigan, o‘z istiqbolini mavhumlashtiradigan holatlarga ham duch kelmoqda. Insoniyat yozuv ixtiro qilingunga qadar taxminan uch million yil og‘zaki aloqa qilgan bo‘lsa, undan ming yil keyingina sanoat asosida kitob bosishni o‘rgandi. Undan besh yuz yil o‘tib telefon, radio va televideniyaga ega bo‘ldi. An’anaviy eshituv-ko‘ruv vositalaridan kompyuterlarga o‘tish uchun esa atigi ellik yilcha vaqt kerak bo‘ldi, xolos. Ana shu tarixiy haqiqatning o‘zi inson tafakkuri taraqqiyoti, fan-texnika rivoji bilan bo‘lgan olamshumul o‘zgarishlar dinamikasini ko‘rsatadi. Kompyuterlarning yuzaga kelishi esa butun Er sharini yagona axborot makoniga aylantirdiki, natijada har bir mamlakat taqdiri bilan ham, butun dunyo taqdiri bilan bog‘liq bo‘lgan voqelik yuzaga keldi. Butun O‘zbekiston ana shu yagona axborot tizimining faol 114 sub’ektiga aylandi. Uning dunyo bilan aloqasi, jahon ijtimoiy-siyosiy jarayonlariga ishtiroki, davlatlararo munosabatlar, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy va madaniy aloqalari umumjahon axborot tizimi tarkibida amalga oshirilmoqda. Bu bevosita elektron pochta, elektron axborot almashish tizimi orqali ham milliy, ham dunyoviy muammolarni hal etishda faoliyat samaradorligini oshirishda, vaqtni tejashda, moliyaviy xarajatlarning keskin kamayishida, qolaversa, zamonaviy axborot almashtirish salohiyatini namoyon qilishda katta samara bermoqda. Biroq bu jarayon bir qator muammolardan ham xoli emas. Jumladan, jahon axborot tizimidan foydalanish darajasining pastligi (5%), internet tizimining keng rivojlanmaganligi, undan foydalanish darajasining pastligi ko‘zga tashlanmoqda. Ammo masalaning ikkinchi tomoni ham bor. Bu bevosita axborot bozoridan foydalanayotganda qanday axborotlarni qabul qilish, qanday axborotlardan foydalanish borasidagi salohiyatni ham taqozo etmoqda. Hozirgi zamon texnika taraqqiyoti endi boshlanayotgan davrda yashab ijod qilgan ayrim mualliflarning ilmiy ishlarida “odam-texnika” munosabatlari tizimining sabab va oqibatlari shunchaki muhokama qilinmayotganligi, bu jarayon natijalari psixologik qanday tushuntirilishi mumkinligi xususida ham fikr yuritishga urinishlar amalga oshirilayotganligini kuzatish mumkin. Masalan, odam va mashina o‘rtasidagi munosabatlarda texnikaning inson ruhiy olamiga ta’siri asosidagi psixologik mexanizmlar haqidagi ayrim mulohazalardan italiyalik faylasuf R. Gvardinining Myunxen oliy texnika maktabida 1959-yilda o‘qigan “Mashina va odam” mavzusidagi ma’ruzasini shunday ishlar qatoriga qo‘shish mumkin. Ushbu ma’ruzada Gvardini mashinalarning odam hayotida tobora keng joy egallab borishini bashorat qilib, bu jarayonlarning ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy sohalardagi salbiy va ijobiy tomonlarini tahlil qiladi. R. Gvardinining fikricha: “odam va texnika o‘rtasidagi munosabatda odamda vujudga keladigan psixologik zo‘riqishning asosiy sababi texnikaning inson hukmronligini kengaytirishida yashiringan”. Faylasuf tex
Доказательный фрагмент
«Maqolada kompyuter tarmoqlarining zamonaviy inson hayot va faoliyatiga jadal kirib borishi va rivojlanishi jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va hatto siyosiy masalalarini hal etishda alohida ahamiyat kasb etishi, shu bi…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada kompyuter tarmoqlarining zamonaviy inson hayot va faoliyatiga jadal kirib borishi va rivojlanishi jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va hatto siyosiy masalalarini hal etishda alohida ahamiyat kasb etishi, shu bi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Information, internet, technology, virtual, cybersecurity, threat, internet, internet-madaniyat., texnika, kiberxavfsizlik, tahdid, Axborot
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025