К содержанию
РецензированоUZ2026

HARAKATLI O‘YINLARNING PEDAGOGIK AHAMIYATI

M.R. Ulug’bekova (Guliston davlat universiteti)

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Harakatli o'yinlar - bolalar va kattalar uchun jismoniy faoliyatni rag'batlantiruvchi, qiziqarli va foydali o'yinlar to'plamidir. Ushbu maqolada harakatli o'yinlarning ahamiyati, ularning sog'liq uchun foydalari, shuningdek, bolalar rivojlanishiga ta'siri ko'rib chiqiladi. O'yinlar orqali bolalar jismoniy ko'nikmalarni rivojlantiradi, ijtimoiy muloqotda faol ishtirok etishadi va jamoaviy ishni o'rganadilar. Maqolada harakatli o'yinlarni tashkil etish bo'yicha tavsiyalar va ulardan qanday qilib maksimal foyda olish mumkinligi haqida ham ma'lumot beriladi. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalar va elektron o'yinlarning harakatli o'yinlarga ta'siri ham muhokama qilinadi. Umuman olganda, maqola harakatli o'yinlarning hayotimizdagi o'rnini va ahamiyatini yoritishga qaratilgan. Kalit so'zlar: harakatli o‘yinlar, jismoniy faoliyat, bolalar rivojlanishi, ijtimoiy muloqot, jamoaviy ish, sog'liq uchun foyda, o‘yinlar tashkil etish, ko‘nikmalarni rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalar, elektron o‘yinlar, raqobatbardoshlik, o‘yin qoidalari, bolalar sporti, o‘yin orqali o'rganish, foydali faoliyat. Milliy va harakatli o‘yinlarning o‘ziga xos xususiyati uning mazmuni harakatning rolini yorqin ifoda qilish hisoblanadi (yugurish, sakrashlar, uloqtirish, otish, to‘pni uzatish va ilib olish, qarshilik ko‘rsatish va boshqalar). Bu o‘yinlar harakatlanish va uning mazmunini (mavzu, g'oyasi) asoslab beradi. U o‘yinda qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘lida, turli-tuman qiyinchiliklarni, to‘siqlarni yengib o‘tishiga yo‘naltiriladi. Milliy va harakatli o‘yinlarning orasida haqiqatan ham (elementar) harakatli o‘yinlar va sport o‘yinlari bilan farq qiladi. Haqiqatan ham harakatli o‘yinlar o‘ynovchilarning o‘zlarini ixtiyoriy ravishda o‘r- natilgan, maqsadga shartli ravishda erishishga yo‘naltirilgan, o‘zida ongli ravishda tashabbuskorlik faoliyatini mujassamlashtirgan bo‘ladi. O‘ynovchilarning maqsadga erishishida faol harakatlantiruvchi hara- kat talab qiladi, uni bajarishi o‘ynovchilarni o‘zlarining ijod qilishiga va tashabbuskorligiga bog'liqdir (nishonga tezda yugurib borish, nishonga tez otish, «raqibi»ga tez va epchillik bilan yetib olish yoki undan o‘zib ketish va hokazo). Milliy va harakatli o‘yinlar qoidalar bilan belgilanadi. Sport o‘yinlaridan farqli o‘laroq, harakatli o‘yinlar qoidalariga shart-sharoitdan kelib chiqib kelishilgan holda o‘zgartirish kiritish mumkin. O‘yin qoidasi maqsadga erishish yo‘lida o‘yindagi qiyinchiliklarni va to‘siqlarning xarakterini aniqlaydi. Haqiqatan ham harakatli o‘yinlar o‘yin qatnashchilaridan maxsus tayyorgarlikni talab qilmaydi. Shuning uchun o‘yin qoidasi o‘yin qatnashchilari va rahbarlarning (o‘qituvchilar) o‘zlari o‘tkazilayotgan o‘yinning sharoitiga qarab uni o‘zgartirib boradilar. Chunki unda o‘ynovchilarning aniq belgilangan soni, maydonning katta- kichikligi belgilanmagan bo‘ladi, shuningdek, asbob-anjomlar ham o‘zgartirib turiladi (bulava yoki kegli, voleybol yoki oddiy to‘p, kichik koptoklar yoki qum solingan xaltachalar, gimnastika yoki oddiy tayoqchalar va hokazo). Sport o‘yinlari — bu harakatli o‘yinlarning eng yuqori bosqichi- dir. Bunda o‘yin qoidasi qat'iy belgilangan bo‘lib, ularda maxsus maydon va jihozlar talab qilinadi. Sport o‘yinining o‘ziga xosligi o‘yin jarayonida ma'lum taktikada o‘zini tutishi va murakkab harakat texnikasi hisoblanadi. Bu esa o‘yin qatnachilaridan maxsus tayyor- garlik va mashqni talab qiladi. Har bir 118 sport o‘yini belgilangan o‘yinchilarning soniga, maydon o‘lchamlari va asbob anjomlariga ega bo‘ladi. Ayrim sport o‘yinlarida ba'zi o‘yinchilarda mutaxassisligi bo‘lishi zarurdir (hujumga, himoyaga, darvozabon va b.q). Sport o‘yinlarining u yoki bu o‘yinida qat'iy qoidaga mos ravishda maxsus hakamlik qilishni talab qladi. Ayrim sport o‘yinlarida o‘yin qatnashchilarining tarkibiga qarab bir necha marta (o‘quvchilar yoki kattalar, erkaklar yoki o‘smir qizlar) o‘zgartirilishi mumkin. Sport o‘yinlari sport turi hisoblanadi. Bular bo‘yicha har xil darajadagi musobaqalar o‘tkaziladi. Natijada sport o‘yinlari bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqalarda eng yaxshi o‘yinchilarga sport razryad- lari va unvonlar beriladi. Ayrim harakatli o‘yinlar (masalan, «lapta», «voleybol» va hokazo) mashg'ulotning maqsadi, ko‘rsatmasi va uni tashkil qilish usullariga bog'liq holda, ayrim holatlarda haqiqatan ham o‘zining xarakteriga qarab harakatli (elementlari) o‘yin deb yuritiladi, boshqalari esa sport o‘yinlari sifatida o‘tkaziladi. Masalan, o‘yin qatnashchilari tasodifan yig'ilib qolganda (dam olish o‘yinlarida, sayllarda) ular haqiqatan ham harakatli o‘yin xarakteriga ega bo‘ladi. Milliy va harakatli o‘yinlardan yoshlar va bolalarning umumiy jismoniy tayyorgarlik vositasi sifatida foydalaniladi, shuningdek, sport o‘yinla- riga va boshqa sport turlariga hamda «Alpomish» va «Barchinoy» test me'yorlarini topshirishga tayyorlash vositasi bo‘lib ham hisoblanadi. Milliy va harakatli o‘yinlar o‘ziga xos bo‘lishi mumkin (yakka tartibda), u hammadan ko‘proq tez-tez bolalarning o‘zl

Доказательный фрагмент

«Harakatli o'yinlar - bolalar va kattalar uchun jismoniy faoliyatni rag'batlantiruvchi, qiziqarli va foydali o'yinlar to'plamidir.»

Образец извлечения

Демо-превью

Harakatli o'yinlar - bolalar va kattalar uchun jismoniy faoliyatni rag'batlantiruvchi, qiziqarli va foydali o'yinlar to'plamidir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
harakatli o‘yinlar, jismoniy faoliyat, bolalar rivojlanishi, ijtimoiy muloqot, bolalar sporti, o‘yin orqali o'rganish, o‘yin qoidalari, jamoaviy ish, elektron o‘yinlar, ko‘nikmalarni rivojlantirish, sog'liq uchun foyda, raqobatbardoshlik, foydali faoliyat., zamonaviy texnologiyalar, o‘yinlar tashkil etish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники