К содержанию
РецензированоUZ2026

XALQ OG‘ZAKI IJODI ASOSIDA KELAJAK AVLODLARGA AXLOQIY TARBIYA BERISH

Shononova Qurbonoy Nurfayiz qizi · Esanov Alijon Mengbayevich.

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 01 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada xalq Og‘zaki ijodining kelajak avlodlarga axloqiy tarbiya berishda qanday ahamiyatga ega ekanligini va yoshlarni ijtimoiy masalalar va mumommolarga nisbatan ongli qarashga yo‘naltirishdagi ahamiyati. Yosh avlod ta'lim tarbiyasiga bo‘lgan munosabat. Xalq og‘zaki ijodining milliy va axloqiy identifikatsiyani mustahkamlashdagi o‘rni kabi kabi masalalar yoritiladi. Kalit so‘z: Xaq og‘zaki ijodi, maqol, matal, tarbiya, qadriyat, madaniyat, axloq, yoshlar, ma'naviyat, kelajak, ertak , doston, yosh avlod, tarixiy an’ana. Kirish: Xalqimizning ijod mahsuli hisoblangan, zamonlar osha og‘izdan-og‘izga o‘tib kelgan baddiy asarlar xalq og‘zaki ijodi yoki folklor (ingilizcha "folk"- xalq, "lore"‘ donolik, yani xalq donoligi, donish mandligi) deb yuritiladi. Xalq og‘zaki ijodi ertak, afsona, maqol, matal, latifa, laparlar, dostonlar, tez aytishlar,va alla, topishmoqlar, naqillar, kabi janirlarni o‘z ichiga oladi. Bu janrlarda yosh avlodini ma'naviy’axloqiy tarbiyalash yo‘llari, tarbiya usullari, mehr, muhabbat, saxiylik, oliyjanoblik, qadr, vafo, sadoqat, yaxshilik, oqibatlilik, mehnatsevarlik, kasb-hunarga muhabbat, halolik, adolat, insof, andishalik, insonparvarlik kabi xislatlar ulug‘lanadi, qadrlanadi ammo insonni bulg‘ovchi bevafolik, baxillik, xasislik, qo‘rqoqlik, nomussizlik, manmanlik, kaltabinlik, yolg‘onchilik, ochko‘zlik, o‘g‘irlik va boshqa salbiy illatlar qoralanadi. Bu esa yoshlar tarbiyasida xalq og‘zaki ijodining eng samarali, kerkli ma'nbalardan biri ekanligini ko‘rsatadi. Xalq og‘zaki ijodi insoniyotga tengdosh eng qadimiy sanat. Har bir xalqning og‘zaki ijodi o‘sha xalqning fel’atvori, estetik didi, ruhiyati, urf-odat va an’analari, orzu’intilishlari, geografik tabiati va sharoitini aks ettiruvchi o‘ziga xos ko‘zgudir. Biz ana shu ko‘zgu vositasida olamshumul ezgu niyyatlar, insoniy fazilatlar, yovuzlik, zulim, adolatsizlikka qarshi nafrat tuyg‘ularini ko‘ramiz. Qadim zamondan ma'naviyat inson dunyo qarashini xatti-harakatini, jamiyatda tutgan o‘rnini, xalqqa, vatanga, atrofdagi odamlarga bo‘lgan munosabatni boshqaruvchi omil xisoblanadi. Ma' naviy qashshoq kimsa atrofida ro‘y berayotgan voqialarga befarq qaraydi. Ma'naviy qashshoq odam uchun, Vatan, xalq, oila kabi muqaddas tushunchalar yot. Shuning uchun buyuk bobolarimiz avvalo farzandning ma'naviy dunyosini shakillantirish chorasini rejalashtirgan. Aslini olganda xalq dostonlari maqol, matal, qo‘shiq va boshqa o‘nlab janirdagi asarlar yosh avlodning ma'naviyatini boyitish uning haqiqiy inson darajasiga yetishini taminlash maqsadini nazarda tutgan holda yoritilgan. Asosiy qisim: Malum bo‘ladiki madaniyat, san'at, til xalqning xalq sifatida ravnaq topishining bosh omilidir. Xaq ijodi esa madaniyat, san'at, tilning asosini tashkil etuvchi tarkibiy qisimdir. 1997-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasida "Ma'naviy- axloqiy tarbiya va marifiy ishlar" aloxida bo‘lim sifatida tastiqlanishi bejiz emas. Unda yosh avlodni ma'naviy, ahloqiy tarbiyalashda xalqnig boy milliy, madaniy, tarixiy an'ana va qadriyatlari, urf-odatlariga 41 asoslangan samarali tashkiliy pedagogik shakl va vositalari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilishi takidlangan. Mustaqillik xalq qadriyatlariga umuman xalq og‘zaki ijodiga bo‘lgan munosabatda keskin ijobiy o‘zgarish yasagan. Respublikamizning birinchi Prezidenti Islom Karimovning "O‘zbekiston buyuk kelajak sari" asarining "Mustaqil O‘zbekistonni rivojlantirishning ma'naviy’ahloqiy negizlari" deb atalgan bo‘limida: "O‘zbekistonni yangilaah va rivojlantirishning yo‘li to‘rtta asosiy negizga asoslanadi ‘ deyilgan. Bu negizlar: -umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik; -xalqimizning ma'naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish; -insoning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi; -vatanparvarlik. ‘ deb belgilab qo‘yilgan; Qayd etilgan to‘rt negizning har bittasi yo bevosita yoki bil vosita xalq og‘zaki ijodi bilan bog‘lanadi. Bundan shuni anglash mumkunki " kelajak -yoshlar qo‘lida" tushunchasini igari surgan holda Prezdentimiz aytganidek xalq o‘z tarixi, an’ analari, qadriyatlarini bilmasdan turib rivojlana olmaydi. Shunday ekan har bir o‘zbek yoshlari o‘z tarixi, madaniyati, adabiyoti, qadriyatlaridan boxabar bo‘lishi shart; aks holda millat rivojlanmaydi. Zero birinchi Prezidentimiz Islom Karimov aytganidek; ‘ "Tarixsiz ‘ kelajak yo‘q" bunda esa xalq og‘zaki izidinig o‘rni beqiyosdir. Xalq og‘zaki ijodining ta'lim-tarbiya jarayonida qo‘llanilishinig afzalliklari quydagicha; Chuqur ma'nodorligi. Asarning mazmundorligi va mantiq jihatdan mukammalligi o‘quvchiga kuchli ta'sir etib, uni chuqur o‘ylantirish bilan bir qatorda ijobiy jixatlar shakillantirishiga turtki vazifasini o‘taydi. Ertak, doston, hikoyalar shular jumlasidan. - Ixchamlik, Xalq og‘zaki ijodining avloddan’avlodga o‘tib kelayotga asosiy sabablardan biri hisoblanadi u xalq tomonidan oson o‘zlashtirildi va yod olinadi. Bu maqlollar, matallar, topishmoq va tez aytishlar shu kabi janirlarda o‘z ifodasini topadi. - Soddaligi. Asar tarkibida o‘ta baddi

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada xalq Og‘zaki ijodining kelajak avlodlarga axloqiy tarbiya berishda qanday ahamiyatga ega ekanligini va yoshlarni ijtimoiy masalalar va mumommolarga nisbatan ongli qarashga yo‘naltirishdagi ahamiyati.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada xalq Og‘zaki ijodining kelajak avlodlarga axloqiy tarbiya berishda qanday ahamiyatga ega ekanligini va yoshlarni ijtimoiy masalalar va mumommolarga nisbatan ongli qarashga yo‘naltirishdagi ahamiyati. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tarixiy an’ana., tarbiya, ertak, doston, yoshlar, ma'naviyat, maqol, matal, kelajak, yosh avlod, axloq, Xaq og‘zaki ijodi, madaniyat, qadriyat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники