Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“PEDAGOGIKADA PSIXOLOGIYA ASOSIY ME’ZONDIR”
Kadirova Ravshanoy Ismailjanovna
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
Ushbu maqola pedagogika sohasida psixologiyaning o’rni “Pedagogikada psixologiya asosiy me’zondir” va ahamiyati psixologiya fanining ahamiyati, psixologiya sohasida erishilgan yutuqlar, pedagogning psixologik tajribalari va motivatsiyalar va psixologiya sohasida olimlarning qilgan ishlari va tajribalari haqida batafsil ma’lumot berilgan. Kalitso’zlar: pedagogika, psixologiya, motivatsiya, shaxs, rivojlanish, introspeksiya, psixologik motiv, psixik taraqqiyot. Psixologiya fani inson shaxsi, uning ichki dunyosi haqidagi bilimlarning murakkab sohasidir.Psixologiya har kimga o‘z tajribasidan ma’lum bo‘lgan sezgi, idrok, xotira, tafakkur, hayol, his-tuyg‘u va insonning qobiliyati, iste’dodi, temperamenti, xarakteriga xos ruhiy hodisalar haqidagi bilimlarni o‘z ichiga olgan sohadir. Psixologiya - inson faoliyati va hayvonlar xatti- harakati jarayonida voqelikning psixik aks etishi, ruhiy jarayonlar, holatlar, hodisalar, hislatlar toʻgʻrisidagi fan. Psixologiyaning tadqiqot predmetiga sezgilar va idrok obrazlari, tafakkur va hissiyot, faoliyat va muomala kabi psixologik jarayonlar, kategoriyalar kiradi. Psixologiyaning asosiy vazifalari - psixika qonuniyatlarini, inson ruhiy holatlari shakllanishini filogenetik va ontogenetik taraqqiyot birligida ochishdan iboratdir. Mazkur vazifalar yechimini topishda Psixologiya bir tomondan, biologiya fani sohalari bilan, jumladan, fiziologiya bilan, boshqa tomondan esa, sotsiologiya, pedagogika, madaniyat tarixi, mantiq hamda ijtimoiy fanlar bilan jips aloqaga kirishadi. Psixologiya eng avvalo, psixikaning insonga xos shakli boʻlmish ong va oʻzini oʻzi anglashni tadqiq etadi.Antik davrdan boshlab psixologik bilimlar falsafa va tibbiyot fanlari negizida rivojlanib kelgan. Yunon shifokorlari Gippokrat, Erasistrat psixikaning organi miya ekanligini bilganlar va inson jonini koinotning ashyoviy boʻlagi sifatida (Demok-/shyaning moddiyunchiligi asosida) talqin qilganlar. Ularning gʻoyalari Platonning jon abadiyligi toʻgʻrisidagi taʼlimotiga qaramaqarshi qoʻyilgan. Aristotel „Jon toʻgʻrisida“gi asarida psixologik tushunchalar tizimini ishlab chiqdi. Psixik jarayonlar ham boshqa hodisalar kabi o‘z qonunlariga ega. Idrok qilish, his qilish va tafakkur jarayonlari qanday namoyon bo‘ladi? Odamning qobiliyati qanday o‘sib boradi va xarakteri qanday tarkib topadi? Psixologiya ilmi ana shunday nozik masalalar bilan shug‘ullanadi. Pedagogika sohasida Psixologiyaning o’rni juda muhim hisoblanib, u qadimgi fanlardan bo‘lib, bundan taxminan ikki yarim ming yillar muqaddam maydonga kelgan. «Psixologiya» yunoncha «psyuxe» - «jon» umumiy holatda ruh va«logos» – ilm, ta’limot degan ikki so‘zdan iborat bo‘lib, «jon yoki ruh haqidagi ta’limot» degan ma’noni anglatadi. Qadim zamonlarda tashqi olamdan ta’sir qilayotgan narsalarning nerv sistemasi yordamida miyada aks ettirilishini odamlarning tushunishi qiyin bo‘lgan. Shuning uchun ular murakkab aks ettirish hodisalarini jon bilan bog‘lab tushuntirganlar. Shu tufayli psixologiya fani qadim zamonlarda jon haqidagi ta’limot sifatida maydonga kelgan. Hozirgi kunda psixologiya fani o‘zining qadimgi nomini saqlab qolgan bo‘lsa ham mazmunan batamom o‘zgarib ketgan. Hozirgi zamon Psixologiyasi koʻp tarmoqli psixologik bilimlar tizimidan iborat fan hisoblanib, oʻzining tadqiqot predmetiga ega boʻlgan koʻplab sohalardan tashkil topgan: umumiy Psixologiya, aviatsiya 130 Psixologiyasi, harbiy Psixologiya, differensial psixologiya, psixofiziologiya, muhandislik psixologiyasi, kosmik psixologiya, huquq Psixologiyasi, tibbiyot Psixologiyasi, neyropsixologiya, patopsixologiya, pedagogik psixologiya, mehnat Psixologiyasi, sport Psixologiyasi, maxsus Psixologiya, ijodiyot Psixologiyasi, menejment Psixologiyasi, marketing Psixologiyasi, ijtimoiy psixologiya, yosh psixologiyasi, tashkiliy Psixologiya, din Psixologiyasi, oila Psixologiyasi, Psixologiya tarixi, genetik Psixologiya, amaliy Psixologiya, eksperimental Psixologiya, kasb Psixologiyasi, psixolingvistika, siyosiy Psixologiya va boshqa Psixologiyaning tarmoqlarga ajralishining asosiy sababi uning tarkibida tatbiqiy sohalar vujudga kelishidir. Psixologiya sanoatda, jamiyat boshqaruvida, taʼlim tizimida, sogʻliqni saqlash, madaniyat, sport, transport, radio, televideniye va boshqa tuzilmalarda muhim masalalarni hal qilishda faol ishtirok qilmoqda. Psixologiya erishgan yutuqlari shaxs imkoniyatlarini roʻyobga chiqarish va ularni harakatga keltirishda alohida ahamiyat kasb qilmoqda hamda shu asnoda mehnat samaradorligini oshirishga taʼsir oʻtkazmoqda. Zamonaviy Psixologiyada elektron-hisoblash texnikasi, elektr va kimyoviy vositalar yordami bilan psixikani chuqur oʻrganish kabilar qoʻllanilmoqda. Psixologiyada oʻzini oʻzi kuzatish (introspeksiya) metodi atrofida keskin bahslar davom etmoqda. Baʼzi yoʻnalishdagi psixologlar uni tadqiqot oʻtkazishning asosiy metodi deb taʼkidlasalar, boshqalari esa uning cheklanganligini eʼtirof qiladilar, buning oʻrniga obʼyektiv metodlardan foydalanishni tavsiya etadilar. Obyektiv me
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola pedagogika sohasida psixologiyaning o’rni “Pedagogikada psixologiya asosiy me’zondir” va ahamiyati psixologiya fanining ahamiyati, psixologiya sohasida erishilgan yutuqlar, pedagogning psixologik tajribal…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola pedagogika sohasida psixologiyaning o’rni “Pedagogikada psixologiya asosiy me’zondir” va ahamiyati psixologiya fanining ahamiyati, psixologiya sohasida erishilgan yutuqlar, pedagogning psixologik tajribal… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- introspeksiya, rivojlanish, psixik taraqqiyot., psixologiya, shaxs, pedagogika, motivatsiya, psixologik motiv
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025