К содержанию
РецензированоUZ2026

SHUKUR XOLMIRZAYEV O‘ZBEK MILLIY HIKOYACHILIK SAN’ATININING SAN'ATKORI

Eshdavlatova Osiyo Bobur qizi · Jòrayeva Gavhar

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 01 · 2026

Аннотация

Shukur Xolmirzayev XX asr o'zbek adabiyotining rivojlanishiga katta hissa qo'shgan taniqli yozuvchidir. U o'zining yuksak badiiy mahorat bilan yaratilgan betakror nasri bilan o'zbek xalqi ma'naviyatining yuksalishida o'ziga xos o'ringa ega. Sh.Xolmirzayev J.London, E.Xeminguey, S.Tompson kabi jahonning mashhur yozuvchilari qatorida tabiat mavzusida takrorlanmas asarlar yaratdiki, bu yozuvchi ijodining alohida bo'rtib ko'rinib turuvchi bir qirrasidir. Maqolada Shukur Xolmirzayevning hikoyachilikdagi badiiy mahorati uning tabiat va inson munosabatlari aks etgan hikoyalari orqali tadqiq etilgan. Kalit so'zlar: Shukur Xolmirzayev, Boysun, Surxon eli, o'zbek, tabiat va inson, hikoya, shafqatsizlik, ijodiy prinsip. O‘zbekiston xalq yozuvchisi, Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti sovrindori, "Mehnat shuhrati" ordeni sohibi Shukur Xolmirzayev o'zining rang-barang va sermazmun ijodi bilan hozirgi o'zbek adabiyoti taraqqiyotining gullab-yashnashiga, yangi rivojlanish bosqichiga ko'tarishga samarali hissa qo'shgan zabardast adibdir. XX asr o'zbek nasrining 60-70 yillardan keyingi taraqqiyotini bu o'ziga xos yozuvchi ijodisiz tasavvur qilish qiyin. Yozuvchi ijodida tasvir prinsiplarining paydo bo'lishi, shakllanishi, o'ziga xos tarzda namoyon bo'lishi avvalo adabiyotga olib kirilgan hayot materialining mazmundorligi, rang-barangligi, takrorlanmasligi bilan bog'liqdir. Shukur Xolmirzayev «adabiyotga Surxon koloritini - o'zi tug'ilib o'sgan Boysun tog'larining manzaralarini, surxondaryoliklar hayotini, udumlarini, betakror so'zlash tarzini - dialektini olib kirdi» [1]. Bu xususiyat ko'proq yozuvchining milliy - mahalliy koloritga boy bo'lgan hikoyalarida ko'zga tashlanadi. Adib ijodining, xususan, hikoyalarining o'ziga xosligi, betakrorligi ham mana shu sabablardan kelib chiqqan.Sh.Xolmirzayev hikoyachiligining endigina shakllanib kelayotgan davrida - 60-yillarda ko'proq asarlar mavzui uchun tabiat va inson masalasi tanlab olingan. Bu bejiz emas, chunki bolaligi aynan tabiat qo'ynida o'tgan yozuvchi qalbiga bu mavzu juda yaqin edi. Bu yillarda yaratilgan hikoyalarida adib inson va hayvonot dunyosining, inson va o'simliklar olamining bir-biriga uzviy bog'liqligini, ularning ayrim yashay olmasligini, birining ikkinchisiga ta'sirini, tabiatning insonni tarbiyalashdagi ahamiyatini ko'rsatadi va bu bilan yozuvchi o'z maqsadiga erishadi. Shukur Xolmirzayev ijodi yuzasidan ko'plab maqolalar va tadqiqotlar, , jumladan, H.Karimovning «Shukur Xolmirzayev ijodiy portreti» risolasi, akademik B.Nazarovning «Shukur Xolmirzayev» nomli ijodiy portreti yaratilgan. Bundan tashqari yozuvchi hikoyalari haqida U.Normatov, S.Mamajonov, Q.Yo'ldoshev, H.Boltaboev, O.Otaxonov, R.Qo'chqorovlarning, adibning qissalari to'g'risida M.Qo'shjonov, A.Rasulov, M.Olimov; romanlari haqida U.Normatov,O.Tog'aev, I.G'afurov, S.Sodiqov va boshqa adabiyotshunos olimlarning maqolalari e'lon qilingan. Biroq bu tadqiqot va maqolalarda Sh. Xolmirzayev ijodining ayrim qirralari yoritilgan edi.Shukur Xolmirzayevning hikoyachilikdagi mahorati, badiiy so'z san'ati, tasvir uslubi haqida ilmiy tadqiqot ishlari ham olib borilgan. Jumladan, G.N.Tavaldieva (2001), Sh.Doniyorova (2001) 34 kabi adabiyotshunoslar yozuvchining hikoyachilikdagi o'ziga xos tasvir uslubi, voqyelikni badiiy idrok etish tamoyillari haqida ilmiy xulosalar berganlar.Bundan tashqari, "Shukur Xolmirzayev zamondoshlari xotirasida" (2010) kitobida Shukur Xolmirzayevga zamondosh ko'plab adabiyotshunoslar tomonidan adib mahoratining, yetuklik darajasining o'ziga xos tomonlari haqidagi noyob xotiralari jamlangan. Olim Toshboevning "Abadiy zamondosh" (2018) kitobida yozuvchi asarlarining yozilish tarixi, sababi, yozuvchi shaxsiyati haqida fikr yuritiladi. O'zbek adabiyotida tabiat va inson mavzui alohida yoritilgan asarlar kam uchraydi, ayniqsa, yozuvchi ijodining salmoqli qismi bu mavzuga bag'ishlangan jihat Shukur Xolmirzayevgagina xosdir. Shu jihatdan yozuvchi ijodida tabiat va inson tasvirining badiiy tadqiq etilishi uning ijodining o'ziga xos qirralari haqida ham ilmiy xulosalar berishga imkon beradi Shukur Xolmirzayev ijodining ma'lum bir qismini tabiat va inson munosabatlarini badiiy tadqiq etishga bag'ishladi. Bu munosabatlar haqida adibning o'zi iqror tarzida yozgan ushbu so'zlaridan ham anglash mumkin: «Men Boysun rayonida tug'ilganman. Boysun - tog'lik joy. O'n ikki yoshimda o'zim yolg'iz miltiq ko'tarib ovga chiqib ketardim. So'ngra, bu yerda yashirishning hojati yo'q: qaysarroq edim... Lekin bitta narsani yaxshi ko'rardim: masalaning mohiyatini tushunishni» Bu so'zlardan anglashiladiki, 70-yillarning boshlarida, ya'ni ijodiy prinsiplari hali to'la shakllanib ulgurmagan paytda yosh yozuvchi voqealikni badiiy idrok etish yo'llarini o'rgana boshladi. U inson hayotini, yashash tarzini, abadiy tiriklik manbaini tabiat bilan uyg'unlikda, bog'liqlikda, birlikda deb biladi. Bu xulosaga u hozirgi Surxon elining olis avlod-ajdodi bo'lmish qadimgi baqtriyaliklar hayoti tarzini kuzatish asnosida kelad

Доказательный фрагмент

«Shukur Xolmirzayev XX asr o'zbek adabiyotining rivojlanishiga katta hissa qo'shgan taniqli yozuvchidir.»

Образец извлечения

Демо-превью

Shukur Xolmirzayev XX asr o'zbek adabiyotining rivojlanishiga katta hissa qo'shgan taniqli yozuvchidir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Shukur Xolmirzayev, Boysun, Surxon eli, o'zbek, tabiat va inson, hikoya, shafqatsizlik, ijodiy prinsip.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники