К содержанию
РецензированоUZ2026

ERNEST XEMINGUEYNING “CHOL VA DENGIZ” ASARIDA CHOL OBRAZI VA TABIAT TASVIRI

TABIAT TASVIRI · Umarqulova Rushana Ag’zam qizi · Ilmiy rahbar: Arzikulova Sohiba Abdujabborovna

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Bu maqolada Ernest Xemingueyning “Chol va dengiz” asaridagi obrazlar va ularning ahamiyatini ko‘rsatish orqali asar mazmun-mohiyati ochib berilgan. Maqolada asar muallifininf tabiat tasviridan mohirona foydalanishi mazkur qissaning qiymatini yanada oshirgani misollar orqali ko‘rsatilgan. Asarni jahon adabiyotining nodir durdonalaridan biriga aylantirgan omillar haqida fikr bildirilgan. Kalit soʻzlar: Ernest Xemenguey, chol, dengiz, tabiat, maqsadlar, sabr-toqat, matonat, ulkan baliq. Ernest Xemengueyning “Chol va dengiz” asari toʻlaqonli inson va dengiz, ya’ni tabiatning bir – biri bilan bogʻliqlik tomonini koʻrsatadi. Asarda qishloq aholisi tabiatga qarshi chiqa olmaydi, balkiuygʻunlashib ketadi. Cholning xatti- harakatlaridan, hech qachon toʻxtamaydigan ya’ni har qanday qiyin vaziyatda ham faqat olgʻa qadam bosadigan inson ko‘z oldingizda gavdalanadi. Bu asardagi cholni va “Tanho qayiq” asaridagi Orol bobo obraziga xarakter va ba’zi jhislatlar tomonidan oʻxshatish mumkin. Masalan, Orol bobo orol qurib qolganligino bilsa ham, hech tinchimadi, ishonib suv yana qaytishini kutdi. Chol ham xuddi uni xarakterini takrorlagandek, baliq ushlay olmasa ham (84 kun dengizda yurib) hech qaygʻuga tushgani yoʻq va qayta- qayta dengizga boraverdi. Chol koʻp marotab dengizga chiqqanidan soʻng unga mukofot sifatida katta baliqkelib qarmogʻiga ilindi. Biz buni oʻqib qanday xulosa chiqarishimiz mumkin? Hayotda juda koʻp qiyinchiliklarga duch kelamiz, bunday vaziyatlarda oʻzimizni yoʻqotib qoʻymasligimiz lozim. Cholning sabr toqati va dengizga boʻlgan muhabbati asarning mazmun- mohiyatidir, bu hislatlardan ham oʻrnak olsa arziydi. Asar muallifi qari baliqchi obrazi orqali insonning kuchi va zaifligini koʻrsatmoqchi, bundan tashqari oʻzining kuchi bilan ulkan baliqni tutmoqchi boʻladi, bu kurash nafaqat dengiz, baliq, balki, oʻzining ichki kurashlarini ham bildiradi. Chol dengizda yakka oʻzi qolib ketadi, bu – tabiat bilan kurashi, hayotdagi maqsadlarga har qanday vaziyatlarda ham intilish kerakligini bildiradi. Bir tarafdan olib qarasak, dengiz cholga ham doʻst, ham dushmanboʻla oladi, chunki uning goʻzalligi va kuchi mavjud. Dengiz, bir tomondan, uning maqsadlariga erishish uchun zarur bo'lgan joy, ikkinchi tomondan esa, u bilan kurashish kerak bo'lgan kuchli kuchdir. - Santiago dengizni o'zining hayotining bir qismi sifatida qabul qiladi. U dengizni o'rganadi, uning sirlarini tushunishga harakat qiladi va u bilan bir butun bo'lishga intiladi. Asarda dengiz timsollari, masalan, baliqlar, to'lqinlar va dengiz hayvonlari, insonning hayotidagi muhim jihatlarni ifodalaydi. Santiago o'zining kurashlari davomida baliq bilan o'zaro munosabatlarini ko'radi. Baliq, uning kuchi va sabr-toqati ramzi sifatida ko'rinadi. - Tabiat va dengiz timsollari Santiago uchun hayotda erishiladigan yutuqlar va muvaffaqiyatsizliklar ramzi sifatida xizmat qiladi. U o'zining kuchi va qobiliyatini sinab ko'radi va bu jarayonda tabiatning kuchini his qiladi. Bundan bilishimiz kerakki, tabiatning insonga ta’siri katta. Baliq haqida nima deyish mumkin? 27 Asarda “Martin baligʻi” hayotdagi eng katta muvaffaqiyatni va maqsadlarni ifodalaydi. Qahramonimiz oʻz maqsadlariga tirishqoqligi oʻz mehnati orqali erishdi. Akulalar – bukar insonning orzularini yoʻq qilishga, puchga chiqarishga urunadigan kimsalar ya’ni, toʻsiqlar va qiyinchiliklarni ifodalaydi. Xulosa qilib aytganda, “Chol va dengiz” asari, inson ruhining kuchi, sabr- toqati va hayotdagi kurashini ifodalovchi asardir. Adib nafaqat baliqchining kurashi, balki har bir insonning hayotdagi qiyinchiliklariga qarshi kurashini koʻrsatadi. Santiago oʻzinong kuchi va jasorati bilan, har birimizga hayotda muvaffaqiyatha erishish uchun sabr- toqat va ishonch bilan kurashish kerakligini eslatadi. “Chol va dengiz" asari, insonning tabiat bilan o'zaro munosabatlari, sabr-toqat va kurash, muvaffaqiyat va mag'lubiyat, ruhiy kuch va umid kabi mavzularni chuqur o'rganadi. Xemingueyning bu asari, inson ruhining kuchini va hayotdagi har qanday qiyinchiliklarga qarshi kurashish qobiliyatini aks ettiradi, shuningdek, hayotning ma'nosini izlashdagi muhim saboqlarni beradi.

Доказательный фрагмент

«Bu maqolada Ernest Xemingueyning “Chol va dengiz” asaridagi obrazlar va ularning ahamiyatini ko‘rsatish orqali asar mazmun-mohiyati ochib berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Bu maqolada Ernest Xemingueyning “Chol va dengiz” asaridagi obrazlar va ularning ahamiyatini ko‘rsatish orqali asar mazmun-mohiyati ochib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
sabr-toqat, ulkan baliq., tabiat, matonat, dengiz, chol, maqsadlar, Ernest Xemenguey
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники