К содержанию
РецензированоUZ2021

YANGI YIL BAYRAMI ARCHALARINI ELEKTR QURILMALARI ORQALI YORITISH USULLARI VA ELEKTR USKUNALARIDAN CHIQISHI MUMKIN BO‘LGAN YONG‘INLARNI OLDINI OLISH

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Mustaqimov Sherali Shuhrat o‘g‘li (in-academy.uz/index.php/yo) · Muzafarova Sevinch Muhammadovna (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2021

Аннотация

Maqola matnida ochiq maydonlarda barpo etiladigan yangi yil bayrami archalarini o‘rnatish, montaj qilish va qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritilganda qanday ijobiy o‘zgarishlar bo‘lishi haqida fikrlar yuritilgan. Kalit so‘zlar: Montaj, elektr qurilmalari, texnik mustahkamlik, ko‘chma yoritish moslamalar, linza, sofit, ekspluatatsiya, girlyanda, illyuminatsiya. Yangi yil shukuhi respublikamizga dekabr oyining ilk kunlaridan kirib kela boshlaydi. Shu bilan birga viloyat, tuman, shahar markazlarida insonlarni o‘ziga jalb etadigan va yosh-u qarini ko‘zini birday quvnatadigan yangi yil archasi qad ko‘tara boshlaydi. Yangi yil archasida elaktr yoritgichlar va boshqa elektr qurilmalar bo‘lganligi sababli uning xavfsizlik darajasini oshirish asosiy mumammolardan bir bo‘lib qoladi. Bunday holatlarda montaj ishlari shasharsozlik norma qoidalari va qonun hujjatlarida talab etilgan darajada tashkil etiladi. Jumladan: Elektr tarmog‘iga ulanish ishlari O‘zenergoinspeksiya tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazilgandan va ularning foydalanishga tayyorligi aniqlangandan so‘ng Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-avgustdagi 555-son qarori bilan tasdiqlangan “Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti”da belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Yangi yil bayrami tadbirlarini o‘tkazish davrida elektr ta’minotidan (elektr qabul qiluvchi qurilmalarni) xavfsiz foydalanishni ta’minlovchi maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan elektrotexnik xodimlari orasidan mas’ul shaxslar tayinlanadi. Elektr qurilmalarini montaj ishlari va o‘rnatish “Elektr qurilmalarning tuzilishi qoidalari” talablariga, elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilish Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11- noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan “Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari” va “Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari”ga muvofiq amalga oshirilishi kerak. Bayram tadbirlarida elektr qurilmalarining ishonchli va xavfsiz ishlashini ta’minlash uchun elektr xo‘jaligining umumiy holati uchun javob beruvchi mas’ul shaxs (bundan buyon matnda elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxs) tayinlanishi kerak. Elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxs elektr xavfsizligi bo‘yicha tegishli guruhga ega bo‘lgan elektrotexnik xodimlar (bosh energetik yoki muhandis-texnik xodim) orasidan tayinlanadi. Elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxs quyidagilarga majbur: elektr qurilmalarining ishonchli, tejamli va xavfsiz ishlashini ta’minlashi; 95 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo elektr qurilmalar, uskunalar va elektr tarmoqlarning profilaktik tekshiruvlarini tashkil etish va amalga oshirish, shuningdek, himoya vositalari va yong‘inga qarshi anjomlarning ishga yaroqli holatda saqlanishini ta’minlashi; elektr uskunalarining ishida buzilish aniqlansa profilaktik va ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishi tashkil etilishini ta’minlashi; elektr qurilmalarini ishlatish vaqtida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha navbatchi xodimlarni o‘qitish va yo‘l-yo‘riq berishni tashkil etishi. Yangi yil bayrami archalarining elektr qurilmalarini elektr ta’minoti uchun loyiha yechimlarini tuzishda quyidagi talablar ta’minlanishi lozim: yong‘in va portlash xavfi zonalari va atrof-muhit sharoitlari sinfiga qarab kabellar, elektr simi, elektr dvigatellari, lampalar va boshqa elektr uskunalaridan foydalanishning to‘g‘riligi, shuningdek, qisqa tutashuv, yuklanish, ichki va atmosfera yuqori kuchlanishlari va boshqalarga qarshi himoya qurilmalaridan to‘g‘ri foydalanish; bayram archasiga vaqtinchalik uslubda o‘tkazilgan barcha kabel va elektr simlarini izolyasiya qoplamalari bilan ta’minlash; 220V va 380V ega bo‘lgan kuchlanishdagi elektr ta’minot uzatmalarini sun’iy yangi yil bayrami archasining yong‘in xavfi bo‘lgan zonalaridan tashqarida o‘tkazish; elektr ta’minlovchi kabel kirish joyi va tegishli nominali bo‘lgan himoyalash apparatini o‘z ichiga olgan umumiy uzuvchi (ajratuvchi) moslama, archadan kamida 10 m masofada va ko‘pi bilan 2 m balandlikda o‘rnatish; har bir yangi yil bayrami archasining girlyandasi uchun alohida tegishli nominali bo‘lgan himoyalash apparati, rozetka va nol shinalarni o‘z ichiga olgan elektr quvvat qutilarini yangi yil bayrami archa girlyandalaridan kamida 1.5 m masofada o‘rnatish. Yangi yil bayrami archalarini yoritish uchun, shuningdek, ular atrofida yorituvchi kompozitsiyalarni montaj qilishda 25V dan yuqori bo‘lmagan kuchlanishli 5 elektr girlyandalardan foydalanish kerak. Aks holda pastki elektr lampasining balandligi kamida 2.5 m bo‘lishi kerak. Yangi yil bayrami archa girlyandalarini 220V kuchlanishiga ulash joriy nominalga mos keladigan himoya o‘chirish qurilmasi orqali amalga oshirilishi kerak. Yangi yil archalarini har qanday ob-havo sharoitida yangi yil girlyandlari va bayram illyuminatsiyasi bilan bezatish uchun IP56 va IP65 himoya qilish darajasiga ega girlyandalar qat’iy qo‘llanilishi kerak

Доказательный фрагмент

«Maqola matnida ochiq maydonlarda barpo etiladigan yangi yil bayrami archalarini o‘rnatish, montaj qilish va qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritilganda qanday ijobiy o‘zgarishlar bo‘lishi haqida fikrlar yuritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqola matnida ochiq maydonlarda barpo etiladigan yangi yil bayrami archalarini o‘rnatish, montaj qilish va qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritilganda qanday ijobiy o‘zgarishlar bo‘lishi haqida fikrlar yuritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
sofit, linza, illyuminatsiya., Montaj, ko‘chma yoritish moslamalar, texnik mustahkamlik, girlyanda, ekspluatatsiya, elektr qurilmalari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники