Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
RAQAMLI AXBOROTLARNI QAYTA ISHLASH VA YARATISH. MAʼLUMOTLAR TASHUVCHI VOSITALAR.
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · MAʼLUMOTLAR TASHUVCHI VOSITALAR. (in-academy.uz/index.php/yo) · Mahkamova Maftuna Odiljon qizi (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada raqamli axborotlar, bulutli texnologiyalar, ta’limda raqamli axborotlardan foydalanish, raqamli axborotni ta’lim tizimi vostilari, raqamli axborotni ustunliklari, narsalar interneti (Internet of Things, IoT), kengaytirilgan haqiqat (AR), virtual haqiqat (Virtual haqiqat, VR) haqida tushuncha berilgan. Kalit soʻzlar: raqamli axborot, ta’limda raqamli axborot, narsalar interneti (Internet of Things, IoT); kengaytirilgan haqiqat (AR); virtual haqiqat (Virtual haqiqat, VR). Bugungi kunda raqamli axborotlar shiddat bilan rivojlanib boryapti va har bir sohada zamon bilan hamqadam odimlashni taqozo etmoqda. Axborot olish va foydalanish tezligi juda yiriklashgan hozirgi davrda ta’lim tizimida raqamli texnologiyalardan foydalanish ta’lim sifatini oshirish va ijtimoiy faol yoshlarni tarbiyalashda katta axamyatga ega. Biz ilgari ta’lim dasturlarini an’anaviy usuli ya’ni ma’ruzani yirik xajmli kitoblar va qo`llanmalar orqali amalga oshirilgan shaklida olib borganmiz. Bu esa o`z navbatida ta’lim sifatining u qadar yuqori bo`lishini ta’minlamagan. Xozirda ta’lim sifatini ko’tarishda ta’limni raqamlashtirish jarayoni boshlangan. Ta’lim tizimining hozirgi holati noan’anaviy ta’lim texnologiyalarining roli ortib borayotgani bilan tavsiflanadi. Ta’lim oluvchi tomonidan ularning yordami bilan bilimlarni o’zlashtirish an’anaviy texnologiyalarga qaraganda ancha tezdir. Ushbu axborotlar bilimlarni rivojlantirish, egallash va tarqatish xarakterini o’zgartiradi, o’rganilayotgan fanlarning mazmunini chuqurlashtirish va kengaytirish, uni tezda yangilash, samaraliroq o’qitish usullarini qo’llash, shuningdek, har bir kishi uchun ta’lim olish imkoniyatini sezilarli darajada kengaytirish imkonini beradi. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanayotgan bugungi kunda informatika fanining rivoji va istiqbollari, bu fan oldida turgan dolzarb masalalar haqida talaba va o’quvchilarga o’z vaqtida ma’lumot yetkazish, bilim berish zamonaviy fan o’qituvchilari, ilmiy izlanuvchi olimlarning muhim vazifalaridir. Sababi fan shunchalik shiddat bilan rivojlanmoqdaki, agar bu bilimlar bugun talabalarga yetkazilmasa, ertaga eskirgan ma’lumotga aylanib qolishi hech gap emas. Shunday muhim vazifalarni amalga oshirishda ta’lim muassasalarida o’tkaziladigan ilmiy-amaliy anjumanlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. 27 sentabrda esa Xalqaro biznes markazida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha har yili o‘tkaziladigan milliy sammit o‘z ishini boshlaydi. “AKT Sammit-2011” bugungi kunda O‘zbekiston axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi muhim voqealardan bo‘lib, milliy hamda xorijiy mamlakatlar xalqaro ekspertlarida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Dastlabki yillarda “AKT Sammit” da 200ga yaqin delegat qatnashgan bo‘lsa, bugun unda ishtirok etayotgan mutaxassislar soni ikki baravar ko‘paydi. Texnologiya so'zi grekchadan tarjima qilinganda san'at, ustalik, malaka ma'nosini anglatadi. Texnikada texnologiya deganda ma'lum kerakli material mahsulotni hosil qilish uchun usullar, metodlar va vositalar yig'indisidan foydalanadigan jarayon tushuniladi. Texnologiya ob'ektining dastlabki, boshlang'ich holatini o'zgartirib, yangi, oldindan belgilangan 103 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo talabga javob beradigan holatga keltiradi. Misol uchun sutdan turli texnologiyalar orqali qatiq, tvorog, smetana, yog' va boshqa sut mahsulotlarini olish mumkin. Agar boshlang'ich xom ashyo sifatida axborot olinsa, ushbu axborotga ishlov berish natijasida axborot mahsulotinigina olish mumkin. Ushbu holda ham "texnologiya" tushunchasining ma'nosi saqlanib qolinadi. Faqat unga "axborot" so'zini qo'shish mumkin. Bu narsa axborotni qayta ishlash natijasida moddiy mahsulotni emas, balki axborotnigina olish mumkinligini aniqlab turadi. Texnologiyani quyidagicha ta'riflash mumkin. Texnologiya - bu sun'iy ob'ektlarni yaratishga yo'naltirilgan jarayonlarni boshqarishdir. Kerakli jarayonlarni kerakli yo'nalishda borishini ta'minlash uchun yaratilgan shart-sharoitlar qanchalik yaxshi tashkil etilganligi texnologiyaning samaradorligini bildiradi. Bu erda tabiiy jarayonlar nafaqat moddaning tarkibi, tuzilishi va shaklini o'zgartirish maqsadida, balki axborotni qayta ishlash va yangi axborot hosil qilish maqsadida ham boshqariladi. Shuning uchun axborot texnologiyasini quyidagicha ta'riflash mumkin. Axborot texnologiyasi - bu axboriy ma'lumotni bir ko'rinishdan ikkinchi, sifat jihatidan yangi ko'rinishga keltirish, axborotni yig'ish, qayta ishlash va uzatishning usul va vositalari majmuasidan foydalanish jarayonidir. Axborot oqimlari bilan ishlash. Elektron axborot oqimlari.1 157 Zamonaviy telefon vositasining funksiyalari ko’p: avtojavob beruvchi, qo’ng’iroq qilayotgan abonentning raqamini aniqlovchi, telefon raqamini bilib olishdan himoyalash va x.k.z,… Qog’ozli xujjatning normativ qiymati-adolatning muxim tarkibiy qismidir. Qog’ozli xabarlarni uzatish vositalari ko’p. Bunda oddiy telegraf aloqasi teletayp aloqasiga aylangan.
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada raqamli axborotlar, bulutli texnologiyalar, ta’limda raqamli axborotlardan foydalanish, raqamli axborotni ta’lim tizimi vostilari, raqamli axborotni ustunliklari, narsalar interneti (Internet of Things,…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada raqamli axborotlar, bulutli texnologiyalar, ta’limda raqamli axborotlardan foydalanish, raqamli axborotni ta’lim tizimi vostilari, raqamli axborotni ustunliklari, narsalar interneti (Internet of Things,… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ta’limda raqamli axborot, IoT), VR)., virtual haqiqat (Virtual haqiqat, raqamli axborot, kengaytirilgan haqiqat (AR), narsalar interneti (Internet of Things
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025