Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ABDULLA ORIPOVNING “MEN NECHUN SEVAMAN O‘ZBEKISTONNI” SHE’RIGA QISQACHA TAHLIL
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · SHE’RIGA QISQACHA TAHLIL (in-academy.uz/index.php/yo) · Malika Jazilova Bekmirzayevna (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
Ushbu moqolada Abdulla Oripovning “Men nechun sevaman O‘zbekistonni” she’rining tahlili, mazmuni, kompozitsiyasi va badiiy xususiyatlari ochib beriladi. She’rning o‘quvchiga ta’siri, uning milliy g‘urur, o‘zlikni anglash va vatanga bo‘lgan muhabbatni kuchaytirishdagi o‘rnini ko‘rsatib, shoirning ijodiy merosining ahamiyati yoritilgan. O‘zbek adabiyotining yuksak namunalari biri sifatida O‘zbekistonning tabiati, xalqning tarixi va madaniy merosi bilan bog‘liq sevgi va g‘urur his-tuyg‘ulari ifodalangan. Kalit so‘zlar: “Men nechun sevaman O‘zbekistonni”, vatan sevgisi, milliy g‘urur, badiiy tasvir, badiiy vosita, kompozitsiya, ona- yurt. Abdulla Oripov – XX asr o‘zbek adabiyotining eng mashhur va sevimli shoirlaridan biri bo‘lib, uning she’rlari o‘zining chuqur ma’nolari, milliy g‘urur va vatanga bo‘lgan sevgisi bilan ajralib turadi. Ona-yurtni kuylamoq har bir ijodkor uchun ulug‘ saodat. Har qanday vaziyatda ham xalq manfaatini o‘ylab, adolatni tarannum etmoq esa chinakam qahramonlikdir. Bunday sharaf hamma ijodkorga ham nasib etavermaydi. O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripovning she’rlarini yod olmagan, so‘zi kuyqo‘shiqqa ko‘chganda yurakdan tinglamagan birorta yurtdoshimiz topilmasa kerak. Abdulla Oripov she’riyatidagi ohangdorligi, xalqchilligi, xalq tilida yozilganligi, Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat, fidoyilik tuyg‘ulari sababli beixtiyor qalbingizdan chuqur joy oladi. Shu o‘rinda “Abdulla qaysi bir temaga qo‘l urmasin, nima haqda she’r yozmasin oldida Ulug‘ Vatan turadi , o‘sha ulug‘ Vatanning farzandi sifatida qo‘liga qalam oladi. Shu sababdan uning she’rlari doim hayotbaxsh, pafosi baland, ovozi dadil , ruhi titik .” , - deb yozadi Matyoqub Qo‘shjonov. Shoirning “Men nechun sevaman O‘zbekistonni ” she’ri 60 -yillarda yozilgan. Chinakam shoirgina zamondan ilgari sodir bo‘lajak voqealarni boshqalardan ko‘ra teranroq anglab, o‘z vaqtida munosabat bildira oladi. Shoirga ushbu she’rni dunyoga kelishiga sabab bugungi hurriyatli kunlariga yetishini orzu qilish hissi tufayli bo‘lsa kerak deya savol berishganida shoir shunday javob beradi: ‘‘ Xalqimizning, Vatanimizning bardavom kelajagini, nurli istiqlolini menimcha mantiq belgilaydi. Aslida adolatning oyoq osti bo‘lishi mantiqning buzilishidir. Mantiqan O‘zbekiston o‘z hurriyatiga ega bo‘lishga haqli edi. Insoniyat genetikasida shunday g‘alati tuyg‘ular mavjudki, bu tuyg‘ular yaxlit armon va umid ustiga qo‘yilishi ham mumkin. Sho‘ro tuzumida bizning qalbimizdagi armon yaxlit shunday edi. Vatanni ozod ko‘rish edi bizdagi istak. O‘sha davrda bu haqida o‘ylash uchun o‘tkir optimist bo‘lish kerak bo‘lgandir, lekin har holda yuragimizda umid, harakatimizda shasht bor edi. Siz yuqorida ta’kidlagan “Men nechun sevaman O‘zbekistonni” she’ri bundan 35 yil ilgari yozilgan. “Men nechun sevaman O‘zbekistonni” she’ri – bu nafaqat Vatan sevgisi, balki uning go‘zalligi, tarixiy o‘tmishiga bo‘lgan hurmat va uni kelajak avlodlarga saqlab qolish zaruriyati haqida mulohazalar chiqarib, o‘quvchini chuqur o‘ylantiradigan asar. Abdulla Oripov ushbu 72 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo she’rida O‘zbekistonning tabiati, uning adabiy, madaniy va tarixiy boyliklarini sevish va hurmat qilishni ulug‘laydi. Abdulla Oripovning “Men nechun sevaman O‘zbekistonni” she’ri, shubhasiz, milliy adabiyotimizdagi eng kuchli va ma’naviy boy asarlardan biridir. Ushbu she’r, nafaqat O‘zbekistonning tabiiy go‘zalliklari, balki o‘zbek xalqining ma'naviy qadriyatlari, tarixiy merosi va ajdodlarimizning fidoyiligi haqidagi chuqur sevgi va ehtiromni ifodalaydi. O‘zbekistonni sevishning ko‘plab sabablarini ko‘rish mumkin, va har bir sabab, yurtga bo‘lgan cheksiz muhabbatni yanada kuchaytiradi. Keling, qisqacha she’rning matni va tahliliga to‘xtalsak: Men nechun sevaman O‘zbekistonni, Bog‘larin jannat, deb ko‘z-ko‘z etaman. Nechun ardoqlarkan tuprog‘ini men, O‘paman, tuprog‘ing bebaho, Vatan!1 Bu misralar O‘zbekistonni sevish va unga bo‘lgan chuqur hurmatni ifodalaydi. Shoir bu yerda Vatanining tabiiy go‘zalliklariga, uning tuprog‘iga va o‘simliklariga oshiq bo‘lganini ko‘rsatadi. “Bog‘larin jannat, deb ko‘z-ko‘z etaman” degan jumla, O‘zbekistonning tabiiy boyliklarini yuqori baholashni, uning jannatdek go‘zal bo‘lishini tasvirlaydi. “Tuprog'ing bebaho, Vatan!” degan so‘zlar esa, Vatanining tuprog‘ining qadrini, uning nafisligini ta'kidlaydi. Bu misralar, Vatan va uning tabiiy boyliklariga bo‘lgan muhabbatni chuqur his qilishni anglatadi. Men nechun sevaman O‘zbekistonni, Tuprog‘in ko‘zimga aylab to‘tiyo. Nechun vatan, deya yeru osmonin, Muqaddas atayman, atayman tanho. Bu misralarda O‘zbekistonni sevishning chuqur, mukaddas va samimiy ifodasi bor. “Men nechun sevaman O‘zbekistonni, Tuprog‘in ko‘zimga aylab to‘tiyo” — bu yerda shoir O‘zbekistonning tuprog‘ini o‘zining hayotiy manbai, muqaddas bir narsa sifatida ko‘radi. Tuproqni "ko‘zimga aylab to‘tiyo" degan ifoda, uning muqaddasligini va qadriyatini ta'kidlaydi. “Nechun vatan, deya yeru osmonin, Mu
Доказательный фрагмент
«Ushbu moqolada Abdulla Oripovning “Men nechun sevaman O‘zbekistonni” she’rining tahlili, mazmuni, kompozitsiyasi va badiiy xususiyatlari ochib beriladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu moqolada Abdulla Oripovning “Men nechun sevaman O‘zbekistonni” she’rining tahlili, mazmuni, kompozitsiyasi va badiiy xususiyatlari ochib beriladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ona- yurt., milliy g‘urur, “Men nechun sevaman O‘zbekistonni”, kompozitsiya, vatan sevgisi, badiiy vosita, badiiy tasvir
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025