К содержанию
РецензированоUZ2026

TURLI INFORMASION-PSIXOLOGIK VAZIYATLARDA SHAXSNING IJTIMOIY XULQI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Sabirova Sarbinaz Tursinbaevna (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada ochiq axborot kommunikatsiyasi jarayonida yoshlar ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan yot g‘oyalarga qarshi psixologik himoya vositalarini ishlab chiqish masalasi yoritilgan. Avvalo, yoshlarning ijtimoiy xulq-atvori va psixologik himoya mexanizmlarining xususiyatlari tahlil qilingan. Milliy g‘urur, mustaqil fikrlash va ijtimoiy immunitetni shakllantirishning ahamiyati asosiy e’tiborga olingan. Shuningdek, pedagog va tarbiyachilarning strategiyalari, ochiq axborot xurujlariga qarshi psixologik kurash usullari batafsil bayon etilgan. Kalit so‘zlar: ochiq axborot kommunikatsiyasi, yot g‘oyalar, psixologik himoya, milliy g‘urur, yoshlar, ijtimoiy xulq-atvor, axborot xurujlari, pedagogika, mustaqil fikrlash, axborot immuniteti. Ochiq axborot kommunikatsiyasi jarayonida yoshlar ongiga ta’sir etayotgan yot g’oyalarga qarshi himoya vositalarini ishlab chiqishdan avval, yoshlarning ijtimoiy xulq- atvorini o’rganish lozim. Chunki, ijtimoiy xulqda ko’zga tashlanadigan eng muhim holatlardan biri tashvishlanish, nimalardandir cho’chish va shu tufayli ijtimoiy munosabatlardan o’zini olib qochishga intilish hislarining namoyon bo’lishidir. Zero, psixologik himoya holatining mohiyatidan kelib chiqiladigan bo’lsa, bu – shaxs ichki kechinmalarini ifodalovchi holatdir. Unda odam ichki ruhiy mu’tadillikni asrash uchun o’zidagi xavotirlanish, qo’rquv va xadiksirashlarini bosishga, ulardan xalos bo’lishga intiladi [2, 76-77]. Shuni ham ta’kidlash joizki, psixologik himoya – shaxsni turli salbiy ta’sirlardan asrashga va psixologik diskomfortni bartaraf etishga xizmat qiladi. Natijada, odam odatda shaxslararo munosabatlarda o’zini boshqacharoq tutadigan bo’lib qoladi. Psixologlar himoya mexanizmlariga odatda quyidagilarni kiritadilar:  ochiq his-kechinmalarni bosish, ya’ni ko’rsatmaslikka urinish;  rad etish, ya’ni noma’qul ma’lumotni ochiq rad etish yoki qo’shilmaslik;  proyeksiya – o’zidagi hissiyot va kechinmalarni tashqi obyektlarga ko’chirish orqali holatning sabablarini tashqaridan qidirishga moyillik;  identifikasiya – o’zini axborot egasiga o’xshatish, uning o’rniga o’zini qo’yish orqali qadriyatlarni rad etish yoki tanqidsiz o’zlashtirish;  regressiya – ilgari hayotida, masalan, yoshligida bo’lib o’tgan voqealarga qaytish va ularning yaxshi jihatlarini xotirada tiklash orqali psixologik himoyani tashkil etish;  yolg’izlanish – jamiyatdan o’zini olib qochish va o’zidagi o’zgarishlarni boshqalarga bildirmaslikka intilish. Masalan, ayrim talabalar bunday sharoitlarda o’qishga bormay qo’yadilar;  rasionalizasiya – mulohaza va fikr yuritish orqali o’zida himoya instinktlarini paydo etish;  konversiya – muloqotdagi qandaydir to’siqlarni olib tashlash uchun kutilmagan usullarni qo’llash, masalan, xavotirli informasiyani yumor bilan almashtirish [4, 49-50]. 79 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Bundan tashqari, ochiq axborot xurujlari vaziyatida shaxsning o’zini o’zi himoya qilishini boshqarishda ayrim jihatlarga alohida e’tibor berish lozim. Birinchidan, ta’kidlash joizki, har bir inson uchun mustaqil fikr zarur. Chunki, mustaqil fikrga ega bo’lgan insongina o’ziga nisbatan qaratilgan yaxshi yoki yomon ma’lumotning mohiyatiga yetishi va unga nisbatan adekvat reaksiya ko’rsatishi mumkin. Ikkinchidan, yoshlar turli yot va bemaza axborot xurujlariga berilmasligi uchun, ularda milliy g’ururni tarbiyalash zarur. Ayniqsa, har bir fan predmeti va tarbiyaviy muloqotlardan oqilona foydalanish bu borada muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, Ma’mun Akademiyasi va uning aynan O’zbekiston hududida tashkil etilganligiga yoshlar e’tiborini qaratish orqali ularni ochiq fikr almashinuviga chorlash ularda milliy g’ururni uyg’otadi. Milliy g’ururga ega bo’lgan inson boshqalarga qul bo’lishni, jumladan, axborot xurujlariga tobe bo’lishni istamaydi. Shuningdek, milliy g’ururi bor insonda imon, insof va diyonat tushunchalarini shakllantirish mumkin. Chunki, inson qalbi bilan bog’liq bu qadriyatlar Internet va ochiq axborotlar olamida adashtirmaydigan “kompas” rolini o’ynaydi. Bir rus olimi ta’kidlaganidek, “Internet – shunday o’rmonki, unda kompassiz yurib bo’lmaydi.” Bundan tashqari, oliy o’quv yurtlarida professor-o’qituvchilarning obro’sini oshirish ham muhimdir. Ular aytadigan har bir so’z aniq va mo’ljalli bo’lishi kerak. Masalan, o’qituvchi axborot qanday bo’lishidan qat’i nazar, uning qabul qiluvchi insonning manfaatiga xizmat qilishi kerakligini ta’kidlashi lozim. Shu bilan birga, yovuz niyatli yot g’oyalarni targ’ib etuvchilarning asl niyatlarini ochiq aytib berish zarur. Xulosa qilib aytganda, axborot xurujlariga qarshi turishning psixologik yo’llarini har bir murabbiy va talabaga yetkazish maqsadga muvofiqdir. Umuman olganda, ochiq axborot xurujlari sharoitida shaxsga turli-tuman ma’lumotlarning yetib kelishi tabiiydir. Bunday vaziyatda oilada kattalarning, auditoriyada esa pedagoglarning faol hayotiy pozitsiyasi yoshlar uchun muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada ochiq axborot kommunikatsiyasi jarayonida yoshlar ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan yot g‘oyalarga qarshi psixologik himoya vositalarini ishlab chiqish masalasi yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada ochiq axborot kommunikatsiyasi jarayonida yoshlar ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan yot g‘oyalarga qarshi psixologik himoya vositalarini ishlab chiqish masalasi yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
psixologik himoya, yot g‘oyalar, yoshlar, milliy g‘urur, ijtimoiy xulq-atvor, axborot immuniteti., mustaqil fikrlash, pedagogika, ochiq axborot kommunikatsiyasi, axborot xurujlari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники