К содержанию
РецензированоUZ2020

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA SCIENCE FANINING O‘QITILISHI

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · TAJRIBALARINING TAHLILI (in-academy.uz/index.php/si) · Karimova Go‘zal Ibragimovna (in-academy.uz/index.php/si)

Молодые ученые · 2020

Аннотация

Ushbu tezisda bo‘lajak tabiiy fan o‘qituvchilarining axborot texnologiyalari bilan ishlash ko‘nikmasini rivojlantirishda mediasavodxonlik ma’lumotlarining xorijiy va mahalliy tajribalari tahlili keltirib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: davlat, ta’lim, tabiiy fanlar, media, mutaxassislik. Davlat taraqqiyoti va jamiyat ravnaqi ko‘p jihatdan uning intelektual potensiyali bilan belgilanadi. Chunki ilmiy potensiyali yuqori darajada rivojlangan mamlakat barcha sohalarda doimo ilg‘or bo‘ladi. Shuning uchun mamlakatimizda ta`lim tizimini tubdan isloh qilish davlat ahamiyatiga molik bo‘lgan ustuvor vazifa sifatida yondashilib, katta e’tibor qaratilyapti. Yuqori malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlashga erishish uchun ta`lim jarayonini tashkil qilish va boshqarishning o‘ziga xos talablari mavjud. Birinchidan, o‘quvchi talabalarning kasbiy bilimlarini o‘zlashtirish darajasi davlat ta`lim standartlari talablariga mosligini ta`minlash bilan bog‘liq. Ikkinchidan, o‘quvchi talabalarning mustaqil ijodiy faolligini davlat ta’lim standartlarida belgilangan bilim, ko‘nikma va malakalar doirasini to‘liq qamrab olishga erishish. Jamiyatning bu tarzda jadal rivojlanishi, yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyoji o‘qituvchidan intelektual qobiliyatlarini namoyon qilgan holda, ijtimoiy talablarni qondirishni taqozo etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktyabrdagi “Raqamli O‘zbekiston-2030” stategeyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079 sonli Farmoniga asosan mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta`lim, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligida zamonaviy kommunikatsion texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks chora- tadbirlar amalga oshirilmoqda. Respublikada raqamli industriyani jadal rivojlantirish, milliy iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Xarakatlar strategiyasini “Ilm, ma`rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida: Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziligi, Maktabgacha va makab ta’limi vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda 2020 yil yakuniga qadar 13 ta na’munaviy tumanlarda IT infratuzilmasini yaratishni, kompyuter uskunalari bilan jihozlanishni nazarda tutgan holda maktabgacha va umumta`lim maktablari hamda sog‘liqni saqlash muassasalaini raqamlashtirishni yakunlash 25 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si bo‘yicha choralar ko‘rish, shuningdek, axborot tizimlarini joriy etish va mas’ul xodimlarni o‘qitishni tashkil etsin, deb ta’kidlanadi. Bo‘lajak tabiiy fanlar o‘qituvchilarining o‘z mutaxassislik fanini o‘qitishda metodik tayyorgarligini takomillashtirishda taʼlim jarayonini maqsadga muvofiq tarzda tashkil etishda, bu jarayonning maqsadi, vazifalarini yaxshi tushunishlarida, innovatsion taʼlim, axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini va raqamli texnologiyalarni har tomonlama chuqur o‘zlashtirishlari zarur bo‘ladi. Zamonaviy axborot jamiyatida media ta’lim, ta’lim jarayonida mediadan foydalanish, zamonaviy o‘qituvchining ommaviy axborot vositalari bilan ishlash ko‘nikmasini shakllanishda, ommaviy axborot vositalari yordamida ta’lim mohiyatini, ochib berish, pedagogik salohiyatining oshishi va turli ommaviy axborot vositalaridan foydalanish shartlarini tushunishiga, ta’lim jarayonida (axborot texnologiyalari, Internet, ijtimoiy tarmoqlar, ekran san’ati, televizor, reklama, interaktiv o‘yinlar, kompyuter animatsiyasi va boshqalar), pedagogik modellar va ulardan foydalanishga tayyorligini shakllantirish vositasi sifatida qaraladi. Shuning uchun bo‘lajak tabiiy fanlar o‘qituvchilarining axborot texnologiyalari bilan ishlash ko‘nikmasini rivojlantirish orqali ularning mediakompetentligini rivojlantirish masalasi ilm oldida turgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bunda zamonaviy ilmiy texnikaviy taraqqiyot talablariga mos holda, bo‘lajak tabiiy fanlar o‘qituvchilarining media borasidagi bilimlarini takomillashtirish orqali mediakompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillshtirish pedagogik yo‘nalishdagi tadqiqotlar ichida muhim ahamiyatga ega. MDH davlatrlarining mediapedagog olimi Fedorov A.V. “Pedagogik oliy ta`lim muassasalari talabalarining mediakompetentligi va tanqidiy tafakkurini rivojlantirish” nomli monografiyasida, pedagogik oliy ta`lim muassasalari talabalarining mediakompetentligi va tanqidiy tafakkurini rivojlantirish masalalari (“Mediata`lim” mutaxassisligi, davlat ro‘yhat raqami № 03.13.30 doirasida) mediata’lim va mediasavodxonlikning umumiy muammolari kontekstida o‘rganilgan. Mezentseva D.A. o‘z ilmiy tadqiqot ishida zamonaviy ommaviy axborot vositasi orqali wiki veb-sayti foydalanuvchilari birgalikda, veb-sahifalar gu

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda bo‘lajak tabiiy fan o‘qituvchilarining axborot texnologiyalari bilan ishlash ko‘nikmasini rivojlantirishda mediasavodxonlik ma’lumotlarining xorijiy va mahalliy tajribalari tahlili keltirib o‘tilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda bo‘lajak tabiiy fan o‘qituvchilarining axborot texnologiyalari bilan ishlash ko‘nikmasini rivojlantirishda mediasavodxonlik ma’lumotlarining xorijiy va mahalliy tajribalari tahlili keltirib o‘tilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
nazariy bilimlar, oʻquv materiallari., rivojlantiruvchi omil, tabiiy fanlar, samarali metodlar, ilmiy-tabiiy amaliyot
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники