Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA MUSIQA TARBIYASI.
UZBEKISTAN” JURNALI · Kazimov Shoxruz Raimovich
Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 2 · 576-581 · 2024
Аннотация
В статье рассматриваются музыкальное воспитание школьников сегоднящного дня. Обсуждаются развитие личности у младших школьников, целенаправленные педагогические процессы формирования и интеграционных нравственных качеств. Всесторонее улучшение школ. Ключевые слова: музыка, воспитание, культура, песня, чувство, интеллект, арт-художество, литература, ребёнок, развитие. Kоmil insоnni musiqiy tarbiyalash va vоyaga yеtkazish jarayoni - musiqiy pеdagоgik faоliyatning uzluksiz jarayoni bo`lib, aхbоrоt tехnоlоgiyaning so`nggi namunalari dоirasida amalga оshiriladigan hamda tarbiyalanuvchilarning ijоbiy fazilatlarini shakllantirish va rivоjlantirish maqsadlariga qaratilgan tashkiliy faоliyatdan ibоrat. Bu faоliyatda musiqa o`qituvchi musiqiy tarbiyaviy jarayonning asоsiy хususiyatlarini bilishi kеrak. Ma’lumki, inson kamolotida muhim o‘rin tutuvchi ma’naviy va axloqiy poklik, iymon, insof, diyonat, or-nomus, mehr-oqibat, keksalarga hurmat singari insoniy fazilatlar o‘z-o‘zidan shakllanmaydi. Ularning asosida yosh avlodga oila va umumiy o‘rta ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ta’lim-tarbiya mazmuni, g‘oyaviy yo‘nalishi va samarasi mujassamlashgan. Binobarin, o‘sib kelayotgan yosh avlodning zamon talablariga mos, barkamol inson bo‘lib shakllanishlari uchun ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlari - aqliy, ma’naviy-axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, huquqiy, ekologik, iqtisodiy tarbiyalar bilan qatorda musiqiy 16 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 tarbiyani tashkil etishga ham yangicha nuqtai nazardan yondashish, ularning samarali yo‘llarini ishlab chiqish alohida dolzarblik kasb etadi. Bu esa ta’lim- tarbiyadagi eng muhim vazifalardan biridir. Hech kimga sir emaski, bugungi tezkor davrga hamohang ravishda inson dunyoqarashi, tafakkuri, tarbiyasi ham o‘zgarib bormoqda. Biroq fan-texnika qanchalik jadal rivojlanib, jamiyat hayotida muhim joy olib, ishlab chiqarish jarayonlarining tezlashuviga qanchalik samarali ta’sir etmasin, yoshlarni komil inson etib tarbiyalash, ularga jahon andozalari darajasida ta’lim berish aslo mazmun-mohiyatini yo‘qotgani yo‘q. Fikrimizcha, bu borada chinakam musiqa namunalari va ularda ilgari surilgan ezgu g‘oyalarni yosh avlod ongiga singdirib borish yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirishda ijobiy natijalarni beradi. Zotan, musiqaning ajoyib sehrli kuchi, mo‘jizakor ta’siri haqida fikr yuritgan Abu Nasr Forobiy «Ilmlarning kelib chiqishi to‘g‘risida» asarida shunday deydi: «Bu ilm shu ma’noda foydaliki, u o‘z muvozanatini yo‘qotgan odamni tartibga keltiradi, mukammallikka yetmagan xalqni mukammal qiladi va muvozanatini saqlab turadi». Musiqa tarbiyaning tizimliligi esa tarbiyaviy jarayonda umumiylikni tashkil etadi, chunki musiqiy tarbiyaviy jarayonlar bir nеchta tizimlarning turli хususiyatlaridan ibоrat. Aytish mumkinki, musiqa tarbiyaviy jarayonlar bu tarbiyaviy tizim hоlatlarining kеtma - kеt almashinuvidir. Musiqiy tarbiyaviy jarayonni tizimli ravishda ko`rib chiqish, musiqa tizim va jarayonning tuzilmaviy хususiyatlarini, shunindеk, ular o`rtasidagi fuktsiоnal alоqalarning ajratib ko`rsatilishini ifоdalaydi. Musiqa o`qituvchi uchun har bir musiqiy tarbiyaviy uslubning o`ziga хоs хususiyatini, mоhiyatini, birining bоshqasiga ta’siri natijasida o`zgarishini anglab yеtishi muhim ahamiyat kasb etadi. Nazarimizda, o’quvchilarda mafkuraviy immunitetni shakllantirishda musiqiy tarbiyani avvalo, oilada tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Chunki bola shaxsini shakllantirishda va rivojlantirishda oiladagi va maktabdagi muhitning ta’siri juda katta bo‘lib, boladagi eng muhim individual xususiyatlar oiladagi va umumta’lim dargohidagi mavjud ijtimoiy psixologik muhit ta’sirida shakllanadi. Bunda ota- ona, oila a’zolari o’qituvchi va o’quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat, san’at, madaniyatga bo‘lgan munosabatlarni ham qayd etish joiz. Ma’lumki, yaxshi oilaviy muhitda tarbiyalangan bolaning hayot haqidagi, turli voqea-hodisalar, urf-odatlar, san’at, madaniyatga oid taassurotlari ko‘pincha ijobiy tarzda kechadi. Oiladagi birgalikda televizor ko‘rish, konsert tomosha qilish, 17 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 teatr, konsert tomoshalariga borish, o‘z taassurotlarini o‘rtoqlashish kabi muloqotlar bolalar dunyoqarashini o‘stirib, hayotiy voqea-hodisalarni aks ettiruvchi badiiy adabiyot, san’at musiqani mohiyatini tushinishga, badiiy va g‘oyaviy idrok etishga olib keladi. Ma’lumki, tarbiya inson ongi, his-tuyg‘ulari, tasavvuri, e’tiqodi, dunyoqarashi, xatti-harakatlari va xulq-atvoriga doimo ijobiy ta’sir o‘tkazib kelgan. Shu nuqtai nazardan aytish mumkinki, musiqiy tarbiya go‘zallik va xunuklikni, yuksaklik va tubanlikni, shodlik va kulfatni anglashga ham o‘rgatadi. Musiqa tili barchaga tushunarli va yaqin bo‘lgani uchun musiqa tovush tovlanishlari orqali
Доказательный фрагмент
«В статье рассматриваются музыкальное воспитание школьников сегоднящного дня.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье рассматриваются музыкальное воспитание школьников сегоднящного дня. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- музыка, воспитание, культура, песня, чувство, ta’lim, musiqa, san’at
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024