К содержанию
РецензированоUZ2026

MAHMUD QOSHG’ARIYNING “DEVONI LUG’ATIT TURK” ASARIDAGI AYRIM SO’ZLARNING HOZIRGI KUNDA ISHLATILISHI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Marjona Bahodirova Ilhom qizi (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Mahmud Kashgari's work "Devoni Lugatit Turk" was written for linguistics. This work was not limited to the direction of linguistics, but also included materials related to literature and the history of tribes in Central Asia. Kashgari finished writing the work in 1074. One of the most important aspects of the work is the use of pure Turkic words in it. This article focuses on the information about the work "Devoni Lugatit Turk" and the use of the words in it today. Keywords: Mahmud Kashgari, turkish, term, linguistics, language, devan, etymology, archaic words, dictionary. Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’atit turk” asari o’zbek tilshunosligi fanini boshlab berdi. U bu asari ustida uzoq yil ishlagan. Yuqori Chindan tortib butun Movaraunnahr, Xorazm, Farg’ona va Buxaro qadar cho’zilgan keng hududni kezib chiqib, bu yerda yashagan qabilalarning turmush tarzini, turar joylarini, tillarini o’rgangan. Mahmud Qoshg’ariy XI asrning 2-yarmida lug’at yozish ibtidosini boshlab bergan ya’ni aynan mana shu asrda “Devoni lug’atit turk” asarni yozgan.Ushbu asar turkiy xalqlar tarixidagi dialektologik, izohli, etnografik ,tarixiy-etimologik lug’atlarning barcha unsurlarini qamrab oluvchi asardir.Bu asar jahon tilshunos olimlari e’tiborini tortgan qadimiy asarlardan biridir.Asar faqat lug’at yozish bilan cheklangan desak yanglishgan bo’lamiz,negaki unda o’sha davrda yashagan xalqlarning turmush tarzini va madaniyatini ham yoritib bergan.Qoshg’ariy haqidagi ma’lumotlar ham aynan uning asarlari orqali bizgacha yetib kelgan. “Devonu lug’atit turk” asari 1914-yilda Turkiyaning Diyorbakir shahrida topilgan. U uch tomdan iborat bo’lib, 1915-1917-yillarda Istanbul shahrida nashr etilgan.Olim S.Mutalliboyev 48 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo asar tarjimasi ustida samarali ishlab,uni 1960-1963-yillar davomida uch tomda o’zbek tilida nashr qildirdi. Mahmud Qoshg’ariyning bu asari kirish va lug’at qismidan iborat. Muallif asarning kirish qismida “Devonu lug’atit turk”ning yaratilish sabablari,o’z ish uslubi,asarning tuzilishi,turkcha so’zlarning tuzilishida qo’llanadigan harflar,turkiy qabilalarning bayoni,turk tilining xususiyatlari, tilda va lahjalarda bo’ladigan farqlar haqida aytib o’tadi. Asarning lug’at qismida 7500 so’z sakkizta bo’limga ajratib izohlanadi. Mahmud Qoshg’ariy turkiy tillar qurilishini tasvirlashda qiyosiy usuldan foydalangan.[1;36] Shuni ham aytish joizki, turkiy qabila va xalqlarning eng qadimgi og’zaki adabiy yodgorliklarini o’rganishda “Devonu lug’atit turk” dagi adabiy materiallar katta ahamiyatga ega. Asardagi og’zaki adabiyot namunalarining ko’pi mavsum qo’shiqlari va peyzaj lirikasi janrlariga kiradi.Bular qadim zamonlardagi kishilarning tabiat hodisalari haqidagi tushunchasi va bu hodisalarga munosabatini ifodalaydi. Asardagi so’zlarga nazar tashlasak, ularning sof turkona ekanligini tezda fahmlaymiz. Aynan shuning uchun ham u turkiy tillar o’tmishini yorituvchi o’xshashi yo’q asar hisoblanadi. Mahmud Qoshg’ariy asaridan o’rin olgan turkiy so’zlar bugungi kunda ham saqlanib qolgan bo’lib, tilimizda unchalik o’zgarmasdan shundayligicha ishlatilib kelinmoqda. Bunga misol keltiradigan bo’lsak, “un-un, tovush, ovoz, sado”; gapirish, kuylash, qichqirish, yig’lash va shu kabilar vaqtida yuzaga keladigan va eshitish a’zolari qabul qila oladigan hodisa; qozoqlar “dibis” turklar esa “ses” deb ishlatadigan “un” so’zi bugungi kunda badiiy san’atimizda ko’proq ishlatiladi. Mahmud Qoshg’ariyning asarida “tilku” ya’ni “tulki” so’zi ham ko’zga tashlanadi. Bu so’z bilan xalqimiz qiz bolaga kinoya qilganlar.Biron xotin tug’ganda doyadan “tilkumi tug’di azu bo’rimu – tulki tug’dimi yoki bo’rimi” deb so’ralgan.Ya’ni qizmi yoki o’g’ilmi degan ma’noda ishlatilgan.Qizlar aldoqchi va yalinchoq bo’lganlari uchun tulkiga, o’g’il bolalar botir bo’lgani uchun bo’riga o’xshatilgan. [2;404] Bu an’ana turkiylarning ko’pchiligida, ayniqsa, qozoq, tatar, ozarbayjon va turklarda deyarli saqlanib qolmagan, biroq bu usulda so’rash o’zbeklarning odat tusiga kirgan. Quyida “Devonu lug’atit turk” da o’rin olgan, biroq o’zbekcha o’girmalarida unchalik aniq berilmagan yoki ko’zdan qochirilgan eski turkcha so’zlarning o’zbek tili va shevalarida qay yo’sinda saqlanib qolganiga y undoshi bilan boshlanuvchi ayrim so’zlarga to’xtalib o’tamiz: 1. “yapitti – yopdi, berkitdi; er qapug’ yapitti – kishi eshikni yopdi” [3;344]. Bu so’z hozirgi vaqtda ham shevalarda uchrab turadi. Bundan tashqari asarda bu so’z boshqa ma’nolarda “qo’ydi, yopishtirdi, qurdi” degan ma’noda ishlatilgan. 2. “yazdi – yechdi; ol tugun yazdi – u tugunni yechdi”[3;344]. “Yazdi” so’zi asarda yana boshqa ma’nolarda ham kelgan ya’ni “yozdi, bitdi, adashdi, urayozdi, xato qildi” kabi so’zlar o’rnida ham qo’llangan. Biroq hozirgi kunda tilimizda “yozdi – xat yozdi “ shakli ishlatiladi. 3. “yugurdi – yugurdi; er yugurdi – kishi yugurdi”[3;347]. Bu so’z hozirgi kunda ham tilimizda hech qanday o’zgartirishlarsiz tilimizda ishlatilib kelinmoqda. Boshq

Доказательный фрагмент

«Mahmud Kashgari's work "Devoni Lugatit Turk" was written for linguistics.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mahmud Kashgari's work "Devoni Lugatit Turk" was written for linguistics. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Mahmud Kashgari, turkish, term, linguistics, language, devan, etymology, devon, turkona, atama, arxaik so’zlar, tilshunoslik, til, lug’at., Mahmud Qoshg’ariy, etimologiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники