Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MATN KO’RINISHIDAGI AXBOROTLARNI RAQAMLASHTIRISH VA MANNI TANISH DASTURLARI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · TANISH DASTURLARI (in-academy.uz/index.php/yo) · Mahkamova Maftuna Odiljon qizi (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2014
Аннотация
Axborot texnologiyalarining taraqqiyoti jamiyatda axborot-kutubxona muassasalari salmog‘ining keskin oshishiga, ularning imkoniyatlari kegayishiga olib keldi. Bugungi kunda kutubxonalar ham internet markazi, ham ilmiy-uslubiy markaz, ham masofadan xizmat ko‘rsatish markazi, ham o‘quv majmuasi, ham axborotlarni raqamlashtirish markazi vazifalarini bajarmoqda. Ushbu maqolada axborotlarni raqamlashtirish va matnni tanish dasturlari haqida yoritilgan. Kalit so’zlar: Axborotlar, raqamli kutubxona, axborot-resurs, axborot-kutubxona, multimedia loyiha. 2014-yil 27-avgust kuni Respublika axborot-kutubxona markazi(RAKM)da axborot- kutubxona markazlari va axborot-resurs markazlaridirektorlari va yetakchi mutaxassislari uchun videokonferensiya (o‘quv seminari) o‘tkazildi. O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-fevraldagi “2011-2015 yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida axborot-kutubxona va axborot-resurs xizmatlari ko‘rsatishni sifat jihatdan yanada rivojlantirishni chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori respublika axborot-kutubxona muassasasalarini isloh qilishning moliyaviy va strategik mexanizmlarini belgilab olishga imkon yaratdi. Endilikda aholiga yanada sifatli axborot-kutubxona va axborot-resurs xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi asosiy vazifalar aniqlab olindi. Xususan, 2011-2015 yillarda respublika axborot-kutubxonalar integratsiyalashgan tarmog‘ini yaratish, axborot-kutubxona resurslari elektron fondini tashkil etish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash, axborot-kutubxona muassasalarini yangi texnikalar bilan ta’minlash, ularning me’yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan. Oxirgi o‘n yillikda axborot-kutubxona muassasalari bajaradigan vazifalar murakkablashdi, ular ko‘rsatadigan xizmatlar ro‘yxati esa bir necha marta ortdi. Bugungi kunda yolg‘iz axborot-kutubxona muassasasining chegaralangan xizmatlari haqida gapirib bo‘lmaydi, internet va korporativ tarmoqlar, telekommunikatsiyalar rivojlanishi natijasida foydalanuvchilarni axborot bilan ta’minlash imkoniyatlari sezilarli darajada o‘sdi. Yetakchi mamlakatlar tajribalari shuni ko‘rsatmoqdaki, bir soha, bir mamlakat, hatto xalqaro miqyosda o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilgandagina eng yuqori samaraga erishish mumkin. Axborot-kutubxona muassasalarining o‘zaro hamkorligi ular o‘rtasidagi kooperatsiyani amalga oshirishning xilma-xil jihatlarini qamrab oladi. Bular, birinchi navbatda, axborotni uzatishning texnik standartlari hamda dasturiy ta’minot darajasidagi texnologik moslik masalalarini qamrab oladigan texnologik hamkorlikdir. Shuningdek, axborot-kutubxona muassasalari qo‘llaydigan kommunikativ formatlar va boshqa omillar ham axborot hamkorligini muvaffaqiyatli amalga oshirishda muhim hisoblanadi. Respublika axborot-kutubxona markazida o‘tkaziladigan mazkur videokonferensiya o‘zaro hamkorlikning ana shunday dolzarb masalalariga hamda Prezidentimizning sohani isloh qilishga yo‘naltirilgan qator Qaror va Farmonlarining, shuningdek, “Axborot-kutubxona 65 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun talablarining bajarilishini ta’minlashga qaratilgan. Seminarni o‘tkazishdan maqsad: Axborot-kutubxona markazlari va axborot-resurs markazlari derektorlari va yetakchi mutaxassislarini axborot hamkorligining ilg‘or texnologiyalari bilan tanishtirish va “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekistan Respublikasi Qonuni ijrosi doirasida axborot hamkorligi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Seminarda sohaning yetakchi mutaxassislari axborot-kutubxona faoliyatiga axborot texnologiyalarini tatbiq qilish bo‘yicha ma’ruza qildilar. Professor M.Raxmatullayev “Axborot-kutubxona muassasalari hamkorligining xalqaro tendensiyalari” yuzasidan qilgan ma’ruzasida, jumladan, quyidagilarni ta’kidladi: avtomatlashtirilgan va elektron kutubxonalar yaratish bu juda ko‘p mehnat va mablag‘ talab qiladigan jarayon. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi va hisob-kitoblar shuni ko‘rsatadiki, axborot-kutubxona muassasalari elektron resurslarini o‘z holicha, boshqalardan ajralgan vaziyatda yaratmoqchi bo‘lsa, juda ko‘p resurslarni sarflashiga to‘g‘ri keladi, buning ustiga xodimlar malakasining pastligi va yozuvlarning qaytariqligi oqibatida bajariladigan ishlar darajasi ham yuqori bo‘lmaydi. Bugungi kunda eng ommabop mavzu – multimedia loyihasini yaratish. Bu yerda har kim o‘zining bor ijodiy o‘ziga xosligini, aql-zakovatini, bilimini, nozik didini namoyon qilishi mumkin. Afsuski, taqdimot tayyorlash va ma'lumotlar bazasi yaratish bilimlariga ega bo‘lmasdan multimediali loyiha tayyorlab bo‘lmaydi, shunga qaramasdan maxsus dasturiy vositalar borki, ularning ishlash texnologiyasini o‘rganib, ko‘pfunksiyali ishlash vositalariga ega bo‘lish mumkin. Biz sizga namunali dasturiy vositalar yordamida amalda shunday qilishni o‘rgatamiz. Vositalarni qanday o‘zlashtirishingiz emas, balki multitimedia mahsulotini yaratish texnologiyasining o‘zi muhim hisoblanadi. M
Доказательный фрагмент
«Axborot texnologiyalarining taraqqiyoti jamiyatda axborot-kutubxona muassasalari salmog‘ining keskin oshishiga, ularning imkoniyatlari kegayishiga olib keldi.»
Образец извлечения
Демо-превьюAxborot texnologiyalarining taraqqiyoti jamiyatda axborot-kutubxona muassasalari salmog‘ining keskin oshishiga, ularning imkoniyatlari kegayishiga olib keldi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Axborotlar, axborot-kutubxona, multimedia loyiha., raqamli kutubxona, axborot-resurs
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014