К содержанию
РецензированоUZ2026

YANGI OʻZBEKISTONDA IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR BILAN OLIB BORILAYOTGAN IJTIMOIY-PEDAGOGIK JARAYONLARNING MAZMUN VA MOHIYATI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Jumayeva Zohida Muhammadjonovna (in-academy.uz/index.php/yo) · Choriyeva Diyora Muhiddinovna (in-academy.uz/index.php/yo) · Berdimurodova Maftuna Mengnarovna (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

yurtimiz ta'lim tizimidagi islohotlar va ularning ahamiyati, inklyuziv ta'limni rivojlantirish masalalari, xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'limni rivojlantirish konsepsiyasining ijtimoiy-pedagogik mohiyati tahlil qilingan. Kalit so'zlar: ta'lim, ta'lim shakllari inklyuziv ta'lim, pedagogik tahlil, metod, ijtimoiy siyosat. Asosiy qism: Hech o'ylab ko'rganmisiz, biz har kuni yurgan yo'llardan ayrim bolalar yura olmaydi, biz har kuni ko'rgan go'zallikni, atrof olamdagi voqea-hodisalarni eshita olmaydi, ko'ra olmaydi, chunki uning harakatlanishi falajlik oqibatida chegaralanib qolgan, uning ko'zlari ojiz, quloqlari eshitmaydi. Ammo bu bola ham har tomomlama sog'lom bo'lib voyaga yetishi, hamma qatori jamiki go'zalliklardan bahra olib yashashi mumkin edi, biroq salbiy omillar ta'sirida u bundan bebahra qolgan.Turli xildagi sabablarga ko'ra ruhan yoki jismonan nuqsonli bo'lib qolgan bolalarni jamiyatdan alohida e'tiborsiz holda tashlab qo'yib bo'lmaydi. Bunday bolalar nuqsonliligi sababli imkoniyatlari cheklanib qolgan. Imkoniyatlarining chegaralanib qolganligi oqibatida korreksion yordamga muhtoj. Nogiron bolalar bilan korreksion ta'limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi ish olib borish, ijtimoiy jamiyatga adaptatsiyalash, imkoniyatlaridan foydalanib, o'z-o'ziga xizmat qila oladigan va jamiyatga ma'lum darajada nafi tegadigan qilib voyaga yetkazish har bir davlatning eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Zero, prezidentimiz SH.M.Mirziyoyevnig ta'biri bilan aytganda "Har qanday xalqning ma'naviyati shu jamiyatda yashovchi nogironlarga bo'lgan e'tibori bilan ham belgilanadi.Shuning uchun ham bu vazifalarni to'laqonli amalga oshirish maxsus yordamga muhtoj bo'lgan bolalarni huquqlarini qo'llab-quvvatlab, ularni joriy etish maqsadida jahon miqiyosida "Inklyuziv ta'lim" siyosat darajasiga ko'tarilib xalqaro huquq normalari, jumladan, BMT ning 1989 -yilgi "Bolalar huquqlari to'g'risida Konvensiya"si, Dakar Deklaratsiyasi, Salamanka bayonoti va Ish rejasi (1994yil) kabilarda o'z aksini topgan. Biroq juda ko'p hollarda maxsus yordamga muhtoj bolalar ta'limdan chetda qolib ketmoqdalar. Bunga asosiy sababalar birinchi navbatda ota-onalarning farzandiga bo'lgan e'tiborining sustligi bo'lsa, keyingi galda bu bolani o'qitish uchun ta'lim muassasalarining o'sha hududda yo'qligi yoki juda uzoqda joylashganligidir. Mana shunday hol maxsus yordamga muhtoj bola uchun juda ayanchli holdir. Chunki bu bolada mavjud nuqson tufayli uning imkoniyatlari chegaralanib qolgan, ma'lumki bola ta'lim-tarbiya olmasa va undagi nuqsonni tuzatish ishlari olib borilmasa, nuqson darajasi yanada og'irlashadi, ikkilamchi nuqsonlar kelib chiqadi va uning o'z o'ziga xizmat qilish malakalri shakllanmay qoladi. Ijtimoiy hayotga moslashishi 78 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo qiyinlashadi. Bir so'z bilan aytganda u "nogiron" bo'lib qolaveradi. O'z navbatida jamiyatda nogironlarning ko'payishi shu jamiyat taraqqiyotini orqaga tortadi. Mana shunday oqibatlarga olib kelmasligi, maxsus yordamga muhtoj bo'lagan bolalarning haq-huquqlarini to'laligicha ta'minlash maqsadida ham inklyuziv ta'limni joriy etish masalalari keng tus olmoqda.Inklyuziv ta'limning mohiyati shundan iboratki, ruhiy yoki jismoniy rivojlanishda orqada qolganligi sababli maxsus yordamga muhtoj bo'lgan bolalardan "nogiron" degan tamg'ani olib tashlab, normal rivojlanishdagi bolalar bilan birga teng huquqlililikni ta'minlash, jamiyatga to'laqonli, erta moslashtirish, mavjud imkoniyatlaridan foydalana olishlarini ta'minlash maqsadida umumta'lim maktablari tizimida o'qitishdan iborat.Bu maqsadlarni amalga oshirish O'zbekiston Respublikasida ham davlat siyosat darajasiga ko'tarildi. Natijada inklyuziv ta'limga doir xalqaro huquqiy meyoriy hujjatlar, rivojlangan chet el davlatlarning inklyuziv ta'lim tajribalari o'rganib chiqildi va ularga asoslangan holda yangi tahrirdagi "Ta'lim to'risida"gi Qonunning 20-moddasi, "Inklyuziv ta'lim" deb nomlanib, "Inklyuziv ta'lim alohida ta'lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta'lim oluvchilar uchun ta'lim tashkilotlarida ta'lim olishga bo'lgan teng imkoniyatlarni ta'minlashga qaratilgan"ligi qonuniy asos bilan mustahkamlandi. Inklyuziv ta'lim masalasi Respublikamiz Prezidenti tomonidan davlat siyosatining eng ustuvor vazifasi sifatida qaralib, PQ-4860-sonli "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori hamda Vazirar mahkamisining "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida" gi 638-sonli qarorida o'z aksini topdi. Mazkur ishlarning natijasi sifatida inklyuziv ta'limning barcha jihatlari, joriy etish yo'llari, maqsad va vazifalari, bu sohadagi islohatlar "Umimiy o'rta ta'lim tashkilotlarida inklyuziv ta'limni tashkil etish tartibi to'grisida"gi Nizom, 2020 — 2025-yillarda xalq ta'limi tizimida inklyuziv t

Доказательный фрагмент

«yurtimiz ta'lim tizimidagi islohotlar va ularning ahamiyati, inklyuziv ta'limni rivojlantirish masalalari, xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'limni rivojlantirish konsepsiyasining ijtimoiy-pedagogik mohiyati tahlil qi…»

Образец извлечения

Демо-превью

yurtimiz ta'lim tizimidagi islohotlar va ularning ahamiyati, inklyuziv ta'limni rivojlantirish masalalari, xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'limni rivojlantirish konsepsiyasining ijtimoiy-pedagogik mohiyati tahlil qi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ta'lim, ta'lim shakllari inklyuziv ta'lim, pedagogik tahlil, metod, ijtimoiy, ijtimoiy siyosat.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники