К содержанию
РецензированоUZ2026

YANGI OʻZBEKISTONDA IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR BILAN OLIB BORILADIGAN IJTIMOIY PEDAGOGIK FAOLIYATNING MAZMUNI VA MOHIYAT

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Jumayeva Zohida Muhammadjonovna (in-academy.uz/index.php/yo) · Husanova Lobar Nurmuhammadovna (in-academy.uz/index.php/yo) · Bobonazarova Durdona Shuxratovna (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada Yangi O‘zbekistonda imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ijtimoiy-pedagogik faoliyatning mohiyati, mazmuni va ahamiyati tahlil qilinadi. Imkoniyati cheklangan bolalarni qo‘llab-quvvatlash uchun qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar va ta’lim tizimidagi yangiliklar bayon qilinadi. Shuningdek, inkluziv ta’limning rivojlanishi hamda maxsus ta’lim muassasalarining roliga e’tibor qaratiladi. Kalit so'zlar: Yangi Õzbekiston, imkoniyati cheklangan bolalar, ijtimoiy pedagogik faoliyat, Inkulizif ta'lim, Reabilitatsiya markazi, maxsus ta'lim muassasalari, psixologik yordam, axborot texnologiyalari, ijtimoiy integratsiya, xalqaro hamkorligi, nogiron bolalar huquqlari, jamiyat va oila qõllab-quvvatlanishi, hududiy farqlar, innovatsion loyihalar, davlat siyosati. Kirish: Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida ijtimoiy adolatni ta'minlash va har bir fuqaroning, jumladan, imkoniyati cheklangan bolalarning huquq va manfaatlarini kafolatlash muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda mamlakatda ushbu bolalar uchun qulay sharoitlar yaratish, ularning ijtimoiy integratsiyasini ta'minlash va ta'lim-tarbiyasini qo‘llab- quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Asosiy qism: 1. Ijtimoiy-pedagogik faoliyatning mohiyati va vazifalari. Imkoniyati cheklangan bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat quyidagi asosiy yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi: Ularning jismoniy, psixologik va ijtimoiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash; Oila va jamiyatda ijobiy muhit yaratish; Ta'lim jarayonida inklyuzivlik tamoyillarini joriy etish; Maxsus reabilitatsiya markazlari va pedagogik xizmatlar orqali ko‘mak berish. Ushbu faoliyatning bosh maqsadi – imkoniyati cheklangan bolalarni jamiyatga muvaffaqiyatli integratsiya qilish, ularning ta'lim olish huquqlarini kafolatlash va kelajakda mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishga ko‘maklashishdir. 2. Yangi O‘zbekiston tajribasi: normativ-huquqiy baza Mamlakatda imkoniyati cheklangan bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha bir qator muhim hujjatlar qabul qilingan. Jumladan: 2019-yilda qabul qilingan *"Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida"gi qonun; Prezident farmonlari va qarorlari asosida maxsus reabilitatsiya markazlari tashkil etilishi; 2022-yilgi Ta’lim to‘g‘risidagi qonunda inklyuziv ta’lim masalalariga oid normalar belgilangan. 97 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 3. Inkluziv ta'limni rivojlantirish. So‘nggi yillarda inklyuziv ta’limning rivojlanishiga katta e’tibor qaratilmoqda. Jumladan: Oddiy umumta’lim maktablarida maxsus sinflar tashkil etilishi; Pedagoglar uchun inklyuziv ta’lim bo‘yicha o‘quv dasturlarining ishlab chiqilishi; Zamonaviy texnologiyalar asosida imkoniyati cheklangan bolalar uchun darslik va materiallar yaratilishi. 4. Maxsus muassasalar faoliyati va innovatsion yondashuvlar.Yangi O‘zbekistonda maxsus maktab-internatlar va reabilitatsiya markazlari imkoniyati cheklangan bolalarning ehtiyojlarini qondirish uchun zarur xizmatlarni ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, logopedik xizmatlar, psixologik treninglar va kasb-hunar o‘rgatishga alohida e’tibor qaratiladi. 5. Oilaviy va jamiyatda qo‘llab-quvvatlash muhimligi. Oila imkoniyati cheklangan bolalar uchun asosiy ijtimoiy muhit bo‘lib, ularning rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Shu sababli, ota-onalarga psixologik va pedagogik yordam ko‘rsatish, ularni ijtimoiy loyihalarga jalb qilish muhimdir. Xulosa qilib aytadigan bo'lsak yangi O‘zbekistonda imkoniyati cheklangan bolalar bilan olib borilayotgan ijtimoiy-pedagogik faoliyat ularga teng huquqli sharoit yaratish va jamiyatda munosib o‘rin egallashiga xizmat qilmoqda. Bu borada davlat siyosati va xalqaro tajriba uyg‘unligi alohida ahamiyat kasb etadi. Kelgusida ushbu faoliyatni yanada takomillashtirish uchun ta’lim, reabilitatsiya va jamiyat bilan hamkorlikda innovatsion yondashuvlarni joriy etish talab etiladi.

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Yangi O‘zbekistonda imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ijtimoiy-pedagogik faoliyatning mohiyati, mazmuni va ahamiyati tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Yangi O‘zbekistonda imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ijtimoiy-pedagogik faoliyatning mohiyati, mazmuni va ahamiyati tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Yangi Õzbekiston, imkoniyati cheklangan bolalar, ijtimoiy pedagogik, xalqaro hamkorligi, psixologik yordam, innovatsion loyihalar, hududiy farqlar, jamiyat va oila qõllab-quvvatlanishi, ijtimoiy pedagogik faoliyat, Inkulizif ta'lim, Reabilitatsiya markazi, ijtimoiy integratsiya, maxsus ta'lim muassasalari, nogiron bolalar huquqlari, davlat siyosati., axborot texnologiyalari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники