Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
UCHINCHI SINF O'QUVCHILARIDA IJTIMOIY TAFAKKURINI FANLARARO MEDIATA’LIM VOSITALARI ASOSIDA SHAKLLANTIRISH METODIKASI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · G‘aniyeva Gulxayyo Islom qizi (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 6 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada mediata’lim texnologiyasi asosida ta’lim sifatini oshirishning imkoniyatlari xususida fikr yuritiladi. Mediata’lim sizga ijdkor bolani tarbiyalash va o‘qitish imkonini beradi. Ushbu texnologiyani qo‘llashdan maqsad, bir tomondan, moslashuvchanlik, harakatchanlik, izchillik kabi fikrlash fazilatlarini rivojlantirish; boshqa tomondan - qidiruv faoliyati, yangilikka intilish; nutq va ijodiy tasavvurlarini rivojlantirishdir. Maqolada ta’kidlanishicha, O‘qituvchining pedagogik mahorati orqali o‘quvchilarda mediamadaniyatni shakllantirish ancha samarali ekanligiga alohida urg‘u beriladi. Bugungi kunda internet tarmog’idan foydalangan holda ta’lim berish dunyoning rivojlangan davlatlari ta’lim tizimida allaqachon amaliyotga keng tatbiq etilgan. Maktab o‘quvchilarida medimadaniyatni shakllantirish ularni nafaqat ta’lim jarayoniga balki, hayotga har tomonlama tayyorlashda ham muhim o‘rin tutadi. Kalit so‘zlar: o‘quvchi, ta’lim, salohiyat, imkoniyat, mediataʼlim, mediasavodxonlik, mediamadaniyat, taʼlim, multimedia, mediata’limning maqsadi, pedagogik mahorat, kommunikatsiya. Hozirgi kunda axborotlarning mazmunini ham, ularni ommaviy axborot tarmoqlari orqali tarqatish usullari va yo‘llarini ham nazorat qilish amalda qiyin bo‘lib bormoqda. Axborotning bunday aralash-quralashligi ta’sirida o‘quvchining mustaqil ravishda tafakkur qilishi muammosi, uning qarashlarini, qadriyatlarini va ideallarini shakllanishi masalalari o‘quvchi ongida axborot olamini tartibga solish yo‘llarini izlashni, axborot bilan muomala qilishning yangi usul va ko‘nikmalari tizimini ishlab chiqish va shakllantirishni taqozo etmoqda. Boz ustiga jahondagi ta’lim amaliyotida bu sohadagi izlanishlar o‘tgan asrning 70- yillaridayoq boshlangan va, pedagogika fanida o‘ziga xos yo‘nalish – medaiata’lim paydo bo‘lib, shakllanib bormoqda. XXI-asrda jahon miqyosida ta'limning barqaror taraqqiyotini ta'minlovchi asosiy omil sifatida e'tirof etilib, 2030-yilgacha belgilangan Xalqaro ta'lim konsepsiyasida sifatli ta'lim olish va ijodiy qobiliyatni rag'batlantirish dolzarb vazifa sifatida belgilandi1. Ta'limni globallashuv va integratsiyalashuv jarayonlariga moslashtirishda rivojlangan mamlakatlar ta'lim tizimida o'quvchi yoshlarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning mobil va ta'sirchan modellarini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa, ta'lim jarayonida o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish va o'quv materiallarini fanlararo aloqadorlik tamoyillari asosida egallashda kasbiy kompetentlikni orttirish muhim ahamiyat hisoblanadi. Mamlakatimizda ta'lim—tarbiya tizimini isloh qilish, ilmiy kadrlar tayyorlashni zamon talablari darajasiga ko'tarish, iqtidorli yoshlarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda integratsiyalashgan ta'limni keng qamrovda yo 'lga qo'yish sohasida keng ko'lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasida "Ta'lim va fan sohasida innovatsiyalarni rivojlantirish, xususan, Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy- iqtisodiy islohotlar ma’naviy-axloqiy yo‘nalishlarni ham keng rivojlantirishni taqozo qilmoqda. Negaki, bu demokratik, insonparvarlik va jamiyat qurishning muhim omillaridandir. Xalq ta’limi tizimida uzluksizlik yuzaga keldi va u endilikda innovatsion 99 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo pedagogik va integratsion ta’lim asosida takomillashtirilmoqda. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim salohiyatini yuqori darajaga ko‘tarish muhim ahamiyat kasb etib, kelajagimizning taraqqiyoti ta’limning poydevori bo‘lgan boshlang‘ich ta’limda ilm olayotgan o‘quvchilarning ma’naviy- axloqiy jihatdan mustahkam tarbiyalanishi, barkamol avlod bo‘lib yetishishiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Maktab yoshidagi o‘quvchilarni komil inson darajasiga ko‘tarishga intilish, ma’naviyat sarchashmalaridan bahramand qilish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizga sodiq qilib tarbiyalash davr talabi. Buning uchun o‘qituvchining o‘zi ham yetuk pedagogik mahoratga ega bo‘lishi, yuksak insoniy fazilatlarni o‘zida mujassam etmog‘i lozim. Bugungi kunda ta’lim va tarbiyaning ayni paytdagi zamonaviy bosqichida o‘qituvchining ishlash tizimi tubdan o‘zgarmoqda va pedagogik texnologiyalar, integratsiya va innovatsiyalar amaliyotda keng qo‘llanilmoqda. Xususan, pedagogik amaliyotda fanlararo aloqadorlik asosida ta’lim jarayonida integratsiyalashgan ta’limni takomillashtirish yo‘lida sezilarli izlanishlar davom etmoqda. Olib borilayotgan ishlarning foydalilik darajasi tan olingan holda, uning tavsifi belgilab o‘tiladi. Integratsiyalashgan dars natijalari o‘qituvchilarning ijodiy fanlari rivojida namoyon bo‘ladi. Fanlararo integratsiya-bir necha o‘quv fanining bir-biriga taalluqli sohalarini ko‘rsatish emas, balki integratsiyalab o‘qitish orqali o‘quvchilarga atrofimizdagi dunyoning yaxlitligi haqida tasavvur berishdir. Bugungi kunga kelib jahondagi mamlakatlarning 70 foizi ta’lim tizimida integrativ xarakterdagi o‘quv dasturlari va dar
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada mediata’lim texnologiyasi asosida ta’lim sifatini oshirishning imkoniyatlari xususida fikr yuritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada mediata’lim texnologiyasi asosida ta’lim sifatini oshirishning imkoniyatlari xususida fikr yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- kommunikatsiya., mediasavodxonlik, o‘quvchi, mediamadaniyat, ta’lim, pedagogik mahorat, mediataʼlim, salohiyat, mediata’limning maqsadi, imkoniyat, multimedia, taʼlim
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014