К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘ZBEKISTONDA TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLOVCHI IMTIYOZLAR BERISHNING HUQUQIY ASOSLARI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · BERISHNING HUQUQIY ASOSLARI (in-academy.uz/index.php/yo) · Djadigerov Timur Maxsetovich (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Ushbu tezisda O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlashning turli xil mexanizmlari, jumladan, biznesni qo‘llab-quvvatlovchi davlat qonunlari, tadbirkorlarga beriladigan soliq imtiyozlari, ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutuvchi davlat dasturlari, strategiyalari haqida so‘z boradi. Shuningdek, biznesni litsenziyalashda administrativ tizimning soddalashtirilishi va tadbirkorlik subyektlariga yordam ko‘rsatuvchi huquqiy institutlarning faoliyati ko‘rib chiqiladi. Tezisda ushbu sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan takliflar ham berilgan. Kalit so‘zlar: tadbirkorlik subyektlari, subsidiya, imtiyozlar, moliyaviy mablag‘lar, soliq imtiyozi, qo‘shma korxonalar, daromad solig‘i, davlat mulki, imtiyozlarni maqbullashtirish, moliyaviy shaffoflik, monitoring. Davlatlarda jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi, barqarorligi, gullab-yashnashi va kambag‘allikni qisqartirishda xizmat qiluvchi eng muhim omillardan biri bu tadbirkorlik hisoblanadi. Shuni hisobga olgan holda, so‘ngi yillarda davlatimizda tadbirkorlikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Sababi, tadbirkorlik nafaqat xalqning farovon yashashiga yordam beradi, balki davlatning iqtisodiy o‘sishida ham alohida rol o‘ynaydi. Uni qo‘llab-quvvatlovchi mexanizmlarni yaratish va tadbirkorlarga imtiyozlar beruvchi, faoliyatini tartibga soluvchi qonunlarni qabul qilish ushbu sohani takomillashtirishning kalitidir. Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash deganda biznes subyektlarining faoliyat olib borishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish tushuniladi. Bu narsa birinchi navbatda tadbirkorlik faoliyatini tartibga keltiruvchi farmonlar, qarorlar va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratib beruvchi qonunlarning mavjudligi, ya’ni korxonalarni ro‘yxatdan o‘tish jarayonining qisqa va oddiy bo‘lishi; soliq qonunchiligini takomillashtirish; qo‘shma korxonalar faoliyatini rivojlantirishdan iborat.1 O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun imtiyozlar davlat Konstitutsiyasida belgilab berilgan. Unga ko‘ra tadbirkorlar qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga oshirishga va o‘z faoliyati yo‘nalishlarini mustaqil ravishda tanlashga, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larni erkin harakatlantirishga, bank operatsiyalari va hisobvaraqlarni sir tutishga haqlidir. Bulardan tashqari turli toifadagi tadbirkorlarga, masalan ayrimlariga davlat mulki ijara to‘lovidan ozod etilsa, yana ayrim tadbirkorlarning ishchilarining daromad solig‘i qaytarib beriladi. Shuningdek, kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlar, tayyor mebel mahsulotini eksport qiluvchi tadbirkorlar kabi har xil tovarlar va xizmatlarni yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlarga ham maxsus imtiyozlar mavjud. Bunday imtiyozlarga mol-mulkni sug‘urta qilish xarajatlarining bir qismi qoplab berish, foyda solig‘i 1 foiz etib belgilash kabi boshqa bir nechta imtiyozlar kiradi. 1 Qodirova Nozima Rasulovna – O‘zbekistonda tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmini yaratishning ahamiyati. https://doi.org/10.5281/zenodo.14268813 103 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Ushbu sohadagi mavjud tizimni yanada takomillashtirishda O‘zbekiston Prezidentining 2016-yil 5-oktyabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Sababi farmonda O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlash, xususiy mulkni har tomonlama muhofaza qilish va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi nazarda tutilgan edi. Lekin, imtiyozlar va subsidiyalar ajratishda ham muayyan chegaralarni belgilash va asossiz xarajatlarning oldini olish muhim hisoblanadi. Aynan shunga ko‘ra, so‘ngi yillarda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish davlat tomonidan soliq imtiyozlarini berish va subsidiyalar ajratishni qonuniy tartibga solishga urg‘u berilmoqda. Masalan, 2023-yilda tadbirkorlarga 90 trillion so‘m bojxona va soliq imtiyozi, subsidiya va kompensatsiya taqdim etilgan. Mutasaddilarga yil yakunigacha 10 trillion so‘mlik asossiz xarajatlarni maqbullashtirish choralarini ko‘rish topshirilgan.2 Imtiyozlar berishni tartibga solish maqsadida 2023-yilda imtiyoz va subsidiyalar maqsadli ko‘rsatkich bilan bir yilga berilishi, natijasiga qarab muddati cho‘zib berilishi yoki umuman bekor qilinishi belgilandi. Maqsadli ko‘rsatkichlar asosida berilgan imtiyoz va subsidiyalar davlat resurslarini eng samarali va kerakli joylarga yo‘naltirish imkonini beradi. Natijada davlat mablag‘lari samarasiz loyihalarga emas, balki iqtisodiy jihatdan foydali va istiqbolli tashabbuslarga sarflanadi. Hozirgi kunda O‘zbekiston Prezidenti qaroriga binoan, imtiyozlar berish jarayonida monitoring amalga oshirish maqsadida tadbirkorlik subyektlariga taqdim etiladigan subsidiyalar, imtiyozlar va preferensi

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlashning turli xil mexanizmlari, jumladan, biznesni qo‘llab-quvvatlovchi davlat qonunlari, tadbirkorlarga beriladigan soliq imtiyozlari, ularni mol…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlashning turli xil mexanizmlari, jumladan, biznesni qo‘llab-quvvatlovchi davlat qonunlari, tadbirkorlarga beriladigan soliq imtiyozlari, ularni mol… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
soliq imtiyozi, imtiyozlar, moliyaviy shaffoflik, qo‘shma korxonalar, subsidiya, moliyaviy mablag‘lar, tadbirkorlik subyektlari, monitoring., daromad solig‘i, imtiyozlarni maqbullashtirish, davlat mulki
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники