Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI RAHBARLARINING BOSHQARUV KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Tuyg‘unova Barno Nuriddin qizi (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
Ushbu tezisda maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlarining boshqaruv kompetentligi shakllanishidagi nazariy asoslar keltirib o‘tilgan. Tayanch soʻz va iboralar: MTT, rahbar, boshqaruv, kompetentlik, nazariya. Jahonda raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash, ularning kasbiy kompetentligini izchil rivojlantirish orqali ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotga erishish maqsadi kozlanmoqda. Shuningdek, ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan tub islohotlar rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish mazmunini takomillashtirishda, yangi ijtimoiy siyosiy ehtiyoj va talablarga moslashgan malaka oshirishni yolga qoyish, ta’limdagi mobillikni taminlashning variativ shakllarini ishlab chiqishni taqozo etmoqda. Ta’lim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish jarayonida ta’lim mazmunini takomillashtirish masalalari bilan YUNISEF, YUNESKOning Butundunyo ta’lim forumi Deklaratsiyasi, BMTning “Barqaror rivojlanish maqsadlari – 2030” dasturi, Erasmus + Capacity Building Project dasturi, IMEP loyihasi, Yevropa universitetlarining assotsiatsiyasi, malaka oshirish sifatini taminlash Yevropa ittifoqi davlatlarining yagona Yevropa ta’lim hududi shugullanmoqda. Respublikamizda andragogik pedagogikaning ustuvor yonalishlari va goyalari asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish mazmunini takomillashtirish masalalariga alohida etibor qaratilmoqda. Bu esa, oz navbatida, malaka oshirish jarayonida maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlarining iqtisodiy kompetentligini shakllantirish mazmunini takomillashtirish, ta’limning samarali shakl va metodlarini ishlab chiqish, zamonaviy malaka oshirishning modellari va texnologiyalarini yaratish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Ozbekiston Resrublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida “...maktabgacha ta’lim muassasalarini zamonaviy oquv-metodik materiallar va badiiy adabiyotlar bilan toldirish, sohaga malakali pedagog va boshqaruv kadrlarini jalb qilish” vazifasi belgilanib, bu borada rahbar kadrlarning kasbiy kompetentligini oshirish, ta’lim mazmunini takomillashtirib borishda qulay sharoitlar yaratish, malaka oshirish turlari va shakllarini kengaytirish hamda ozaro aloqadorligini taminlash orqali kutilgan natijalarga erishish muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi zamon sharoitida maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining maqomi va uning boshqaruv funksiyalari tubdan ozgarib bormoqda. Maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbari boshqaruv faoliyatini olib borish jarayonida rejalashtirish, tashkil etish, motivatsiyalash, nazorat qilish funksiyalarini amalga oshiradi. Rahbarning kasbiy faoliyatida maqsadni belgilash tajribasi, ijodiy va optimal qarorlarni topa olish, istalgan ijtimoiy ozgarishlarga moslasha olish mahorati katta ahamiyatga ega boladi. 112 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Ta’lim tashkiloti rahbarining boshqaruv faoliyatini – rejalashtirish, tashkil etish, motivatsiyalash, nazorat qilish funksiyalarini amalga oshirish asosida tashkil etadi. Hozirgi zamon sharoitlarida maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining maqomi va uning boshqaruv funksiyalari tubdan o‘zgarib bormoqda: rahbarning menejer sifatidagi faoliyatining o‘ziga xosliklari boshqaruv ob’ektining o‘ziga xosligi bilan shartlanadi. Ta’lim tashkiloti – bu ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi notijorat tashkilotdir. Ta’lim xizmatlari ko‘zga ko‘rinmaslik, ishlab chiqaruvchidan va iste’molchidan ajralmaganlik (“iste’molchilik ishlab chiqarishi”), sifatning doimiy emasligi, natijaning saqlanmaganligi va kechiktirilganligi, shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatlilikning uyg‘unlashuvi bilan tavsiflanadi. Kompetensiya – u yo bu sohadagi bilimlar, tajribalar; shaxsning biror-bir sohadan xabardorligi, shu sohani bilish darajasi; o‘z sohasi bo‘yicha bilimdonlikni ifodalovchi atama. Kompetentlik – malum holat xususida togri mulohaza yuritishga imkon beradigan bilimga ega bolish, dalil-isbotli fikr, kishining muayyan sohada saviyasini ifoda etishi, barcha imkoniyatlardan foydalana olishi, oziga va oz ishiga nisbatan talabchanligi, maktabgacha ta’lim tashkiloti, oila va mahalla hamkorligini yolga qoya olishi, o’z ishining ustasi bolgan, sohasining sirlarini har tomonlama chuqur bilgan, ozini-ozi rivojlantiruvchi hamda o’z qobiliyati va imkoniyatlarini to’la ishga sola biladigan pedagogik layoqat.
Доказательный фрагмент
«Ushbu tezisda maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlarining boshqaruv kompetentligi shakllanishidagi nazariy asoslar keltirib o‘tilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tezisda maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlarining boshqaruv kompetentligi shakllanishidagi nazariy asoslar keltirib o‘tilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- nazariya., rahbar, boshqaruv, kompetentlik, MTT
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025