Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SUG‘URTA KOMPANIYALARI FOND BOZORIDA INSTITUTSIONAL INVESTOR SIFATIDA
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Ibragimova Nilufar (SUG‘URTA KOMPANIYALARI FOND BOZORIDA INSTITUTSIONAL INVESTOR) · Samarov Behro’zbek (SUG‘URTA KOMPANIYALARI FOND BOZORIDA INSTITUTSIONAL INVESTOR) · Tursunov Vohidjon (SUG‘URTA KOMPANIYALARI FOND BOZORIDA INSTITUTSIONAL INVESTOR)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
The role of insurance companies in investment activity is revealed in the article. Insurance companies as institutional investors are an important participant of the financial market, especially the capital market. They play an important role in strengthening competition in the financial market, stimulating financial innovation, strengthening corporate governance, influencing market integration, and supporting regulation. Key words: insurance companies, institutional investor, investment activity, financial market, economy, capital market. So‘nggi yillarda butun dunyoda axborot kommunikatsiya, texnologiya rivojlanayotgani iqtisodiyotni ham shunga hamohang tarzda rivojlantirib borishga undamoqda. Bilamizki, iqtisodiyotni, moliya hamda kapital bozorlarini rivojlantirishning eng samarali yo‘llaridan biri bu ko‘proq investitsiya jalb qilishdir. Birgina kapital bozorida amalga oshiriladigan investitsiya faoliyati davlat iqtisodiyotiga sezilarli foyda keltiradi. Serbiyalik olima Mladenka Balaban o‘zining shu sohada olib borgan tadqiqot ishlarida moliyaviy savdolarning asosiy ishtirokchilari moliyaviy vositachilar deb, ularni 3 turga bo‘lgan: 1. An’anaviy muassasalar (banklar, jamg‘arma kassalari va boshqalar.) 2. Institutsional investorlar (sug‘urta kompaniyalari, pensiya jamg‘armalari, moliya kompaniyalari va boshqalar) 3. Kollektiv investorlar (investitsiya kompaniyalari, pay fondlari, broker-diler institutlari va birja brokerlari).[1] Bizda fond bozorida investitsiya ishtirokchilari mayda (oddiy, kichik) va institutsional (yirik) investorlarga bo‘linadi. Boshqa yevropa mamlakatlaridagi singari bizdagi fond bozorida ham yirik, ya’ni institutsional investorlardan biri bu sug‘urta kompaniyalaridir. 124 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Sug‘urta kompaniyalari o‘zining asosiy yo‘nalishidan tashqari fond bozorida institutsional investor sifatida ham faoliyatni amalga oshiradi va ushbu faoliyat bilan shug‘ullanishi sug‘urta faoliyatining o‘ziga xosligini anglatadi. Sug‘urta kompaniyalarining fond bozorida investitsiya faoliyatini amalga oshirishi nafaqat davlatning iqtisodiyotiga, balki sug‘urta kompaniyalari uchun ham ushbu faoliyat katta daromad manbai hisoblanadi. Sug‘urta kompaniyalari asosiy faoliyatidan ishlab topgan va o‘zi to‘plagan vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya faoliyatiga yo‘naltiradi. Moliyaviy bozorlarda faol ishtirok etish va investitsiya qilingan mablag‘lar hajmi sug‘urta kompaniyalarini eng muhim institutsional investorlar sifatida aniqlash imkonini beradi. Sug‘urta kompaniyalarida o‘z mablag‘laridan tashqari, investitsiyalarning asosiy manbai sug‘urta faoliyatini amalga oshirishda sug‘urta kompaniyalari tomonidan shakllantiriladigan sug‘urta zaxiralari bo‘lib, ularni yaratish zarurati sug‘urta hodisalarining ehtimoliy xususiyati va sodir bo‘lish hajmi va momentining noaniqligi, yo‘qotishlar bilan belgilanadi. Sug‘urta zaxiralari investitsiyalarning asosiy manbai bo‘lib, hayotni sug‘urtalash ularning uzoq muddatli istiqbollarini ta’minlaydi. Sug‘urta tashkilotlarining investitsiya faoliyati davlat tomonidan ham vaqtincha bo‘sh mablag‘lardan, ham sug‘urta zaxiralaridan foydalanish asosida tartibga solinadi va o‘z mablag‘larini joylashtirish, sug‘urta zaxiralari va moliyalashtirish hamda profilaktika choralari uchun zaxiralar bo‘yicha normativ talablar orqali amalga oshiriladi. Sug‘urta zaxiralarini joylashtirish deganda ularning xavfsizligini qoplash uchun qabul qilingan aktivlar tushuniladi. Barcha tartibga soluvchi cheklovlar sug‘urta kompaniyalarining xavfsizligi va moliyaviy barqarorligining zarur darajasini ta’minlaydi. Sug‘urta zaxiralarini qoplash uchun qabul qilingan aktivlar quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak: diversifikatsiya, to‘lov, rentabellik, likvidlik va ishonchlilik.[2] Hozirgi O‘zbekiston fond bozori investitsiya faoliyatida sug‘urta kompaniyalarining ishtiroki deyarli juda kam. Yevropa davlatlari moliya bozorida bo‘lsa sug‘urta kompaniyasi 8,5 trn. bilan eng yirik institutsional investor hisoblanadi. Shu tufayli sug‘urta kompaniyalarini kapital bozoriga ko‘proq jal qilish lozim, negaki, sug‘urta orqali jalb qilingan mablag‘lar butun mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Buning uchun yurtimizda shu sohani rag‘batlantiruvchi qonunchilikni ko‘paytirish, soha rivojidagi ichki va tashqi muammolarni aniqlash, chet el tajribasidan foydalangan holda yangidan yangi huquqiy mexanizmlarni ishlab chiqish, sug‘urta kompaniyalari sonini ko‘paytirish, ularning faoliyatiga to‘sqinlik qiluvchi mavjud cheklovlarni olib tashlash hamda sug‘urta kompaniyalari faoliyatini amalga oshirish uchun qo‘yilgan talablarni yengillashtirish lozim. Xulosa sifatida shuni aytishimiz mumkinki, sug‘urta kompaniyalarining fond bozoridagi investitsiya faoliyatini rivojlantirish va qo‘llab quvvatlash uchun, avvalo, shu sohani tartibga soluvchi yangi, to‘ldiruvchi hamda rag‘batlantiruvchi qonu
Доказательный фрагмент
«The role of insurance companies in investment activity is revealed in the article.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe role of insurance companies in investment activity is revealed in the article. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- insurance companies, institutional investor, investment activity, financial, kapital bozori., sug‘urta kompaniyalari, investitsiya faoliyati, institutsional investor, moliya bozori, iqtisodiyot
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014