Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YANGI OʻZBEKISTONDA IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR BILAN OLIB BORAYOTGAN IJTIMOIY PEDAGOGIK FAOLIYAT MAZMUNI VA MOHIYATI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Zaripova Barchinoy Abdumajit qizi (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada Yangi Oʻzbekistonda imkoniyati cheklangan bolalar bilan olib borilayotgan ijtimoiy pedagogik faoliyatning mazmuni va mohiyati ularning toʻlaqonli hayot kechirishiga, jamiyatga integratsiyasiga va shaxs sifatida rivojlanishiga qaratilgan. Ushbu faoliyatning samaradorligini oshirish uchun doimiy ravishda takomillashtirish, innovatsion yondashuvlarni qoʻllash va barcha darajadagi manfaatdor tomonlarning faol ishtiroki zarurligi yoritilgan. Kalit so'zlar: Imkoniyati cheklangan bolalar, ijtimoiy himoya, Pedagogik faoliyat, psixologik, reabilitatsiya, inkulizif, jismoniy, Diagnostika, Maktab, Nogiron, Diffektalogiya. KIRISH: Imkoniyati cheklangan (aqli zaif) bolalar maktablarida logopedik ishning asosiy vazifasi aqli zaif o'quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish bilan bir qatorda bu toifadagi bolalarni ijtimoiy tomondan orqada qolishlikka olib keluvchi ruhiy va jismoniy rivojlanishdagi turli xil nuqsonlami tuzatish, yengillashtirish, kompensatsiya qilishga yo'naltirilgan chora- tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan. Nogiron -jismoniy, aqliy, psixologik va hissiy faoliyatning izdan chiqishi, shikastlanishi natijasida hayot faoliyatining cheklanishi munosabati bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nogiron deb topilgan va ijtimoiy yordam hamda himoyaga muhtoj bo'lgan shaxs tushuniladi. " Nogiron" atamasi hozirgi kunda eskirib qolgan va qo'pol bo'lgan so'z hisoblanadi. Shuning uchun ham bunday shaxslarga nisbatan "imkoniyati cheklangan insonlar " yoki " nogironligi bo'lgan shaxslar " deb murojaat qilish to'g'ri bo'ladi [1]. O'zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to'g'risida" gi qonun qabul qilindi. Bu qonun 2021-yil 16-yanvardan o'z kuchini yo'qotgan bo'lib, bu qonunga muvofiq 2020-yil 15 oktabrda "Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risida" gi O'RQ-641 sonli qaror qabul qilingan bo'lib, bu hujjat ko'zi ojizlar uchun mo'ljallangan Brayl alifbesida ham nashrdan chiqarildi [4-7]. Prezidentimiz tomonidan 2020- yil 13- oktabrda "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim - tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora - tadbirlari to'g'risida" gi PQ-4860-son qarori qabul qilindi. Bu hujjat Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 2020- yil 14 - oktabrdan kuchga kirgan. Hujjatga ko'ra 2020-2025-yillarda Xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'limni rivojlantirish konsepsiyasi va 2020-2021 yillarda uni amalga oshirish bo'yicha " Yo'l xaritasi" tuzib chiqiladi. Bu konsepsiya 2 bosqichda amalga oshirish rejalashtirilgan bo'lib, 1- bosqichda ( 2020-2022-yillar) inklyuziv ta'limni yo'lga qo'yish uchun shart-sharoitlar yaratish, bu bo'yicha mutaxassislarni tayyorlash, ijtimoiy, normativ bazani yaratish, jihozlash va zarur o'quv qurollari bilan maktablarni ta'minlash nazarda tutilgan. 2- bosqichda ( 2023- 2025-yillar) inklyuziv ta'lim tizimini bosqichma-bosqich umumiy o'rta ta'lim muassasalarida joriy etish, bu bo'yicha chora - tadbirlarni amalga oshirish kabilar. Inklyuziv ta'lim - bu 139 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo maxsus ta'lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma - xilligini hisobga olgan holda barcha tahsil oluvchilar uchun ta'lim muassasalarida ta'lim olish imkoniyatini teng ravishda ta'minlashdir. Ushbu qonun imkoniyati cheklangan bolalarga tengdoshlari bilan teng ravishda ta'lim olish imkonini beradi. Inklyuziv ta'lim tizimi bosqichma -bosqich ayrim maktablarda sinov tariqasida yo'lga qo'yiladi va ijobiy natija va tajribalar keyinchalik respublikaning boshqa hududlaridagi maktablarida tadbiq etiladi. Yangi Oʻzbekistonda Imkoniyati Cheklangan Bolalar bilan Olib Borilayotgan Ijtimoiy Pedagogik Faoliyat Mazmuni va Mohiyati: Yangi Oʻzbekiston taraqqiyoti davrida imkoniyati cheklangan bolalarga (ICHB) taʼlim- tarbiya va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash berishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ushbu tizis ICHB bilan olib borilayotgan ijtimoiy pedagogik faoliyatning mazmuni va mohiyatini, uning asosiy yoʻnalishlari va samaradorligini oshirish yoʻllarini tahlil qiladi. I. Ijtimoiy Pedagogik Faoliyatning Asosiy Maqsadi va Vazifalari: Yangi Oʻzbekistonda ICHB bilan ishlashning asosiy maqsadi ularning jamiyatga moslashuvini taʼminlash, mustaqil hayot kechirish imkoniyatlarini yaratish va toʻlaqonli shaxs sifatida rivojlanishiga koʻmaklashishdir. Bu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar hal etiladi: • Inklyuziv taʼlimni rivojlantirish: ICHBni umumiy taʼlim muassasalariga integratsiya qilish, ular uchun maxsus sharoitlar yaratish va individual taʼlim dasturlarini ishlab chiqish. • Rejalashtirilgan ijtimoiy moslashuv: Bolaning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda, uning ijtimoiy muhitga moslashishini taʼminlashga qaratilgan maxsus dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish. • Oilaviy qoʻllab-quvvatlash: Ota-onalar va oilalarga ICHBni tarbiyalash va rivojlantirish boʻyicha maslahat berish, ularning bilim va koʻnikmalarini oshirish. • Kasb-hunar taʼlimi va bandligi: ICHBg
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Yangi Oʻzbekistonda imkoniyati cheklangan bolalar bilan olib borilayotgan ijtimoiy pedagogik faoliyatning mazmuni va mohiyati ularning toʻlaqonli hayot kechirishiga, jamiyatga integratsiyasiga va shaxs…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Yangi Oʻzbekistonda imkoniyati cheklangan bolalar bilan olib borilayotgan ijtimoiy pedagogik faoliyatning mazmuni va mohiyati ularning toʻlaqonli hayot kechirishiga, jamiyatga integratsiyasiga va shaxs… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Imkoniyati cheklangan bolalar, ijtimoiy himoya, Pedagogik faoliyat, Diffektalogiya., Maktab, reabilitatsiya, Nogiron, jismoniy, psixologik, inkulizif, Diagnostika
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025