Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
CHAQALOQLIK DAVRINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI VA BOSHLANGʻICH SINF BOLALAR PSIXOLOGIYASI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Kakabayeva Gurbanjemal (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
Chaqaloqlik davrining psixologik xususiyatlari har tomonlama oʻrganish masalan nutqning, tafakkurning paydo boʻlishi, bilish jarayonlarining rivojlanishi haqida. Boshlangʻich sinf bolalarning psixologik jarayonlarini oʻrganish haqida. Kalit soʻzlar: aqliy rivojlanish, nutqning paydo boʻlishi, psixik rivojlanish, bilish jarayonlari, oʻquv faoliyatining xususiyatlari bolaning maktabga psixologik tayyorgarligi. Bola hayotining birinchi kunlardanoq ixtiyorsiz holda oʻz dunyoga kelgan muhitdagi turli - tuman taʼsirlar va taassurotlar ostida shakllana boshlaydi. Chaqaloqlik davrida juda koʻp oʻzgarishlar sodir boʻladi. Oilada bola tugʻilishi bilan oila aʼzolari u bilan muloqotga kirishishga harakat qiladilar. Lekin chaqaloq muloqotga darhol tayyor boʻlmaydi: uxlaydi, yigʻlaydi va emadi. Chaqaloq oʻzining hayotini shartsiz refleks, yaʼni qichqiriq bilan boshlaydi. Birinchi qichqiriq nutqning birinchi belgisidir. Ayrim olimlar birinchi qichqiriqni salbiy emotsiya deb xislatlari, qobiliyat turlari, temperament tiplari rivojlanadi. Bolalarning nutqini, muloqotini rivojlantirishda kattalar muhim rol oʻynaydilar. Bolalarning ongini oʻstirish uchun oʻyinchoqlar va oʻyin turlaridan koʻproq foydalanish yaxshi natija beradi. Ilk bolalik davrida ham oʻyinning ahamiyati katta. Bu davrda bolalar predmetli oʻyinchoqlarlarni koʻproq oʻynaydilar. Ilk bolalik davrida bolalar kattalarga qaram boʻladilar, chunki ularning mustaqil harakat qilishlari qiyin. Hatti-harakat xulq meʼyorlarini bolalar kattalardan oʻrganadilar. Bolalarning ichki dunyosi shakllanishi kattalarga bogʻliq. Bola predmetlarga boʻlgan qiziqishini avvalo kattalarga murojaati orqali bildiradi. Ilk bolalik davrida nutqning rivojlanishi ikki xil yoʻl orqali amalga oshiriladi. Bola bilan onaning muloqoti faqatgina soʻzlar bilan emas, balki mimika, imo-ishora, pantomimika, ohang va vaziyat orqali amalga oshiriladi. Bolalar maktab yoshiga yetganda ularning bir - birlariga nisbatan munosabatlari yangicha mazmun kasb etadi. Bola ilgari ota - onasi guruhdagi tengdoshlari tarbiyachi bilan muloqotda bo'lgan bo'lsa endi maktab o'qituvchisi sinf rahbari bilan muloqotda bo'ladi. Bolalarda bu davrda mas'uliyat hissi shakllanadi. Bolalar nutqning o'sishda ularning maktab o'quvchisi katta rol oʻynaydi, bola maktabgacha yoshda oʻylamasdan gapiradi. Maktabda esa u gaplashyotgan til oʻqitiladigan va oʻrganiladigan ilm boʻlib qoladi. Grammatikani o'qib o'rganish jarayonida baland nutqining foyda jihati to'g'ri bo'lib boradi. Nutqning sintaksis tuzilishi takomillashadi, maktabda o'qitilayotgan hamma fanlarni o'rganish jarayonida o'quvchi nutqning lugʻati boyiydi va gapiradigan soʻzlarning mazmuni uning uchin chuqurlashadi va kengayadi. Bolalarning yozma nutqini egallashlari ular nutqning o'sishida muhim bosqich boʻladi. Bola o'z fikrlarni yozma nutqdan bayon qilishga harakat qiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar shug'ullanadigan ijodiy faoliyatlar orasida tasviriy sanʼatning ham ahamiyati juda kattadir. Bolalarning tasavvur qilish xarakteriga ko'ra uning atrof hayotini qanday idrok etishi xotira tasavvur va xususiyatlarga baho berish mumkin. 106 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Kichik maktab davri 6- 7 yoshdan 9-10 yoshgacha davom etadi. Bu davrda bola maktab o'quvchilarga kuylaydigan turli talablar bilan tanishadi. Fan asoslarini o'rganish uchun biologik va psixologik jihatdan tayyorlanadi. Maktabga kelish arafasida bolalarning so'z boyligi oʻz fikrini bayon eta oladigan darajada ortadi. Agar bu yoshdagi normal rivojlanayotgan bola o'z nutqida 500 - 600 so'zni ishlatsa, 6 yoshda bala 3000- 7000 soʻzni ishlatadi. Birinchi sinfga kelgan bola predmetlarning rangi shakli va kattaligini ularni makonda joylashtirish bilish bilan birga ularni taqqoslay oladi. Maktabda muvaffaqiyatli o'qish uchun bola sensor rivojlanganlik darajasini yuqori boʻlishi juda muhim. Maktab yoshiga kelib normal rivojlanayotgan bola rasm va suratlar real hayotni aks ettirayotganligini yaxshi tushunadilar. Shuning uchun ham rasmda nimalar aks etganini real hayotga taqqoslagan holda harakat qiladilar. Kichik maktab yoshidagi bola oʻqituvchi bilan yaxshi emotsional munosabatda bo'ladi. Shu davrgacha bevosita kattalar rahbarligida u yoki bu axborotlarni o'zlashtirib kelgan bo'lsa, endi o'z xohish irodasi bilan ham zarur ma'lumotlar toʻplashga, o'zi alohida aniq maqsad va vazifa qo'yishga harakat qiladi. Bolaning ana shu faolligi xotirasining muayyan darajada rivojlanganligini bildiradi. Xulosa oʻrnida shuni aytishim joizki, bola dunyoga kelgandan keyin atrof-muhitdagi oʻzgarishlarni bila boshlaydi. U yon atrofidagi odamlarning imo- ishoralarini anglay boshlaydi. Vaqt oʻtgan sari bola psixologik tomonlama shakllana boshlaydi. Yosh oʻtgan sari bolaning ongi nutq faoliyati ham toʻliq rivojlana boshlaydi. Bogʻcha yoshga yetgach bolalar bogʻchada turli oʻyinlar, rasmlar chizib, sheʼrlar yodlay boshlaydilar. Keyinchalik ular ilk maktab davriga tayyorgarlik koʻrib boshlaydi. Maktabga
Доказательный фрагмент
«Chaqaloqlik davrining psixologik xususiyatlari har tomonlama oʻrganish masalan nutqning, tafakkurning paydo boʻlishi, bilish jarayonlarining rivojlanishi haqida.»
Образец извлечения
Демо-превьюChaqaloqlik davrining psixologik xususiyatlari har tomonlama oʻrganish masalan nutqning, tafakkurning paydo boʻlishi, bilish jarayonlarining rivojlanishi haqida. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- nutqning paydo boʻlishi, oʻquv faoliyatining xususiyatlari bolaning maktabga psixologik tayyorgarligi., bilish jarayonlari, psixik rivojlanish, aqliy rivojlanish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024