К содержанию
РецензированоUZ2026

BOSHLANGʻICH SINF ONA TILI DARSLARIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI QO’LLASH

TEXNOLOGIYALARNI QO’LLASH · Sharipova Sevara Erkin qizi

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada boshlangʻich ta’lim ona tili fanini oʻqitish jarayonida, o’qitish metodlarini qo’llash, innovatsion texnologiyalardan keng foydalanishning samarali usullari yoritib berilgan. Kalit so’zlar: innovatsiya, o’qitish metodlar, ta’limda innovatsiya, innavatsion texnalogiyalar, adashgan so’z metodi «lnnovatsiya» so'zi ingliz tilidan kelib chiqqan, uning tarjimasi yangilanish, o'zgartirish, yangilik kiritish degan ma’noni bildiradi. Innovatsiya deb yangi ilmiy texnik yutuqlardan samarali foydalanishga aytiladi. Bu holatni ilmiy-ijodiy faoliyatdagi muhitga muvofiqlashtirish, uning samarasini oshirish respublikamizdagi fan imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishga katta yordam beradi. Bu jarayonda asosiy e’tibor yosh avlodning eng ratsional faoliyatiga qaratiladi. Chunki innovatsion g‘oyalar jamiyat taraqqiyoti uchun juda kuchli samara beradi. Bunday g‘oyalami rivojlantirishda novatorlikning o‘rni katta. O'qitish metodlari – bu ta'lim jarayonida bilim, ko'nikma va malakalarni o'quvchilarga yetkazish va rivojlantirishda foydalaniladigan usullar va uslublardir. O'qitish metodlari ta'limning samaradorligini oshirishda muhim rol o'ynaydi. O‘qitish metodlaridagi innovatsiyani quyidagi metodlarda ko‘rishimiz mumkin. 1. Аktiv metod - dars jarayonida faollashuviga, maʼlum bir holat va voqelikka nisbatan fikrlashga-mulohaza yuritishga undaydi. 2. Passiv metod - dars jarayonida talabalarda o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha bir tomonlama tushuncha hosil bo‘lishiga olib keladi. 3. Interaktiv metod. Bu metodni maqsadi dars jarayonida o‘qituvchi birgalikdagi faol xatti-harakatlariga asoslanadi. Interaktiv metodlar-bu jamoa bo’lib fikrlash deb yuritiladi, ya’ni pedagogik ta’sir etish usullari bo’lib ta’lim mazmuninng tarkibiy qismi hisoblanadi Ta’limdagi innovatsiyalar quyidagi maqsadlarga erishishga yordam beradi: 5 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference  Ta’lim jarayonini insonparvarlashtirish, demokratlashtirish;  O’quvchilarning kognitiv faolligini faollashtirish;  Ta’lim va tarbiya ishlarini tashkil etish samaradorligini oshirish;  O'quv materialining metodika va didaktika nuqtai nazaridan o'zgartirishlari.  Ta‘limga yondashuv - bu yangi texnologiyalar uchun asos bo‘lgan asosiy tamoyil, talablar va maqsadlar to‘plami. Innovatsion texnologiyalardan dars jarayonida foydalanishning o’ziga xosligi shundaki, ular o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyati orqali amalga oshiriladi. O’qitish jarayoni o’qituvchi hamda o’quvchilar faoliyatini o’z ichiga oladi.O’qituvchining faoliyati o’quv materialini bayon qilish, o’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishini orttirish, fikrini teranlashtirish va e’tiqodini shakllantirish,o’quvchilarning mustaqil mashg’ulotlariga rahbarlik qilish, ularning bilim, ko’nikmava malakalarini tekshirish hamda baholashdan iborat. Innovatsion texnologiyalarning afzalliklari: 1. O‘quvchilarda darsga nisbatan qiziqishni oshiradi. 2. Ta’lim jarayonini jonli va interaktiv qiladi. 3. Bilimlarni tezroq o‘zlashtirish va amaliyotda qo‘llash imkonini beradi. 4. O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida samarali muloqot o‘rnatadi. 5. O‘quvchilarning mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Ona tili darslarini innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida tashkil etish va o‘quvchilarda mustaqil ishlash, shuningdek, ijodiy fikrlash kompetensiyasini shakllantirishda “Juftlikda ishlash”, “Kichik guruhlarda ishlash”, “ Daraxt yechimi”, “Tugallanmagan gap mashqi”, “Charxpalak”, “Adashgan so‘zni topish”, “Chalkash ma’lumotlar”, “Alifbo”, “Tarozi”, “Loto”, “Qora quti” kabi metodlardan foydalanish o‘quvchi mehnati samaradorligini ta’minlaydi Boshlang’ich sinf ona tili darslarida adashgan soʻzni topish metodi oʻquvchilarning lugʻat boyligini oshirish, eʼtiborini mustahkamlash va grammatik qoidalarni yaxshiroq oʻzlashtirishga yordam beradi. Ushbu metod innovatsion va interaktiv usul sifatida qoʻllaniladi. Adashgan soʻzni topish metodining mohiyati Dars jarayonida oʻqituvchi yoki dasturiy taʼminot yordamida matn yoki gap ichida ataylab notoʻgʻri yozilgan 6 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference yoki mavzuga aloqasiz soʻzlar beriladi. Oʻquvchilar esa ushbu adashgan soʻzni topib, uni toʻgʻri holatga keltirishi yoki izoh berishi kerak. Ushbu metodning turlari 1.Matndan adashgan soʻzni toppish Oʻqituvchi kichik matn taqdim qiladi. Oʻquvchilar ushbu matndan mantiqan yoki grammatik jihatdan notoʻgʻri boʻlgan soʻzni aniqlaydi. Misol: Bahor kelganda daraxtlar gullab, qushlar qaytib keladi. Oyoq kiyim sotuvchi bozorda koʻpchilikni jalb qildi. Adashgan soʻz: Oyoq kiyim (Matn mavzusi bahor va tabiat haqida, bu yerda mavzuga aloqasiz soʻz ishlatilgan). 2.Grammatik xatolarni toppish Gap yoki matn ichida ataylab grammatik xato kiritiladi. Oʻquvchilar uni topib, toʻgʻrilashi kerak. Misol: Men kitob oʻqishni yoqtiramok. Adashgan soʻz: yoqtiramok (Toʻgʻri shakli: yoqtiraman). 3.Lugʻaviy adashgan soʻzlar Soʻzlar orasiga lugʻaviy jihatdan mavzuga toʻgʻri

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada boshlangʻich ta’lim ona tili fanini oʻqitish jarayonida, o’qitish metodlarini qo’llash, innovatsion texnologiyalardan keng foydalanishning samarali usullari yoritib berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada boshlangʻich ta’lim ona tili fanini oʻqitish jarayonida, o’qitish metodlarini qo’llash, innovatsion texnologiyalardan keng foydalanishning samarali usullari yoritib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
innavatsion texnalogiyalar, adashgan so’z metodi, innovatsiya, o’qitish metodlar, ta’limda innovatsiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники