К содержанию
РецензированоRU2026

LOGISTIK YONDASHUVLAR ASOSIDA TASHILAYOTGAN YUKLARNI TASHISH ISHINI SAMARALI TASHKIL ETISH

Sharipov Umrzoq Otabek o‘g‘li

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

В данной работе рассматриваются вопросы эффективной организации грузоперевозок на основе логистических подходов. Анализ показывает, что использование современных логистических систем позволяет оптимизировать каждый этап процесса грузоперевозок. В работе были разработаны рекомендации по планированию процесса грузоперевозок, эффективному использованию транспортных средств и снижению затрат. Annotation. In this work, the issues of effective organization of cargo transportation based on logistic approaches are considered. Analyzes show that the use of modern logistics systems allows to optimize each stage of the cargo transportation process. In the work, recommendations were developed for planning the cargo transportation process, efficient use of vehicles and cost reduction. Kalit so‘zlar: logistika, yuk tashish, samarali tashkiliy ishlar, transport tizimi, xarajatlarni kamaytirish, logistik rejalashtirish, integratsiyalashgan logistika. Ключевые слова: логистика, грузоперевозки, эффективная организационная работа, транспортная система, снижение затрат, планирование логистики, интегрированная логистика Keywords: logistics, cargo transportation, efficient organizational work, transportation system, cost reduction, logistics planning, integrated logistics Logistika korxona faoliyatini barcha sohalar bilan mustahkam birlashtiradi: rejalashtirish, sotish, xarajatlarni nazorat qilish, tayyor mahsulot va materiallarni saqlash va ko‘chirish jarayonlari hamda u bilan bog‘liq bo‘lgan 29 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference ishlab chiqarish joyidan iste'molchigacha tovarlarni yetkazib berish to‘g‘risidagi axborotlarni qamrab oladi. Logistik boshqaruv korxona uchun favqulotda muhim bo‘lib, aynan logistik boshqaruv barcha logistik zanjirlari bo‘yicha moliyaviy va axborot oqimlari bilan aloqador materiallarni rejalashtirish va muvofiqlashtirish yo‘li orqali ishlab chiqarish vazifalarini yechish bilan shug‘ullandi. Fermer xo‘jaliklarida boshqaruvning logistik yondashuvidan foydalanish uchun qishloq xo‘jaligida yangi yo‘nalish sifatida aynan zamon talab etayotgan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini tashkil etish bilan bir vaqtda boshqarishga logistik yondoshish ham shakllantirilishi zarur. Shunda fermer xo‘jaliklarida logistik yondashishini hayotga tatbiq etish bir oz yengillashadi. Fermer xo‘jaliklari asosan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bilan shug‘ullanadi, qisman qayta ishlash va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Bunday sharoitda vositachi-ishlab chiqaruvchiiste'molchi o‘rtasidagi boshqaruv yondoshuvlarining zaxirasi sifatida logistik tizimlarni joriy qilish yuzaga chiqadi. «Taqsimot» so‘zi juda keng qo‘llaniladi, uning lug‘aviy ma'nosi – biror-bir narsani kimlargadir (nimalargadir) bo‘lib berish, unda har biriga o‘ziga tegishli qismi taqdim etilishi tushuniladi. Xizmatlar sohasi logistikasida taqsimot deganda jo‘natmalarni tenglik asosida taqsimlash tushuniladi. Taqsimot xizmatlar sohasida logistika fanida o‘rganiladigan asosiy predmet bo‘lib, mavjud bo‘lgan tovar va maxsulotlarni zahirasining taqsimot jarayonini o‘z ichiga oladi. Maxsulot tovarlar, qaysi yo‘nalish bo‘yicha jo‘natish kerak, omborlar tarmog‘i kerakmi (kerak bo‘lsa, qanday?), – aynan shu masalalarni taqsimot logistikasi yechishi lozim bo‘ladi. Xizmatlar sohasida taqsimot logistikasi jo‘natmalarni to‘liq boshqaruvini o‘rganadi va amalga oshiradi, shuning uchun ham barcha bosqichlarda taqsimot masalalarini yechish, ya'ni nimanidir jamiyat tarkibidagi bo‘limlarga tenglik asosida bo‘lib berish zarur bo‘ladi. Xizmatlar sohasida taqsimot logistikasining ta'rifi quyidagicha ifodalanadi: taqsimot logistikasi – bu xar xil xaridorlar o‘rtasidagi, ya'ni jo‘natmalarni amalga oshiriladigan, o‘zaro aloqador funktsiyalar majmuasidir. Chakana savdo jarayoni, odatda, xizmatlar logistikada tadqiqot etilmaydi. Bu jarayon samaradorligi, xizmatlar soxasida logistika doirasidan tashqaridagi omillarga bog‘liq, masalan mijozlar psixologiyasini bilishga, muomila zali, aloqa bo‘limlarini bezash mahoratiga, reklamani tashkil etishga va boshqalarga. Xizmatlar soxasida taqsimot logistikasining o‘rganish ob'ekti – ishlab chiqaruvchidan mijozlargacha bo‘lgan harakat bosqichidagi jarayon bo‘lib 30 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference xisoblanadi. Barcha hollarda tovar va maxsulotlarni, ishlab chiqarish yoki ishlab chiqarish bo‘lmasligi mumkin. Ishlab chiqarish iste'moli – bu jamiyat mahsulotini ishlab chiqarish ehtiyojlarida, mehnat vositasi yoki predmeti (buyumi) sifatida joriy ishlatilishidir. Noishlab chiqarish iste'moli – bu jamiyat mahsulotini noishlab chiqarish sohalarining korxona va muassasalaridagi shaxsiy yoki aholi iste'moliga joriy ishlatilishidir. Moddiy oqimning logistika chegaralarida harakatlanishining barcha bosqichlarida uni ishlab chiqarish iste'moli sodir bo‘ladi. Logistik zanjirni yakunlovchi so‘nggi bosqichdagina, moddiy oqim noishlab chiqarish iste'moli soh

Доказательный фрагмент

«В данной работе рассматриваются вопросы эффективной организации грузоперевозок на основе логистических подходов.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной работе рассматриваются вопросы эффективной организации грузоперевозок на основе логистических подходов. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
logistics, cargo transportation, efficient organizational work, yuk tashish, samarali tashkiliy ishlar, logistik rejalashtirish, transport tizimi, xarajatlarni kamaytirish, integratsiyalashgan logistika., logistika
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники