К содержанию
РецензированоUZ2026

JONGELDI ZAVOD TIPIDAGI QORA RANGLI QORAKO‘L QO‘ZILARINING KONSTITUTSIYA TIPLARI

QO‘ZILARINING KONSTITUTSIYA TIPLARI

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

The article highlights the results of the evaluation of the types of constitution of lambs of the Jongeldinsky factory type, obtained from black Karakul sheep of different curl types. The results obtained are biometrically processed and presented on the basis of figures. Key words. karakul sheep, productivity, constitutional type, factory type. Qorakoʻlchilik chorvachilikning muhim tarmoqlaridan hisoblanib, hozirgi kunda qorakoʻl qoʻylari respublikamizda mavjud yaylov yerlarining qariyb 83 foiz qismida urchitilib kelinmoqda. Qorakoʻl qoʻylari boshqa qishloq xoʻjaligi hayvonlaridan keskin iqlim sharoitlariga moslashganligi hamda ushbu sharoitda yetarlicha mahsulot bera olishi bilan ham ahamiyatlidir. Qorakoʻl qoʻylarining mahsuldorligini baholashda konstitutsiya tiplarining ahamiyatini alohida qayd etish lozim, aytish mumkinki, mustahkam konstitutsiya tipidagi hayvonlar boshqa tip vakillariga nisbatan yuqori mahsuldorlikka erishadi. Konstitutsiya hayvonlarning tashqi muhitga moslashishi, shuningdek himoya vositasi sifatida ham qaraladi. Adabiyotlar tahlili. Har xil juftlash natijasida olingan qo’zilarning o’sish davridagi tirik vazn dinamikasi ularning konstitutsiya tiplariga hamda yaylovdagi ozuqabop o’simliklar turi va to’yimliligiga bog’liq [1]. Har xil tipidagi qorako’l qo’ylarining konstitutsiya tipi va tirik vazni orasida ijobiy korrelyatsion bog’liqlik mavjudligi, mustahkam konstitutsiya tipidagi 95 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference qorako’l qo’ylarining tirik vazni qo’pol va nozik konstitutsiya tipidagi tengqurlariga nisbatan yuqoriroq bo’ladi [2]. Ta’kidlanishicha turli konstitutsiya tipidagi qorako’l qo’ylarining irsiy xususiyatlarini avlodlariga o’tkazishida turli farqlanishlar kuzatiladi va mustahkam konstitutsiya tipidagi qo’ylar avlodlariga irsiy belgilarini boshqa tipdagi tengqurlariga nisbatan yaxshi o’tkazadi [3]. Tadqiqotning maqsadi. Jongeldi zavod tipidagi qora rangli qorako’l qo’zilarining turli gul tiplariga xos sovliqlardan olingan avlodlarning konstitutsiya tipini o’rganish tadqiqotning maqsadi hisoblanadi. Tadqiqot ob’ekti va usullari. Tadqiqotlar Buxoro viloyati, Peshku tumani ‘Jongeldi qorako’lchilik MChJ da urchitiluvchi jongeldi zavod tipiga mansub qora rangli qorako’l qo’ylaridan olingan avlodlar bilan olib borildi. Avlodlarning tirik vazni, eksteryer koʻrsatkichlari, rangi va jun-tolasi sifati umumqabul qilingan zootexniyaviy usullar yordamida, shuningdek “Qorako‘lchilikda naslchilik ishlarini yuritish va qo‘zilarni baholash (bonitirovka qilish) bo‘yicha qo‘llanma [4] asosida ko‘z bilan ko‘rish, millimetrli lineyka hamda tirik vazni o‘lchov tarozisida o‘lchanib, qo‘ylarning genotipik holati aniqlandi. Olingan ma’lumotlarga variatsion statistika usullarida matematik ishlov berilib, oʻrtacha arifmetik qiymati (X) hamda uning xatosi (Sx) aniqlandi [5]. Tadqiqot natijalari. Ma’lumki, qorakoʻl qoʻylarini konstitutsiyasiga baho berishda asosan tashqi tuzilishiga, eksteryeriga qarab aniqlanadi. Qorakoʻlchilikda nozik, mustahkam va dagʻal konstitutsiya tiplaridagi qoʻylar urchitiladi. Ushbu konstitutsiya tiplariga mansub qoʻylar oʻzining eksteryer koʻrsatkichlari, suyakdorligi hamda tana tuzilish indekslariga qarab farqlanadi. Tadqiqotlar davomida turli gul tipiga mansub qorakoʻl qoʻylaridan olingan avlodlarning konstitutsiya tiplariga taqsimlanishi oʻrganildi. Olingan natijalar 1- jadvalda umumlashtirilgan. 1-jadval Jongeldi zavod tipidagi qora rangli qorako‘l qo‘zilarining konstitutsiya tiplariga taqsimlanishi, % Konstitutsiya tiplari Gul tiplari n Mustahkam Dagʻal Nozik X±Sx X±Sx X±Sx Yarimdoirasimon 342 54,4±2,69 28,0±2,43 17,6±2,05 Qovurgʻasimon 102 48,0±4,95 31,4±4,59 20,6±4,00 Yassi 59 54,2±6,48 22,0±5,39 23,8±5,54 96 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Oʻsikgul 27 37,0±9,29 44,4±9,56 18,6±7,49 Jadval ma’lumotlari mustahkam konstitutsiya tipiga xos avlodlar chiqimining yuqori koʻrsatkichi yarimdoirasimon gul tipiga (54,4±2,69) toʻgʻri kelishini koʻrsatgan boʻlsa, yassi va qovurgʻasimon gul tipidagi avlodlarda bu koʻrsatkich mos ravishda (54,2±6,48) va (48,0±4,95) biroz pasayganini ta’kidlash lozim, shuningdek oʻsikgul tipiga oid avlodlarda mustahkam konstitutsiya tipiga xos avlodlarning nisbatan kam chiqishi ularning jun-tolasi sifati va tashqi eksteryer koʻrsatkichlaridagi pasayishlar bilan izohlanadi. Dagʻal konstitutsiya tipiga xos avlodlar chiqimida boshqa tip vakillariga nisbatan oʻsikgul tipidagi sovliqlardan olingan avlodlar biroz ustunlik qilgan, buni ushbu tip vakillaridagi sovliqlarning eksteryer koʻrsatkichlari nisbatan qoʻpol, yirik jussali boʻlishi bilan izohlash mumkin. Jadval ma’lumotlaridan aytish mumkinki, nozik tipdagi avlodlar chiqimida sezilarli farqlanishlar kuzatilmagan. Olingan natijalar nisbiy bo‘lib, paratipik omillar (oziqlantirish va asrash) ta’sirida ma’lum darajada o‘zgarishga uchrashi mumkinligini aytish lozim. Xulosa. Tadqiqot natijalari bo‘yicha xulosa qilish m

Доказательный фрагмент

«The article highlights the results of the evaluation of the types of constitution of lambs of the Jongeldinsky factory type, obtained from black Karakul sheep of different curl types.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article highlights the results of the evaluation of the types of constitution of lambs of the Jongeldinsky factory type, obtained from black Karakul sheep of different curl types. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
karakul sheep, productivity, constitutional type, factory type, konstitutsiya tipi, Qorako’l qo’ylari, mahsuldorlik, zavod tipi.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники