К содержанию
РецензированоUZ2026

MUSIQIY ASARLARNING TARBIYAVIY AHAMIYATI. QO‘SHIQ ORQALI O‘QUVCHILAR ONGIDA VATANPARVARLIK TUYG‘ULARINI SHAKLLANTIRISH.

TUYG‘ULARINI SHAKLLANTIRISH. · Aynisa Yuldasheva

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

A song is the primary musical - poetic creation of folk art. It reflects many aspects of human life, revealing its spiritual beauty and the richness of thoughts and aspirations. In song creation, the timeless yearning of people for goodness and justice is fully expressed. Duo to its unique sincerity, a song deeply affects every individual emotionally. At the same time, songs nurture patriotism and love for nature in students, enhance musical-aesthetic taste, and awaken feelings of teamwork, friendship, and creativity. Key words: music, song, ensemble, choir, culture, music pedagogy, melody, emotion. 99 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference O‘zbek xalqining ko‘hna va boy madaniyati asrlar davomida ma’naviyat manbai bo‘lib kelgan. Boy madaniy merosimizni o‘rganish, milliy qadriyatlar, urf-odatlarimizni tiklash, ma’naviy boyligimiz – musiqiy asarlarni hozirgi davr talabi darajasida o‘rganish, ularni tiklash va avaylab asrash orqali yosh avlodni milliy ruhda tarbiyalash davlat darajasida qaralmoqda. Shunga ko‘ra ma’naviy merosimizning uzviy tarbiyaviy qismi sifatida o‘zbek an’anaviy musiqasi, folklori hamda mumtoz musiqa namunalari va an’anaviy musiqa asarlarini izchil o‘rganib, musiqa san’atini keng rivojlantirish va yangi ijodiyot yo‘nalishlarida foydalanish hamda yosh avlodga keng targ‘ib etish eng muhim vazifalardan sanaladi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev ta’kidlaganidek, «Adabiyot, san’at va madaniyat yashasa, millat va xalq, butun insoniyat bezavol yashaydi». Darhaqiqat o‘zbek musiqa san’atining qadimiy va navqiron xalq qo‘shiqlari, ashulalari, dostonu maqomlari yillar davomida boyidi va taraqqiy etib boradi. Musiqiy ta’lim o‘quvchilarning ma’naviy salohiyatini yuksaltirishga ta’siri ulkandir. Musiqiy asarni o‘rganish va ijro etish jarayonida o‘quvchilarda qiziqishlar doirasi kengayadi, bu esa yangi bilim va hissiyotlarni keltirib chiqadi. O‘z ijodining natijalarini boshqalarga ko‘rsatish va baham ko‘rish istagi paydo bo‘ladi. Jamoa bo‘lib kuylash o‘quvchilarni musiqa san’atiga faol jalb etishning eng ommaviy shaklidir. Ma’lumki, qo‘shiq kuylash san’ati bolalarda samimiylikni, o‘zaro mehr-oqibatni yanada o‘stirishga hizmat qiladi. Hozirgi kunda musiqa ta’limining mazmun va mohiyati zaminida barkamol avlod, komil inson tarbiyasi yotadi. Bu borada jamoa bilan kuylashning tarbiyaviy ahamiyatini ta’kidlab o‘tish zarur. Ansambl yoki jamoaviy qo‘shiq kuylash shaxsning o‘z-o‘zidan namoyon bo‘lishiga aylanadi, bunda uning ijodiy kuchi, musiqiy did va yuksak vokal ijrochilik madaniyati shakllanadi, shu bilan birga ijtimoiy ehtiyojlari amalga oshiriladi. Kollektiv ijodiy faoliyat – bu individual musiqiy qobiliyatlarni namoyon qilish, hamkorlik qilish va o‘zaro munosabatlarini hal qilish imkoniyatini beradi. Ijodiy faoliyatda musiqiy va qo‘shiqchilik mahoratini shakllantirish jarayoni yosh avlodning musiqiy, estetik, ijtimoiy va intellektual rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadigan ko‘plab xususiyatlar va hissiy taassurotlarga ega. Birgalikda kuylash musiqa san’ati sohasidagi nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlashga yordam beradi. Bu esa o‘quvchilarning nafaqat badiiy rivojlanishiga, balki ularda axloqiy fazilatlarni shakllantirishga ham hissa qo‘shadi. Vokal ijrochiligi tushunchasi juda keng tushuncha hisoblanib, an’anaviy, klassik va estrada singari turlarga bo‘linadi. Vokal asari yakka, 100 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference ansambl, yoki xor ijrosida, shuningdek, musiqa cholg‘ulari jo‘rligida yoki jo‘rsiz (katta ashula, a’capella kabi) ijro etiladi. Barcha turlarda xonanda ovozi yetakchi o‘rin tutadi. Bolalarga xor asarlarini kuylatish orqali milliy g‘urur, ma’naviy-axloqiy xususiyatlar, estetik va boshqa shaxsiy fazilatlar shakllantiriladi. O‘quvchilarda musiqiy qobiliyatlarini shakllantirish vokal-xor ijrochiligida dolzarb muammolardandir. Xor ijrochiligi hozirgi kunda keng tarqalgan san’at turlaridan biri bo‘lib jamoa ijrochiligi insonlarda chuqur estetik zavq uyg‘otibgina qolmay, jamoa bo‘lib birlashishga olib keladi hamda ma’naviy saviyasini, badiiy didini oshirishga yordam beradi. U insonning his-tuyg‘ularini uyg‘otib, hayajonlantirish, qiziqtirish xususiyatiga ega. Jamoa ijrochiligi tarbiya vositasida ham katta ahamiyatga ega bo‘lib vatanparvarlik, insonparvarlik tuyg‘ulari kabi xislatlarni tarbiyalashda juda katta ahamiyatga ega. Shuni ta’kidlash joizki, har bir yaratilgan qo‘shiq yashab turgan zaminimizni madh etishi, baxtli bolalik hissini uyg‘otishi, ezgulikka chorlashi, do‘stlik, mardlikka undashi, bolaning ichki hissiyotlarini yuzaga chiqarishga xizmat qilishi lozim. Vokal san’ati yosh avlodni xalq qo‘shiqchiligi me’rosiga, shuningdek, milliy, yevropa klassik musiqa durdonalariga qiziqish uyg‘otib birlashtiradi hamda ahillik va birdamlikka chorlaydi, ulardagi ba’zi bir fiziologik, psixologik (duduqlanish, fikrni bayon qila olmaslik, xotiraning sustligi, tortinchoqlik, uyatchanlik, injiqlik kabi) nuqsonlarni b

Доказательный фрагмент

«A song is the primary musical - poetic creation of folk art.»

Образец извлечения

Демо-превью

A song is the primary musical - poetic creation of folk art. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
music, song, ensemble, choir, culture, music pedagogy, his-tuyg‘u., qo‘shiq, musiqa pedagokikasi, ansambl, ohang, musiqa, xor, madaniyat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники