К содержанию
РецензированоUZ2026

FANLARNI O’QITISHDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV

Madinaxon Muxammadjonova Anvarjon qizi · Sodiqova Irodaxon Jumodil qizi

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada bugungi kundagi eng dolzarb muommolardan biri talabalarning o’qitish jarayonida pedagogning o’rni, kompetensiyaviy yondashuvi ahamiyati, kompetentlik turlari. Pedagogning dars jarayonidagi ham ta’limiy va tarbiyaviy o’rni, amaliy ahamiyati va dolzarbligi haqida ma’lumot berilgan. Kalit so’zlar: kompetensiya, tarbiya, kompetensiyaviy yondashuv, kasbiy, induvidual, shaxsiyva ijtimoiy kompetentlik. Barkamol avlod tarbiyasi va o‘z-o‘zini tarbiyalash yoshlarning barcha tomonlarini rivojlantirishni maqsad qilib oladi va bu tarbiyaviy jarayonning ta’lim, axloqiy, estetik, jismoniy va o‘z-o‘zini tarbiyalashning barcha turlari birligini yuzaga keltiradi. Jamiyatda har qanday kasb bo‘lmasin, avvalambor, uning darajasi mavqeyi bilim bilan o‘lchanadi. Mana shu bilim esa malaka bilan shakllanadi. Pedagog kasbining subyekti boshqa shaxslardir. Shu bois, unda bilim va malaka uning mahorati orqali yuzaga chiqadi. Pedagog tarbiya haqidagi fan sifatida tarbiyaning mohiyatini tushunishni, tushuntirishni, uning qonuniyatlarini ochib berishni va shu orqali inson manfaatlari uchun tarbiya jarayonlariga ta’sir qilish va uni boshqarishni nazarda tutadi. Dunyodagi eng qadimiy kasblardan biri pedgoglikdir. Barcha ilmlarni o‘zlashtirish doim pedagoglar yordamida amalga oshiriladi desak mubolag’a bo‘lmaydi. Shuning uchun ham pedagog kasbining ijtimoiy ahamiyati va qadri hech qachon kamaymaydi. Har qanday pedagog ham «kompetentlik» nimani anglatishini va u «kompetensiya»dan nimasi bilan farq qilishini bilavermaydi. «Kompetentlik» tushunchasi pedagogning ma’lumoti, ko‘nikmasi, qobilyati va tajribasini o‘z ichiga oladi. Boshqacha aytganda, uning ma’lum bir ish turini bajarish qobilyati hisoblanadi. Aslini olganda bui ikki atamaning ma’nosi o‘xshashdir. Kompetensiya bilimlarning umumiyligini va ularning odamlarda mavjudligini anglatsa, kompetentlik – so‘zining ma’nosi bu bilimlarni ish jarayonida ishlatish darajasini anglatadi. Kompetensiya – lotincha «competo» so’zidan olingan bo’lib, «erishaman, muvofiqman, mos kelaman» ma’nolarini beradi. Kishi egallagan muayyan bilim, ko’nikma, malakalar majmuasini anglatadi. Kompetensiya – ma’lum bir sohada samarali faoliyat olib borish 26 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference uchun zarur bo’lgan mutaxasissning ta’limiy tayyorgarligiga qo’yilgan talabdir. U davlat ixtiyprida bo’lgan, oldindan belgilangan ijtimoiy talab bo’lib, u o’quvchining muayyan sohada samarali faoliyat ko’rsatish uchun zarur bo’lgan ta’limiy tayyorgarligiga nisbatan qo’yiladi. Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim o’quvchilarda mustaqillik, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo’lish, tashabbuskorlik, mediaresurslar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan o’z faoliyatida oqilona foydalanish, ongli ravishda kasb-hunar tanlash, sog’lom raqobat hamda umummadaniy ko’nikmalarni shakllantiradi. V.I.Baydenko «kompetentli yondashuv» tushunchasini quyidagicha tasiflagan: - o’z mutaxassisligi bo’yicha faoliyat yuritish uchun zarur bo’ladigan bilim, ko’nikma, malaka va qobilyatlarga, kasbiy muammolarni qisman hal etishda bir vaqtda avtonomlik va egiluvchanlik xususiyatlariga ega bo’lish; - kasbiy shaxslararo muhitda hamkasblar bilan hamkorlikni rivojlantirish; - faoliyat mezoni (sifat o’lchovi), qo’llash sohasi, talab etiladigan bilimlarni o’z ichiga olgan standartlarni loyihalash tuzilmasi; - ish beruvchi talablariga ko’ra kasbiy faoliyatni samarali amalga oshirish imkonini beruvchi qobilyatlardan samarali foydalanish; - insonga hozirgi zamon mehnat muhitida ish faoliyatini muvaffaqiyatli bajarish imkonini beruvchi bilimlar, xususiyatlar va ko’nikmalarning integrallashgan birlashuvi. Yuqorida keltirilganlarni umumlashtirgan holda V.I.Baydenko kasbiy kompetentlik faoliyat talablariga mos ravishda harakat qilishga, masala va muammolarni mustaqil hal etishga, shu bilan birga o’z faoliyati natijalari, ya’ni mos ko’nikmalar, texnik usullarni baholay olishga tayyorgarligi va qobilyati sifatida tushunadi. N.M.Muslimovning fikricha inglizcha «competence» tushunchasining lug’aviy ma’nosi «qobilyat» degani, biroq kompetensiya atamasi bilim, ko’nikma, mahorat va qobilyatni ifoda etishga xizmat qiladi. Quyidagi diagrammada kompetentlik turlari aks etgan. 27 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Kasiy kompetensiya – kasbiy faoliyatni zarur darajada amalga oshirish uchun yetarli ma’lumotga ega bo’lish. Bundan tashqari shaxsning o’z kasbiy darajasini munosib baholay olishi va mutaxassis sifatida o’z rivojlanishini belgilash qobilyati. Ijtimoiy kompetensiya – ijtimoiy vakolat darajasi shaxsning hamkasblari bilan munosabatlarni samarali qurishi, birgalikdagi harakatlarni rejalashtirish qobilyatlarni belgilaydi. Samarali aloqa ko’nikmalari, kasbiy madaniyat va ish natijalari uchun javobgarlik – bularning barchasi kiradi. Shaxsiy kompetensiya – bu kasbiy ishni oqilona tashkil etish qobilyati bo’lib, vaqtni boshqarish, shaxsiy o’sishga intilish uning aso

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada bugungi kundagi eng dolzarb muommolardan biri talabalarning o’qitish jarayonida pedagogning o’rni, kompetensiyaviy yondashuvi ahamiyati, kompetentlik turlari.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada bugungi kundagi eng dolzarb muommolardan biri talabalarning o’qitish jarayonida pedagogning o’rni, kompetensiyaviy yondashuvi ahamiyati, kompetentlik turlari. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tarbiya, induvidual, kompetensiyaviy yondashuv, shaxsiyva ijtimoiy kompetentlik., kompetensiya, kasbiy
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники