Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XALQARO TAJRIBA ASOSIDA KASBIY TA'LIMDA TEXNOLOGIK INNOVATSIYALARNI JORIY ETISH
INNOVATSIYALARNI JORIY ETISH · Aybergenov Salauat
Академические исследования в современной науке · 2024
Аннотация
Ushbu maqola xalqaro tajribani o‘rganish asosida kasbiy ta'lim tizimida texnologik innovatsiyalarni joriy etish masalalariga bag‘ishlangan. Unda turli mamlakatlarning ilg‘or tajribalari tahlil qilinib, raqamli texnologiyalar, virtual va qo‘shilgan reallik vositalarining o‘quv jarayonida qo‘llanishi o‘rganiladi. Shuningdek, texnologik innovatsiyalarni joriy etishning afzalliklari, ularning talabalarning bilim va ko‘nikmalariga ta'siri hamda mavjud muammolar haqida fikr yuritiladi. Maqola davomida kasbiy ta'limning rivojlanishi uchun xalqaro hamkorlikning ahamiyati va texnologiyalarni muvaffaqiyatli joriy etish yo‘llari bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan. Kalit so‘zlar: kasbiy ta'lim, texnologik innovatsiyalar, xalqaro tajriba, raqamli texnologiyalar, ta'lim tizimi, texnologiyalarni joriy etish, malaka oshirish. Bugungi globallashuv davrida texnologik innovatsiyalar nafaqat iqtisodiyot va sanoatda, balki ta'lim tizimida ham muhim o‘rin tutmoqda. Ayniqsa, kasbiy ta'lim sohasida zamonaviy texnologiyalarning qo‘llanilishi o‘quv jarayonining sifatini oshirishda, talabalarni mehnat bozorining o‘zgaruvchan talablariga moslashtirishda muhim vosita hisoblanadi. Jahonning rivojlangan mamlakatlari tajribasi shuni ko‘rsatadiki, texnologik yangiliklarni o‘quv jarayoniga integratsiya qilish malakali kadrlar tayyorlashning eng samarali usullaridan biridir. Ta’lim sohani yanada rivojlantirish uchun 2024-yil 16-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi kasb-hunar ta'limi tizimini takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-158-sonli qaror kasbiy ta'lim tizimini isloh qilish va malakali kadrlarni tayyorlashga oid yangi strategiyalarni belgilab berdi [1]. Ushbu qaror, ayniqsa, kasbiy ta'lim tizimini modernizatsiya qilish va uning xalqaro tajribalarga moslashtirishga qaratilgan tashabbuslar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur maqolada xalqaro tajribaga asoslanib, kasbiy ta'limda texnologik innovatsiyalarni joriy etishning ahamiyati, ularning afzalliklari hamda mavjud muammolar tahlil qilinadi. Shuningdek, texnologiyalarni muvaffaqiyatli qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berilib, O‘zbekiston ta'lim tizimiga mos keluvchi yechimlar taklif etiladi. 89 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida kasbiy ta'lim tizimi malakali kadrlar tayyorlashda muhim rol o‘ynaydi. Bu tizimning muvaffaqiyatli ishlashi uchun texnologik innovatsiyalarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish asosiy omil hisoblanadi. Germaniya dual ta'lim tizimida sanoat robotlari va 3D printerlar kabi texnologiyalarni qo‘llab, talabalar amaliyotda bilimlarni qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Janubiy Koreya raqamli platformalar orqali masofaviy ta'limni samarali tashkil etmoqda. AQShda VR texnologiyalari yordamida talabalar ishlab chiqarish jarayonlarini sinab ko‘rishadi. Buyuk Britaniyada AR texnologiyalari murakkab texnik jarayonlarni vizual tarzda o‘rgatadi. Avstraliyada masofaviy ta'lim platformalari qishloq hududlaridagi talabalar uchun sifatli ta'limni taqdim etadi. Kanadada raqamli materiallar va onlayn treninglar yordamida ta'lim interaktiv va moslashuvchan bo‘ladi. Finlyandiya va Shveysariyada sanoat bilan hamkorlikda kasbiy ta'lim dasturlari ishlab chiqiladi, bu talabalarni amaliy ko‘nikmalar bilan ta'minlaydi. Shaxsiylashtirilgan ta'lim yondashuvlari talabalarni qiziqishlariga qarab o‘rganishga rag‘batlantiradi va ta'limni samarali qiladi. Xalqaro tajribada kasbiy ta'lim texnologiyalarni qo‘llash orqali samaradorlikka erishmoqda. Bu tendensiyalarni o‘rganish va milliy tizimlarga moslashtirish kelajakda malakali kadrlarni tayyorlashda muhim ahamiyatga ega [3, 37-40]. Kasbiy ta'limda texnologik innovatsiyalarni joriy etish o‘quv jarayonini zamonaviylashtirish va samaradorligini oshirishga yordam beradi. Ushbu yondashuv nafaqat ta'lim sifatini yaxshilash, balki o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga ham xizmat qiladi. Texnologik vositalar o‘quv jarayonini ko‘rgazmali va qiziqarli qiladi. Masalan, simulyatorlar va virtual reallik (VR) texnologiyalari yordamida talabalar ishlab chiqarish jarayonlarini real sharoitlarda tajriba qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu o‘quvchilarning e'tiborini oshiradi va ularni yanada faol ishtirok etishga undaydi. Zamonaviy texnologiyalar talabalar uchun sohalarida zarur bo‘lgan aniq amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish imkoniyatini yaratadi. Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish uskunalari yoki dasturiy ta'minot bilan ishlashga tayyorlanish o‘quvchilarga bozor talablari bilan mos keladigan malakalarni olish imkonini beradi. Texnologik vositalar yordamida o‘quv jarayonlari samarali va optimallashtiriladi. Onlayn platformalar va elektron o‘quv materiallari talabalar uchun o‘z vaqtida va mustaqil ravishda o‘rganish imkoniyatini yaratadi. Bu o‘quvchilarning ta'limda yanada yuqori natijalarga erishishlariga yordam beradi. Simulyatorlar va qo‘shilgan reallik (AR) texnol
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola xalqaro tajribani o‘rganish asosida kasbiy ta'lim tizimida texnologik innovatsiyalarni joriy etish masalalariga bag‘ishlangan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola xalqaro tajribani o‘rganish asosida kasbiy ta'lim tizimida texnologik innovatsiyalarni joriy etish masalalariga bag‘ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- raqamli texnologiyalar, texnologik innovatsiyalar, kasbiy ta'lim, texnologiyalarni joriy etish, malaka oshirish., ta'lim tizimi, xalqaro tajriba
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026