К содержанию
РецензированоUZ2026

PEYORATIV BAHONING PARAGRAFEMIKAGA BOG’LIQLIGI VA UNING IFODALANISHI

UNING IFODALANISHI · Latipjonova Malikaxon Odiljon qizi

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Peyorativ bahoning noverbal semiotik vositalar orqali global miqyosda tarqalishi, hozirgi davr axborotning yuqori tezlikda uzatilish jarayonlari bilan bevosita bog‘liqdir. Inson miyasi tomonidan vizual modalitativ signallarni qabul qilish va kognitiv qayta ishlash qobiliyati yuqori bo‘lganini inobatga olsak, grafik noverbal kodlar, ya’ni tasvirlar, ikonografik belgilar yoki piktogrammalar, semantik jihatdan katta miqdordagi ma’lumotni qisqa vaqt oralig‘ida dekodlashga imkon beradi. Kalit so’zlar: Peyorativ baho, ikonografik belgilar, piktogrammalar, noverbal kodlar, dekodlash, paragrafemika Peyorativ bahoni grafik semiotik vositalar orqali ifodalashni muhokama qilarkanmiz, paragrafemika (matnning grafik elementlari, masalan, shriftlar, qatorlararo masofa, bo‘limlar va grafik belgilarning muloqotdagi roli) haqida to‘xtalish zarur. Paragrafemik strukturalar (grafik jihatlarning muloqot jarayonidagi ahamiyatini o‘rganuvchi lingvistik bo‘lim) tekstual segmentatsiya (matnning bo‘laklarga ajratilishi) va vizual retseptsiya (ko‘z orqali axborot qabul qilish va uni talqin qilish jarayoni) jarayonida muhim rol o‘ynaydi, chunki ular noverbal kommunikativ signallarni dekodlashda kognitiv jarayonlarga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga, grafik noverbal semiotik vositalarni mazkur aspektdan izchil o‘rganmasdan turib, ularni to‘laqonli pragmatik va semantik tahlil qilishning imkoniyati yo‘q deb xulosa qildik. Peyorativ bahoni ifodalashda vizual semiotik vositalar, jumladan, punktuatsiya belgilari, shriftning turli uslublari va matnning makondagi joylashuvi, ya'ni paragrafemikaning komponentlari, alohida ahamiyatga ega. Salbiy ma’lumotni yetkazishda rasmlar, diagrammalar, grafikalar kabi vizual elementlar, shuningdek, “smile” va “sticker” kabi vositalar, kamsituvchi yoki istehzoli xabarlarni samarali tarzda etkazishga xizmat qiladi. Paragrafemika grafik elementlar tizimi sifatida peyorativ ma’noni chuqur va yanada ta’sirchan tarzda ifodalash imkonini beradi, bu esa uning kommunikatsiya jarayonidagi o‘rnini yanada muhim qiladi. Paragrafemika tarkibiy jihatdan singrafemika, supragrafemika va topografemika kabi bo‘limlarga ajratiladi. Ushbu bo‘limlar orqali paragrafemika 128 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference peyorativ semantikaning ekspressiv taqdimotiga xizmat qiladi, chunki salbiy konnotatsiyali ma’lumotlarni vizual tarzda yetkazishda grafik elementlar va tekstning vizual tashkiliy tuzilishi muhim kommunikativ rol o‘ynaydi. Peyorativ bahoning noverbal signalizatsiya bilan bog‘liqligi, ayniqsa, matnning grafik jihatlarining semantik va pragmatik jihatdan yanada chuqurroq ta’sir ko‘rsatishida namoyon bo‘ladi.: 1. Singrafemika harflar va boshqa grafik belgilarni shakl va joylashuv nuqtai nazaridan o‘rganadi. Peyorativ ma’noning kommunikatsiyada yetkazilishida singrafemik omillar, masalan, harflarning qalinligi, o‘lchami yoki uslubi orqali salbiy yoki istehzoli konnotatsiyani kuchaytirish mumkin. Xususan, peyorativ konnotatsiyaga ega so‘zlar katta harflar yoki qalin shrift bilan yozilganda, bu ularni yanada yaqqol va ekspressiv qiladi, muloqotdagi salbiy mazmunni kuchaytirib, qabul qiluvchiga ta’sirini oshiradi. 2. Supragrafemika peyorativ semantikaning intensivligini oshirishi yoki uni mitigatsiya qilishi mumkin. Masalan, punktuatsion markyorlar (masalan, nuqta, undov belgisi, vergul va boshqalar) diskursdagi perlokutiv effektni qoralashga yoki haqoratomuz pragmatik ma’noga yo‘naltirishda qo‘llaniladi. Masalan, undov belgisi diskursda nafrat, kuchli norozilik yoki kamsitishni signalizatsiya qilishi mumkin. Bir nechta tinish belgisining iteratsiyasi esa stigmatizatsion tonallikni kuchaytirib, peyorativ baholashni yanada ta’sirchan qiladi. 3. Topografemika matnning joylashuvi, harflarning o‘lchami, bo‘sh joylar va sahifa tuzilishi ham peyorativ ifoda yaratishda muhimdir. Masalan, sahifaning katta qismida kichik va siqib yozilgan matn o‘quvchiga jiddiy yoki salbiy ko‘rinishi mumkin, shuningdek, agressiv ko‘rinishi mumkin bo‘lgan shriftlar yoki o‘zgacha uslubdagi matnlar qoralovchi baho berishga zamin yaratadi. Shu orqali topografemik elementlar orqali matnning umumiy kayfiyati va ohangi peyorativ mazmun kasb etishi mumkin. Topografemika esa matnning fazoviy tuzilishi va vizual tashkiliy ko‘rinishi orqali peyorativ bahoni yanada mustahkamlaydi. Ushbu elementlarning barchasi birgalikda funksional integratsiya qilinib, peyorativ semantikani yaratishda samarali kommunikativ vosita bo‘lib xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. D. Kahneman - Thinking, Fast and Slow (2011); 2. Systemic Functional Linguistics - Springer Open(SpringerOpen), Introduction to Theoretical Linguistics by John Lyons(Cambridge University Press & Assessment 129 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference 3. Kato, S., Kato, Y., & Ozawa, Y. (2018). Perceived Usefulness of Emoticons, Emojis, and Stickers in Text Messaging. International Journal of Cyber Behavior, Psycholo

Доказательный фрагмент

«Peyorativ bahoning noverbal semiotik vositalar orqali global miqyosda tarqalishi, hozirgi davr axborotning yuqori tezlikda uzatilish jarayonlari bilan bevosita bog‘liqdir.»

Образец извлечения

Демо-превью

Peyorativ bahoning noverbal semiotik vositalar orqali global miqyosda tarqalishi, hozirgi davr axborotning yuqori tezlikda uzatilish jarayonlari bilan bevosita bog‘liqdir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
noverbal kodlar, dekodlash, Peyorativ baho, paragrafemika, ikonografik belgilar, piktogrammalar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники