Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
CHIQINDILARNING INSON SALOMATLIGIGA TA’SIRI
Masahripov Adamboy Atanazarovich · Qodirov Muzaffar Taxir o‘g‘li
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada chiqindilar muammosi, turi va ularning inson salomatligiga qanday ta’sir qilishi, ularning zararli ta’sirini kamaytirish chora-tadbirlar va chiqindilarni boshqarishning ahamiyati to’g’risida ma’lumotlar berilgan. Kalit so’zlar: chiqindi, chiqindi turlari, chiqindilarni boshqarish, salomatlik. Chiqindilar insoniyat uchun jiddiy ekologik muammo bo’lib, ular nafaqat atrof-muhitni ifloslantiradi, balki turli xil inson salomatligi bilan bog’liq muammolarga ham sabab bo’ladi. Har yili dunyo bo’ylab millionlab tonna chiqindilar ishlab chiqariladi va bu chiqindilarni boshqarish ekologiya va sog’liqni saqlash tizimlari uchun katta qiyinchiliklarga olib kelmoqda. Chiqindilarning barcha turlari o’ziga xos ta’sirlarni keltirib chiqaradi. Chiqindilarni turli toifalarga ajratish zarur, chunki ularning har biri inson salomatligiga turlicha ta’sir qiladi. Asosan, chiqindilar quyidagi toifalarga bo’linadi: Maishiy xo’jalik chiqindilari - bu chiqindilar nafaqat uy sharoitida, balki jamiyat miqyosida ham katta ekologik va salomatlik muammosini yaratadi. Har kuni yuzlab tonnalik chiqindilar yig’ilib, ularning ko’pchiligi organik bo’lmagan materiallardan iborat. Uy chiqindilarining asosiy qismini plastik, qog’oz, metall, shisha, oziq-ovqat qoldiqlari va boshqa turli materiallar tashkil etadi. Ushbu chiqindilarning aksariyati qayta ishlanmasdan chiqib ketadi va ularning ayrimlari, masalan, plastiklar, tabiatda yuzlab yillar davomida parchalanmaydi. Sanoat chiqindilari - bu chiqindilar ko’pincha juda zaharli va inson organizmiga xavf tug’diradigan kimyoviy moddalar, og’ir metallar va boshqa toksik birikmalardan iborat. Sanoat ishlab chiqarishida, ayniqsa, kimyo sanoatida ishlab chiqarilgan chiqindilar nafaqat atrof-muhitni ifloslantiradi, balki inson salomatligini xavf ostiga qo’yadi. Bunday chiqindilar havoda, suvda yoki tuproqda uzoq vaqt qolishi mumkin, bu esa nafaqat atrof-muhitga, balki inson organizmiga ham sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Kimyoviy moddalar orqali yuzaga keladigan kasalliklar, masalan, o’pka kasalliklari, nerv tizimi kasalliklari, qalqonsimon bez kasalliklari va saraton kasalligi kuzatilmoqda. 180 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Qishloq xo’jaligi chiqindilari – bu chiqindilarga pestitsidlar, mineral o’g’itlar va boshqa kimyoviy moddalar kirib, qishloq xo’jaligi sihlab chiqarishi jarayonida bu moddalar, tuproqqa va suvga kirib, atrof-muhitni ifloslantiradi. Kimyoviy moddalar, ayniqsa pestitsidlar, oziq-ovqat zanjiriga kirib, insonlar va hayvonlar uchun salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bu moddalar organizmga kirganida, buyraklar, jigar, asab tizimi va yurakka zararli ta’sir qiladi. Plastik chiqindilar - bu chiqindilar ekologik va inson salomatligi bilan bog’liq muammolarning eng katta sabablaridan biridir. Plastik materiallar juda uzoq vaqt davomida parchalanmaydi va tabiatda to’planadi. Ular tabiiy muhitni ifloslantiradi va hayvonlar uchun xavf tug’diradi, chunki ular plastik qoldiqlarini yutib qo’yishi mumkin. Bu, o’z navbatida, hayvonlar o’limiga olib keladi. Plastiklar mikroskopik darajada ajralib chiqishi mumkin, bu esa insonlar uchun ham xavfli. Mikroplastiklar oziq-ovqat zanjiriga kirib, odamlarning organizmiga kiradi va uzoq muddatda sog’liq bilan bog’liq muammolarini keltirib chiqarishi mumkin. Plastik chiqindilar ekologik muammo yaratish bilan birga, odamlar va hayvonlar uchun jiddiy tahdidga aylanmoqda. Plastik qoldiqlarining to’planishi bilan, ular ichki organik tizimlarga kirib, mutatsiyalar va gormonal buzilishlarni keltirib chiqaradi. Buning natijasida, ayniqsa, plastikdan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni iste’mol qilgan insonlar uchun saraton kasalliklari xavfi oshadi. Elektron chiqindilar – bu chiqindilar elektron qurilmalardan, masalan, mobil telefonlar, kompyuterlar, televizorlar va boshqa texnologik vositalardan iborat bo’lib, ko’plab zaharli moddalarga, shu jumladan qo’rg’oshin, simob, kadmiy va boshqa og’ir metallarni o’z ichiga oladi. Elektron chiqindilarni noto’g’ri utilizatsiya qilish atrof-muhitni ifloslantirib, insonlar uchun salbiy ta’sirlar yaratadi. Ushbu moddalar nafaqat atrof-muhitda, balki odamlar uchun ham jiddiy tahdidlarni keltirib chiqaradi, chunki ular tanaga kirib, jigar, buyrak va asab tizimi kasalliklariga olib kelishi mumkin. Xo’sh, bu chiqindilar inson salomatligiga qanday ta’sir qiladi? Chiqindilarning inson salomatligiga ta’siri turli xil mexanizmlar orqali amalga oshadi. Ular havo, suv va tuproqqa kirib, bir qancha salbiy ta’sirlarni keltirib chiqarishi mumkin. Quyida chiqindilarning inson salomatligiga qanday ta’sir ko’rsatishi haqida batafsil ma’lumot keltirilgan. Nafas olish tizimi orqali: plastik va boshqa kimyoviy moddalar yoqilganda yoki kutilmagan tarzda parchalanib ketganda, ular havoda zararli moddalar — karbon oksidi (CO), azot oksidi va boshqa ifloslantiruvchi gazlar hosil qiladi. Bu gazlar odamlar uchun juda zararli bo’lishi mumkin, chunki ular nafas olish 181 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENC
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada chiqindilar muammosi, turi va ularning inson salomatligiga qanday ta’sir qilishi, ularning zararli ta’sirini kamaytirish chora-tadbirlar va chiqindilarni boshqarishning ahamiyati to’g’risida ma’lumotlar…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada chiqindilar muammosi, turi va ularning inson salomatligiga qanday ta’sir qilishi, ularning zararli ta’sirini kamaytirish chora-tadbirlar va chiqindilarni boshqarishning ahamiyati to’g’risida ma’lumotlar… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- chiqindi, salomatlik., chiqindi turlari, chiqindilarni boshqarish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026