К содержанию
РецензированоUZ2026

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI KOGNITIV METAFORALAR VA MADANIY SEMANTIKA QIYOSIY TAHLILI

Elmirzayeva Maftuna Dusmurodovna · Baxtiyorova Barchinoy Otabek qizi (Teacher of Practical English department)

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Ushbu maqola kognitiv metafora nazariyasining (KMN) tilshunoslikdagi ahamiyatini o‘rganadi va uning ingliz va o‘zbek tillaridagi madaniy semantikaga qanday ta’sir ko‘rsatishini tahlil qiladi. Lakoff va Jonsonning KMNga oid qarashlariga ko‘ra, metaforalar faqat til vositasi emas, balki inson tafakkuri va idrokini shakllantiruvchi asosiy elementdir. Ushbu tadqiqotda ingliz va o‘zbek tillaridagi metaforik ifodalar qiyosiy jihatdan ko‘rib chiqiladi, ularning umumiy va madaniy jihatdan o‘ziga xos tomonlari yoritiladi. Ka’lit so’zlar: kognitiv lingvistika, Metaforik tahlil, Semantik struktura, Madaniy tafovutlar, Metaforalar qiyosi, Madaniyat va tilshunoslik, Metafora nazariyasi, Kognitiv jarayonlar, O‘zaro madaniy ta’sir, Til va semantik o‘xshashliklar Metaforalar inson tafakkuri va tili o‘rtasidagi murakkab aloqani ochib beruvchi muhim lingvistik vositalardan biri hisoblanadi. Metaforalar nafaqat tildagi ifoda vositasi, balki inson tafakkuri va dunyoqarashini aks ettiruvchi kognitiv vosita sifatida ham ahamiyatga ega. Kognitiv Metafora Nazariyasi (Cognitive Metaphor Theory, CMT) Jorj Lakoff va Mark Jonson tomonidan ilgari surilgan va bu nazariya metaforalarning faqat lingvistik birlik emasligini, balki insonning murakkab kognitiv jarayonlariga asoslanganligini ta’kidlaydi. Bu nazariya insonning abstrakt va murakkab tushunchalarni tushunishda, ularni konkret va tanish tajribalar orqali izohlashga yordam berishini ko‘rsatadi. Ingliz va o‘zbek tillari o‘ziga xos madaniy va lingvistik xususiyatlarga ega bo‘lib, bu tillardagi metaforalarning shakllanishi va qo‘llanishida o‘ziga xos madaniy qadriyatlar va urf-odatlar muhim rol o‘ynaydi. Ingliz tilida metaforalar ko‘pincha individualizm va maqsadga erishish kabi qadriyatlarni aks ettirsa, o‘zbek tilidagi metaforalar jamoaviylik va ijtimoiy qadriyatlarni ko‘proq ta’kidlaydi. Masalan, ingliz tilidagi "Time is money" (Vaqt bu pul) metaforasi vaqtni iqtisodiy resurs sifatida talqin qilsa, o‘zbek tilidagi "Oltin odam" (oltin kishi) metaforasi insonning ma’naviy va ijtimoiy qadriyatlarini yuksak baholaydi. "The essence of 50 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference metaphor is understanding and experiencing one kind of thing in terms of another . Metaforalarning ilmiy tahlili. Jorj Lakoff va Mark Jonson o‘zlarining mashhur "Metaphors We Live By" asarida metaforalar faqat adabiy vosita emasligini, balki inson tafakkurining fundamental qismi ekanligini ko‘rsatadilar. Ularning fikricha, "hayot bu sayohat" kabi universal metaforalar ko‘plab tillar va madaniyatlarda uchraydi, lekin har bir madaniyat o‘ziga xos ko‘rinishda uni o‘zlashtiradi. Masalan, ingliz tilida "moving forward" (oldinga harakat qilish) kabi ifodalar individual taraqqiyot va maqsadga yo‘naltirilganlikni ta’kidlasa, o‘zbek tilida "hayot karvon kabi" (hayot karvoni) kabi metaforalar ijtimoiy hamkorlik va hayotning oqimiga bo‘ysunish fikrini aks ettiradi. "Metaphors are based on our bodily experiences and are shaped by our cultural contexts." Ferdinand de Sossyur til va madaniyat o‘rtasidagi aloqani tushunishda tilni belgilarning tizimi sifatida talqin qilgan. U metaforalarning tilda aks etishini ijtimoiy va madaniy semantika orqali tahlil qilish mumkinligini ta’kidlaydi. Metaforalar madaniyatni tilda ifoda etuvchi belgilar tizimining bir qismi sifatida til va tafakkur orasidagi uyg‘unlikni ta’minlaydi. Tadqiqotda quyidagi usullar qo‘llanildi: Leksik-semantik tahlil bu ingliz va o‘zbek tillaridagi metaforik iboralar tahlil qilinib, ularning semantik strukturalari o‘rganildi.Bu usul yordamida ingliz va o‘zbek tillaridagi metaforik iboralar tahlil qilinadi. Leksik-semantik tahlil so‘zlarning ma’no tuzilishini o‘rganish orqali ularning asosiy va ko‘chma (metaforik) ma’nolarini aniqlaydi. Tadqiqot jarayonida: Metaforik iboralar tanlab olinadi va ularning semantik strukturalari (ya’ni, qaysi kontekstda qanday ma’no anglatishi) tekshiriladi. Metaforalarning asosiy ma’nosi va ko‘chma ma’nosi ajratib ko‘rsatiladi. Masalan: “Heart of stone” (to‘nka yurak) metaforasi ingliz tilida sovuq, befarq insonni tasvirlasa, uning o‘zbek tilidagi mos tushunchasi ham shunga o‘xshash tuzilishga ega. Qiyosiy tahlil: Har ikki tildagi metaforalar qiyoslanib, ularning madaniy kontekstdagi farqlari va umumiyliklari aniqlangan.Bu usul yordamida ingliz va o‘zbek tillaridagi metaforalar qiyoslanib, ularning. Umumiyliklari: Har ikki tilda ham o‘xshash metaforik tasvirlar mavjud bo‘lsa (masalan, “ko‘z yoshi daryo bo‘ldi” – “cry a river”), bu madaniy va universal tushunchalarni ko‘rsatadi. Farqlari: Ba’zi metaforalar faqat bir tilda yoki madaniyatda uchrashi mumkin, chunki ular madaniy va tarixiy qadriyatlarga asoslangan bo‘ladi. 51 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Masalan: O‘zbek tilidagi “Oltin qo‘l” iborasi ishbilarmon, mohir odamni anglatadi, ingliz tilida esa “Golden hands” iborasi ko‘proq “mahoratli qo‘l mehnati” uchun ishlatiladi. Matnli korpus tahlili: Ingl

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola kognitiv metafora nazariyasining (KMN) tilshunoslikdagi ahamiyatini o‘rganadi va uning ingliz va o‘zbek tillaridagi madaniy semantikaga qanday ta’sir ko‘rsatishini tahlil qiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola kognitiv metafora nazariyasining (KMN) tilshunoslikdagi ahamiyatini o‘rganadi va uning ingliz va o‘zbek tillaridagi madaniy semantikaga qanday ta’sir ko‘rsatishini tahlil qiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Til va semantik o‘xshashliklar, Metaforik tahlil, Madaniy tafovutlar, Metaforalar qiyosi, O‘zaro madaniy ta’sir, Madaniyat va tilshunoslik, Semantik struktura, kognitiv lingvistika, Metafora nazariyasi, Kognitiv jarayonlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники