Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
LIMON MEVALARINI SOVUTKICHLI OMBORLARDA SAQLAGANDA MEVALAR KIMYOVIY O‘ZGARISHI
MEVALAR KIMYOVIY O‘ZGARISHI · Daniyarov Oblanazar Abdunazarovich · Safarov Asqarbek Asadullayevich
Академические исследования в современной науке · 49-66 · 2026
Аннотация
Maqolada limon navlari mevalarini sovutkichli omborlarda saqlanganda, mevalar tarkibidagi kislota va o‘zgarishi o‘rganilgan. Kalit so‘zlar: Meva, qand, kislota, kimyoviy tarkib, limon. Аннотфця: В статье рассмотрены кислотность и изменение содержания плодов лимона при их хранении в холодильных складах. Ключевые слова: Фрукты, сахар, кислота, химический состав, лимон. Annotation: The article examines the acidity and changes in the content of lemon fruits during their storage in cold storage facilities. Key words: Fruits, sugar, acid, chemical composition, lemon. Limon (Citrus limon) — rutadoshlar (sitruslar turkumi)ga kiradigan doim yashil koʻp yillik daraxtlar turi, mevali ekin. Vatani — Janubiy va Jan.-Sharqiy Osiyo. Yovvoyi holda oʻsishi aniqlanmagan. Oʻrta Dengiz, AQSH, Meksika, Argentina va boshqa mamlakatlar subtropiklarida, Kavkazning Qora dengiz boʻylarida, Oʻrta Osiyoda (transheyalarda) ekiladi. Shuningdek, uy sharoitlarida oʻstiriladi. Daraxti balandligi 3–7 m, shoxshabbasi yoyiq. Novdalari tikanli, baʼzilari tikansiz. Bargi qalin, och yashil, choʻziq-tuxumsimon. Gullari ikki jinsli, oq, xushboʻy. Mevasi tuxumsimon, baʼzan dumaloq. oʻrtacha ogʻirligi 120—400 g ga boradi. Poʻsti sariq, silliq yoki gʻadir-budur, taxir. Eti 8—12 pallali, och sariq, sersuv, nordon. Sharbati tarkibida 3,5—8,1% kislota (asosan, limon kislota), 1,9—3,0% kand, vitamin S (100 g ida 45–140 mg), RR va V hamda pektin moddalar, temir, fosfor, kaliy, kalsiy, magniy tuzlari bor [1, 2]. Sitrus mevali ekinlarining dunyo bo‘yicha qariyb 30 dan ortiq turlari bo‘lishiga qaramay, ular orasida taxminan 10 ga yaqini sanoat ahamiyatiga ega. Shular orasida O‘zbekiston Respublikasi davlat reestriga kiritilgan Meyer, Tashkentskiy, Yubileyniy, O‘zbekiston to‘ng‘ichi navlari kritilgan [6]. Sovitkichli omborlarda uzoq muddat davomida mahsulot saqlashni tashkil etishda foydalaniladigan MAP qadoqlash vositasining tarkibiy qismini hosil qilishda ishtirok etgan xom-ashyolarni turli xildagi afzalliklari mavjud bo‘lishi bilan bir qatorda, ayrim kamchiliklari ham mavjud. Shu sababli ularni tanlashda ishlab chiqaruvchilar turli mexanik, fizik va kimyoviy tas’sirlarga bardoshliligi, 67 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference oziq-ovqat mahsulotlarga nisbatan toksik xususiyatlarining mavjud emasligi, namlik va turli gazlar aralashmasini tanlab o‘tkazish qobiliyatiga egaligi kabi bir qator xususiyatlarini hisobga olishadi [3, 4, 5]. Tadqiqot uslublari. Tadqiqotlarda limon mevalari tarkibining kislotaligi HI84532 FRUIT JUICE TITRATABLE ACIDITY laboratoriya uskunasi yordamida, qand miqdori Refraktometr yordamida aniqlangan. Tadqiqot natijalari. Limonning “Meyer” va “O‘zbekiston to‘ng‘ichi” navlarining mevalari texnik pishib еtilgan davrida terib olinib saqlash uchun joylashtirildi. Limon mevalarining kimyoviy tarkibini aniqlash ishlari dastlabki o‘lchovlar saqlashdan avval amalga oshirildi. Unga ko‘ra limoning “Meyer” navi mevalari tarkibidagi qand miqdori 7,8 %, kislotaligi 1,20 % ni qayd etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich “O‘zbekiston to‘ng‘ichi” navi mevalarida qand miqdori 7,6 %, kislotaligi 1,25% ni tashkil etdi. Dastlabki o‘lchov natijalariga ko‘ra “O‘zbekiston to‘ng‘ichi” navida “Meyer” naviga nisbatan mevalar tarkibidagi qand miqdoni 0,2 % kam, kislotalik 0,5 % ko‘p bo‘ldi. 1-rasm. Limon mevalari tarkibidagi qand miqdorini aniqlash Limon mevalarining kimyoviy tarkibi ikkinchi bor mevalar saqlashga qo‘yilgandan so‘ng 15 kun o‘tib amalga oshirildi. Limon mevalari tarkibidagi qand miqdori “Meyer” navida 8,0 % bo‘lib saqlashdan avvalgi ko‘rsatkichga nisbatan 0,2 % ga ortgan bo‘lsa, “O‘zbekiston to‘ng‘ichi” navida 7,9 % ni qayd etib, mevalar tarkibidagi qand miqdori 0,3 % ga ortganligini ko‘rish mumkin. Mevalar tarkibidagi kislotalik “Meyer” navida 1,18 % ni qayd etib, 0,2 % ga kamaygan, “O‘zbekiston to‘ng‘ichi” navida 1,22 % bo‘lib, 0,3 % ga kamayganligi kuzatildi. Keyingi o‘lchovlar limon mevalari saqlashga qo‘yilgandan 30 kun o‘tib amalga oshirildi. Unga ko‘ra mevalar tarkibidagi qand miqdori “Meyer” navida 8,2 % bo‘lib saqlashdan avvalgi ko‘rsatkichga nisbatan 0,4 % ga ortgan bo‘lsa, “O‘zbekiston to‘ng‘ichi” navida 8, % ni qayd etib, qand miqdori 0,5 % ga ortdi. Kislotalik “Meyer” navida 1,15 % ni qayd etib, 0,5 % ga kamaygan, “O‘zbekiston to‘ng‘ichi” navida 1,17 % bo‘lib, 0,8 % ga kamayganligi kuzatildi (1-jadval). 68 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference 1-jadval Limon mevalarini sovutkichli omborlarda saqlaganda kimyoviy tarkibining o‘zgarishi (2023 y.) Saqlash vaqtida Saqlas 15 30 № Navlar nomi hdan oldin kundan kundan keyin keyin Qandligi, % 1 Meyer 7,8 8,0 8,2 2 O‘zbekiston to‘ng‘ichi 7,6 7,9 8,1 Kislotalik, % 1 Meyer 1,20 1,18 1,15 2 O‘zbekiston to‘ng‘ichi 1,25 1,22 1,17 Xulosalar. Limon mevalari saqlashga qo‘yilgandan 30 kun o‘tib tarkibidagi qand miqdori “Meyer” navida 8,2 %, kislotalik 1,15 % ni, “O‘zbekiston to‘ng‘ichi” navida qandligi 8,1 % ni, kislotalik 1,17 % ni
Доказательный фрагмент
«Maqolada limon navlari mevalarini sovutkichli omborlarda saqlanganda, mevalar tarkibidagi kislota va o‘zgarishi o‘rganilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada limon navlari mevalarini sovutkichli omborlarda saqlanganda, mevalar tarkibidagi kislota va o‘zgarishi o‘rganilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Fruits, sugar, acid, chemical composition, lemon, Meva, kislota, kimyoviy tarkib, limon., qand
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025