К содержанию
РецензированоUZ2026

ARAB TILIDA SO‘Z YASALISHI VA UNING MORFOLOGIK XUSUSIYATLARI

Ermatova Nafisa

Академические исследования в современной науке · 3 · 5-8 · 2026

Аннотация

This article examines the process of word formation and the morphological features of the Arabic language. The research focuses on the root- and-pattern system of Arabic and its role in word construction. Arabic, as a language with a fusional morphology, generates new grammatical and lexical forms based on triliteral roots and various templates (patterns). The study also provides a comparative analysis of Arabic word formation with that of the English language. Keywords: Morphology, word formation, root-and-pattern system, Arabic language, fusional language, templates, grammatical categories. Arab tili xom-som tillar oilasining somiy guruhiga mansub bo‘lib, uning o‘ziga xos morfologik tizimi boshqa tillar bilan solishtirganda murakkab va 70 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference noyobdir. Arab tilida so‘z yasalishi uch harfli o‘zak va qolip (vazn) tizimiga asoslanadi. Ushbu tizim so‘zning semantik va grammatik ma’nosini aniqlashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi (Ryding, 2005; Ҳайдаров, 2011). Arab tilining morfologik tizimi flektiv (tuslovchi) xususiyatga ega bo‘lib, so‘zlar grammatik vazifalarga qarab o‘zgaradi. Ushbu maqolada arab tilidagi so‘z yasalishi jarayoni, uning morfologik xususiyatlari hamda qoliplar tizimining ahamiyati o‘rganiladi. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR Tadqiqotda arab tiliga oid klassik va zamonaviy adabiyotlar, arab grammatikasiga oid ilmiy manbalar hamda o‘zbek va rus tilidagi lingvistik tadqiqotlar asos sifatida olindi: Qur’oni Karim va klassik adabiyotlar namunalaridan misollar. Ryding (2005), Versteegh (1997), Ҳайдаров (2011) kabi manbalar. Tadqiqot usullari: Strukturaviy tahlil: So‘z yasalish jarayonidagi ildiz va qoliplarning tahlili. Qiyosiy usul: Arab tilining morfologik tizimi boshqa tillar, ayniqsa ingliz tili bilan qiyoslandi. Nazariy tahlil: Arab tili grammatikasiga oid ilmiy asarlarni tadqiq qilish. MUHOKAMA VA NATIJALAR Arab tilida so‘z yasalishining asosiy tamoyillari. Arab tilidagi so‘zlar uch yoki to‘rt harfli ildizlardan hosil qilinadi. Ushbu ildizlar semantik asos hisoblanadi. So‘zning grammatik shakllari va yangi ma’nolari qolip (vazn) orqali yaratiladi. 1. Uch harfli o‘zak tizimi. Arab tilida so‘zlarning asosiy qismi uch undoshdan iborat ildiz orqali hosil bo‘ladi. َبَ َتكَ (kataba): "yozdi" – ildiz: k-t-b. َسَ رَ َد (darasa): "o‘qidi" – ildiz: d-r-s. 2. Vaznlarning roli. Qolip (vazn) tizimi arab tilidagi so‘z yasalishini ta’minlaydi. Har bir qolip ma’lum bir grammatik yoki semantik ma’noni beradi. Misollar: َلَ َعَف (fa‘ala): sodda fe’l: َبَ َتكَ (kataba): "u yozdi". َل عِ اَف (fā‘ilun): fe’l bajaruvchisi: َب ِتاكَ (kātibun): "yozuvchi". َل وُعفْ مَ (maf‘ūlun): majhul shakl: َب وُتكْ مَ (maktūbun): "yozilgan narsa". So‘z yasalishining asosiy morfologik xususiyatlari. Arab tilida so‘zlar quyidagi morfologik xususiyatlarga ega: 1. Flektivlik (tuslanish). Arab tilidagi so‘zlar jins, son va zamonga qarab tuslanadi. Jins: َب ِتاكَ (kātibun): yozuvchi (erkak). َةَبِتاكَ (kātibatun): yozuvchi (ayol). Son: Birlik: َب اَتكِ (kitābun): "kitob". Ikkilik: َنِ اَباَتكِ (kitābāni): "ikki kitob". 71 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Ko‘plik: َب ُتكُ (kutubun): "kitoblar". 2. Morfologik o‘zgarishlar va fleksiyalar. Arab tilida fe’llar uchta asosiy zamonda tuslanadi: O‘tgan zamon (يضاملا): َبَ َتكَ (kataba): "u yozdi". Hozirgi zamon (عراضملا): َبُ ُتكْ َي (yaktubu): "u yozmoqda". Buyruq shakli (رملأا): َبْ ُتكْ ُا (uktub): "yoz!" 3. Qiyosiy tahlil: Arab va ingliz tillari so‘z yasalishi. Arab va ingliz tillarining morfologik tizimlari bir-biridan farq qiladi: Xususiyat Arab tili Ingliz tili Flektiv, ildiz-qolip Analitik, prefiks-suffiks Morfologik tizim asosida asosida Prefiks va suffikslar So‘z yasalishi O‘zak va vazn orqali yordamida write → writer → َب وُتكْ مَ َ→َب ِتاكَ َ→َبَ َتكَ MUHOKAMA Arab tilidagi so‘z yasalishi tizimi noyob bo‘lib, bu tilning semantik boyligini ta’minlaydi. Ildiz-qolip tizimi orqali bir ildizdan minglab yangi so‘zlar hosil qilish mumkin. Misol uchun, "k-t-b" ildizi asosida َبَ َتكَ (kataba): yozdi, َب اَتكِ (kitābun): kitob, َب َتكْ مَ (maktabun): maktab kabi so‘zlar hosil qilinadi. Bu tizimni ingliz tili bilan solishtirganda, arab tili grammatik jihatdan murakkab, ingliz tili esa analitik tizim tufayli soddaroq hisoblanadi. O‘zbek tilida arabcha so‘zlarning kirib kelishi ham bu tizimning madaniy va lingvistik ta’sirini ko‘rsatadi. XULOSA Arab tilida so‘z yasalishi ildiz-qolip tizimi orqali amalga oshiriladi va bu morfologik xususiyat tilning boyligini oshiradi. Morfologik o‘zgarishlar (jins, son, zamon) tilning fleksiv xarakterini ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari arab tilini o‘rgatish va qiyosiy tilshunoslik tadqiqotlari uchun katta amaliy ahamiyatga ega.

Доказательный фрагмент

«This article examines the process of word formation and the morphological features of the Arabic language.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article examines the process of word formation and the morphological features of the Arabic language. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Morphology, word formation, root-and-pattern system, Arabic, ildiz-qolip tizimi, arab tili, flektiv til, Morfologiya, grammatik kategoriyalar., so‘z yasalishi, qoliplar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти