Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
GURUCH SARALASH QURILMASI
GURUCH SARALASH QURILMASI · Umarov Sirojiddinxo‘ja Saidrahimxo‘ja o‘g‘li
Академические исследования в современной науке · 2020
Аннотация
В данной статье представлены требования и методы сортировки риса, а также информация об устройстве и технологическом процессе работы рисосортировочного устройства. Ключевые слова: устройство для сортировки риса, качество сортировки риса, сито, геометрические размеры сита и режим работы. Annotation: This article presents the requirements and methods of rice sorting, as well as information on the structure and technological work process of a rice sorting device. Key words: rice sorting device, rice sorting quality, sieve, sieve geometric dimensions and mode of operation. Insoniyatning asosiy oziq-ovqatlari hisoblangan non va guruch mahsulotlari barchasi asosan donli ekinlardan tayyorlanadi. Shuning uchun qayta ishlash tarmoqlarining asosiy xom-ashyosi dondan iborat. Shu sababli aholining guruch mahsulotiga bo‘lgan extiyojini qondirish uchun don etishtirishni muttasil ko‘paytirish davr talabidir. Jahon bozorida guruch eng talabgir mahsulotlardan biri va unga ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Dunyo aholisining uchdan bir qismi uchun guruch asosiy oziqa manbai sanaladi. BMT Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) maʼlumotlariga koʻra, 2020-yilda sayyoramizda 158,8 million gektarga sholi ekilib, 742,5 million tonna guruch yetishtirilgani koʻlamni aniqroq tasvirlaydi. Bu borada Xitoy, Hindiston, Indoneziya yetakchilik qilmoqda[1,2]. Jahonda oziq-ovqat xavfsizligi va suv tanqisligi oshib borayotgan sharoitda sholichilikda nafaqat hosildorlik, balki resurstejamkor, qurgʻoqchilikka chidamli, sifatli yangi navlarni yaratish zarurati yuqori. Bu faqat aholi isteʼmoli uchun xilma-xil guruch navlarini taklif etishnigina nazarda tutmaydi. Asosiy maqsad yangi navlar asosida sholichilik tarmogʻini rivojlantirish, iqtisodiy samaradorlikni oshirib, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashdan iborat[3]. 148 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Umumiy holatda guruch aralashma tarkibidagi yirik, mayda, engil va mineral (kesak, tosh va boshqa) qo‘shilmalarni muayyan fizik-mexanik xossalari (o‘lchami, zichligi, shakli va boshqa) farqiga asosan, ajratib olish jarayonidir.Guruch tozalash mashinasi qurilmalari yordamida sarlab olingan barcha guruch tozalanadi. O‘z navbatida guruch aralashmaning holatiga qarab guruch tozalash dastlabki, birlamchi va ikkilamchi bosqichlariga bo‘linadi. Dastlabki tozalash. Yangi yanchib olingan va namligi 35 % gacha bo‘lgan guruch aralashmani tozalash jarayoni. Bu bosqichda guruch aralashma tarkibidagi yirik va mayda qo‘shilmalar 15-20 % dan 3 % gacha kamaytiriladi. guruch namligi 18 % dan pasayib, sochiluvchanligi ortadi va navbatdagi ishlov berish jarayonlari osonlashadi. Shu bilan birga guruchni omborlarda saqlash davrida o‘z-o‘zidan qizishining oldi olinadi. Birlamchi tozalash. Yangi yanchib olingan namligi 22 % gacha bo‘lgan yoki dastlabki tozalash bosqichidan o‘tgan namligi 18 % gacha bo‘lgan guruch aralashmani tozalash uchun bajariladi. Bunda guruch tarkibidan yirik, yengil va mayda qo‘shilmalar, puch va shikastlangan guruchlar ajratib olinib, guruch tarkibidagi aralashmalar miqdori 8-10 % dan 1-3 % gacha kamayadi. Natijada, dastlabki guruch aralashma uchta fraksiyaga ajratiladi: toza guruch, omuxta yem uchun guruch va begona qo‘shilmalar. Ikkilamchi tozalash. O‘lchami guruch o‘lchamiga yaqin, ajralishi qiyin bo‘lgan begona o‘t urug‘larini ajratish uchun bajariladi. Natijada, guruch aralashma urug‘lik don, ikkinchi navli don, yengil, mayda va yirik fraksiyalarga-ajratiladi. Guruch tozalashning dastlabki va birlamchi bosqichlari iste’mol va omuxta yem uchun don tayyorlashda o‘tkazilsa, ikkilamchi tozalash bosqichi sifatli urug‘lik donlarni tayyorlash uchun amalga oshiriladi. Saralash. Yuqori sifatli iste’mol va urug‘lik don tayyorlash maqsadida tozalangan guruchni – iste’mol va ekish uchun urug‘likbop sifatlariga ko‘ra fraksiyalarga ajratishdir. Guruch o‘lchami (uzunligi, eni va qalinligi), og‘irligi, zichligi va aerodinamik xossalari bo‘yicha saralanadi. Kalibrovkalash. Biror bir texnologik jarayonda aniq bir o‘lchamdagi donlar talab etilganda bir xil o‘lchamlilarini ajratish uchun guruchlarni kalibrovkalanadi. Kalibrovkalangan urug‘larning qator va uyalab ekishda aniqligi yuqori bo‘lgani bois, urug‘ va mehnat sarfini kamaytiradi, urug‘lik tejalib, hosildorlik ortadi. Guruchni tozalashga qo‘yiladigan talablar. Dastlabki tozalash bosqichida donlarning chiqitga chiqishi 0,05 % dan, shikastlanishi 0,1 % dan oshmasligi, begona qo‘shilmalarning ajralish to‘liqligi esa 50 % dan kam bo‘lmasligi lozim. Birlamchi tozalash bosqichida to‘laqonli guruchlarning omuxta yemdonlariga qo‘shilib chiqitga chiqishi 1,5 % dan, begona qo‘shilmalarga qo‘shilib chiqitga chiqishi 0,05 % dan, guruch shikastlanishi 0,8 % dan oshmasligi, begona 149 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference qo‘shilmalarning ajralish to‘liqligi esa 60 % dan kam bo‘lmasligi lozim. Ikkilamchi tozalash bosqichida to‘laqonli guruchlarning chiqitga chiqishi 7 % dan, gur
Доказательный фрагмент
«В данной статье представлены требования и методы сортировки риса, а также информация об устройстве и технологическом процессе работы рисосортировочного устройства.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье представлены требования и методы сортировки риса, а также информация об устройстве и технологическом процессе работы рисосортировочного устройства. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- rice sorting device, rice sorting quality, sieve, sieve geometric, elagich, guruch saralash sifati, elagich geometrik o‘lchamlari va ish rejimi., guruch saralash qurilmasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026