К содержанию
РецензированоUZ2026

OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA “PARLAMENT HUQUQI” FANINING O‘QITISH MUAMMOLARI

FANINING O‘QITISH MUAMMOLARI · Ergashev Shohrux Kamoliddin o‘g‘li

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida Parlament huquqi fanining o‘qitilishi jarayonida yuzaga keladigan muammolar va ularni hal qilish yo‘llari tahlil qilinadi. Maqolada o‘quv dasturlarini dolzarb holga keltirish, zamonaviy texnologiyalar va xalqaro tajribani o‘qitishga jalb qilish, ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish orqali fan o‘qitilishini takomillashtirish yo‘llari muhokama qilinadi. Parlament huquqi fanini samarali o‘qitish orqali talabalar nafaqat nazariy bilimlarni, balki amaliy ko‘nikmalarni ham egallashlari mumkinligi qayd etiladi. Kalit so‘zlar: Parlament, metodlar , normativ hujjatlar, oliy ta’lim, qonun, axborot resurslari, huquqiy aktlar. Parlament huquqi — davlat boshqaruvidagi asosiy huquqiy tartiblarni, qonun chiqarish jarayonini, va fuqarolarni davlatning qonunlariga nisbatan huquqlarini tartibga soluvchi muhim fan hisoblanadi. Parlament huquqi har qanday davlatning demokratik boshqaruv tizimining asosi bo‘lib, davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatlarini tartibga soluvchi muhim omil hisoblanadi. Bu fan oliy ta'lim muassasalarida nafaqat huquqshunoslar balki siyosatshunoslar, davlat boshqaruvi mutaxassislari hamda boshqa sohalar uchun ham muhimdir. Oliy ta'lim tizimida Parlament huquqi fanini to‘laqonli va samarali o‘qitish orqali yosh mutaxasislarning davlat boshqaruvi va qonun chiqarish tizimlari haqida chuqur tushunchaga ega bo‘lishlariga erishish mumkin. Ushbu fan orqali talabalar davlat boshqaruvi tizimi, qonunchilik jarayoni, deputatlarning huquq va majburiyatlari hamda parlamentning davlat hokimiyati tizimidagi o‘rni haqida batafsil ma'lumot oladilar. Parlament huquqidagi mavzularni o‘rganishda talabalar parlament huquqi tushunchasi haqida parlament o‘zi turli davlatlarning va ayniqsa bizning davlatimiz qonunchilik organlarining tarixi va huquqiy holati asosiy vazifalarini amalga oshirishi bu oliy vakillik organining shakllanishi prinsiplari , uning senator va deputatlarning maqomi haqida ma’lum bilimlariga ega bo‘lish imkonini beradi, oxiri oqibatida olingan bilimlar qonunchilik hokimiyatining davlat hokimiyatining boshqa tarmoqlari orasida va 95 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference umuman jamiyatdagi o‘rni va rolini anglashdagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladi. Parlament huquqi tushunchasi yuridik adabiyotlarda yaqinda paydo bo‘ldi.Uni parlament faoliyati va tashkil etilishini ba’zi bir mamlakatlarda barqaror ba’zilarida endi shakllaniyotgan huquqiy aktlar va me’yorlar majmuini olimlar tomonidan asoslangan intilish deb tushunish mumkin.Bunda bir qator tadqiqotchilar tarmoq haqida emas , balki konstitusion huquq tarmog‘i doirasida parlament huquqi instituti haqida so‘z yuritmoq lozim deb hisoblaydilar.Ko‘zga ko‘ringan Rossiyalik yurist akademik B.M.Tomorning fikricha parlament huquqi shakllari ko‘rinib qolgan konstitutsion huquqning shakllaniyotgan tarmog‘idir.[1] Shu bilan birga mamlakatimizda parlamentarizm masalalarining taniqli tadqiqotchisi y.f.d E.H.Xalilov konstitutsion huquqi tarkibidan o‘ziga xos predmetiga ega bo‘lgan mustaqil yuridik fan- O‘zbekiston Respublikasi parlament huquqini ajratib ko‘rsatilishini taklif etmoqda.[2] Parlament davlat boshqaruvidagi qonun chiqaruvchi hokimiyat sifatida, quyidagi vazifalarga ega: Parlament fuqarolarni davlat boshqaruviga faol jalb qilish orqali demokratik prinsiplarni qo‘llab-quvvatlaydi. Parlamentning asosiy vazifalaridan biri qonunlarni ishlab chiqish va ularning amaldagi qonunlar bilan uyg‘unligini ta'minlashdir. Bu jarayon qonunlarning sifatini oshirishga xizmat qiladi. Parlament, davlat siyosatini belgilovchi hujjatlarni (masalan, byudjet, qonunlar) qabul qilish orqali davlatning rivojlanish yo‘nalishini belgilaydi. Parlament qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish jarayonini tartibga soladi. Bu jarayon qonun loyihalarining tayyorlanishi, muhokama qilinishi va qabul qilinishini o‘z ichiga oladi. Parlament, hukumat va davlat organlarining faoliyatini baholaydi. Bu esa hokimiyat organlarining fuqarolar oldida hisobdor ekanligini ta’minlashga yordam beradi. Parlament, tashqi siyosat va xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish orqali, mamlakatning xalqaro munosabatlarini tartibga solishda ishtirok etadi. Parlamentarizm taraqqiyotining bosh tendensiyasi shundan iboratki, parlamentlar ijtimoiy turmushda markaziy o‘rin tutadi.[3] Parlament huquqi fanini o‘qitishda talabalarning qiziqishini oshirish uchun bir qator metod va usullarni qo‘llash mumkin. Interaktiv o‘qitish usullari: Seminarlar va munozaralar: Talabalarni darsga jalb qilish va ularning fikrlarini ifodalashga imkon berish uchun munozaralar va seminarlar o‘tkazish. Bu, talabalar orasida faol muhokamalarni rag‘batlantiradi. 96 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Guruhlarga bo‘linish va jamoaviy ishlash: Talabalarni guruhlarga bo‘lish va ularni jamoaviy loyihalar ustida ishlashga undash. Bu usul, talabalar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantiradi va ularning fikr almashishlariga yordam bera

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida Parlament huquqi fanining o‘qitilishi jarayonida yuzaga keladigan muammolar va ularni hal qilish yo‘llari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida Parlament huquqi fanining o‘qitilishi jarayonida yuzaga keladigan muammolar va ularni hal qilish yo‘llari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
huquqiy aktlar., normativ hujjatlar, Parlament, qonun, oliy ta’lim, axborot resurslari, metodlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники