К содержанию
РецензированоUZ2026

BIOLOGIYA O’QITISH JARAYONIDA O’QUVCHILARNING TADQIQOTCHILIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH

TADQIQOTCHILIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH · Toshboyev Ermat Ergashevich

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Ushbu tezisda biologiya o’qitishning hozirgi davrdagi samaradorligini oshirish, didaktikasi, vazifalari, uzviyligi, ilmiy-tadqiqot metodlari haqida fikr va mulohazalar yuritilgan. Kalit so’zlar: biologiya, didaktika, uzviylik, zoologiya, biokimyo, embrologiya Ta’lim mazmuni fan, texnika, ishlab chiqarish va madaniyatning taraqqiyoti bilan uzviy bog’liq tarzda modernizatsiyalashtiriladi. Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida uning globallashuv jarayoni kechmoqda. Bu esa, ta’lim mazmuni fan va ishlab chiqarish talablariga mos kelishi zarurligini taqozo qiladi. Ta’lim mazmunining fan va ishlab chiqarish talablariga mos kelishi mehnat bozori va jamiyat madaniy hayotining barqarorlashuvini ta’minlaydi, uning sara kadrlarga bo’lgan ehtiyojini qondiradi. Bularning barchasi pirovard natijada jamiyatning asosiy muammolarini yechishga ko’maklashadi. Fan va ishlab chiqarish sohalarining samarali faoliyat ko’rsatishga imkoniyat beradi. Biologiya o’qitishning hozirgi davrda samarali bo’lishi o’quvchilarning o’quv, mehnat va jamoat faoliyatlarida qatnashish uchun zarur bo’lgan biologik bilimlar, ko’nikmalar, malakalarni egallaganliklari bilan belgilanadi. Ular esa o’z navbatida o’quvchilarning tarbiyalanganlik natijasida , dunyoqarashi, e’tiqodi, tabiat, jamiyat va shaxsga bo’lgan munosabatida namoyon bo’ladi. O’quvchilarning rivojlanish darajasi, qobiliyati, jismoniy va amaliy jihatidan takomillashtirishga bo’lgan ehtiyoji bilan ifodalanadi. Biologiyani o’qitish quyidagi vazifalardan iborat: - O’quvchilarning o’qitish va tarbiyalash, kamolga yetkazishda o’quv fanining o’rnini aniqlash; - Maktab o’quv dasturlari va darsliklarini takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish va uni maktab amaliyotiga tatbiq etish; - O’quvchilarning yoshida mos ravishda o’quv fanlarining mazmuni, undagi mavzularning o’rganish izchilligini belgilash; - Biologik o’quv fanlarining o’ziga xos tomonlarini e’tiborga olgan holda, o’qitish usullarini, tashkiliy shakllarini ishlab chiqish; 156 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference - O’qitish jarayonida qo’llash uchun zarur jihozlarni aniqlash. Biologiya o’qitish metodikasi pedagogikaning bir qismi bo’lgan didaktiha bilan juda yaqin aloqadadir. Agar didaktika o’quvchilar tomonidan bilimlar, ko’nikmalar va malakalarni o’zlashtirish qonunlarni o’rgansa va u maktabdagi barcha o’quv fanlari uchun o’qitish nazariyalarni va prinsiplarini ishlab chiqsa, biologiya o’qitish metodikasi biologiya bilan bog’liq nazariy va amaliy masalalarni ishlab chiqadi. Biologiya o’qitish metodikasi biologiya fani bilan uzviy aloqador. U biologiya fanlarning deyarli barcha sohalari: botanika, zoologiya, odam anatomiyasi va fiziologiyasi, biokimyo, embriologiya, sistematika, ekologiya, evolutsion ta’limot, antropologiya, molekulyar biologiya fan asoslarini o’zida ifoda qiladi. Tirik tabiat vakillarining tashqi, ichki tuzilishini hayot faoliyatini tashqi muhit bilan aloqasini to’g’ri tushuntirish o’simlik, zamburug’, hayvon, mikroorganizmlarni aniqlash, ulardan miro va makro preparatlar tayyorlash, ular ustida kuzatish, tajribalar olib boorish, o’qituvchidan yaxshi nazariy bilim, amaliy tayyorgarlikni talab qiladi. Lekin maktab biologiya o’quv fani bilan biologiya fani orasida muhim tafovutlar borligini o’qituvchi yaxshi bilishi kerak. Biologiya fanining asosiy maqsadi tirik va o’lik tabiat to’g’risida tadqiqot o’tkazilishi oraliq yangi yangi bilimlarni hosil qilish bo’lsa, maktab biologiya o’quv fanining maqsadi, o’quvchilarning yoshiga mos ravishda ularga biologik bilimlar, ya’ni biologik tushuncha, qonunlar, nazariyalar berishdan, bilimlar va uni tushuntirishdan iborat. Maktab biologiya kursida fan emas, balki fan asoslari – o’quvchilar uchun zarur asosiy ma’lumotlar mujassamlashgan. Shu bilan birga maktab biologiya kursi “kichik fan” emas, balki o’quvchilarning rivojlanishi va tarbiyasiga ko’mak beruvchi biologiyani asosiy tushunchalar sistemasi sanaladi. Biologiya o’qitishning ilmiy - tadqiqot metodlari: - Maktab o’qituvchilarining ish tajribasini kuzatish vafaoliyatidagi ijobiy, salbiy tomonlarini aniqlash; - Bu sohada to’plagan ma’lumotlarni tahlil qilish, umumlashtirish va hal etilmagan muammolarni aniqlashtirish va ularni hal etish uchun zarur ishchi farazlarni ilgari surish; - Ilgari surilgan farazlarning qanchalik hayotga yaqin ekanligini aniqlash maqsadida maktablarda pedagogik tajribalar o’tkazish hamda tajribaviy, nazariy sinflardan olingan ma’lumotlar o’zaro taqqoslash; - Kuzatish va pedagogik eksprementlardan olingan ma’lumotlarni tahlil qilish, umumlashtirish va xulosalash; 157 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference - Olingan ma’lumotlarga asoslab, metodik maqolalar, qo’llanmalar yaratish va ishlab chiqilgan fikr-mulohazalarning ommaviy maktablarda tekshirishdan o’tkazish va tasdig’ini olish. Kuzatishlarimiz shuni ko’rsatadiki, biologiya fanini o’qitish jarayonida fan- texnika, texnologiyalar va ishlab chiqarishdagi in

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda biologiya o’qitishning hozirgi davrdagi samaradorligini oshirish, didaktikasi, vazifalari, uzviyligi, ilmiy-tadqiqot metodlari haqida fikr va mulohazalar yuritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda biologiya o’qitishning hozirgi davrdagi samaradorligini oshirish, didaktikasi, vazifalari, uzviyligi, ilmiy-tadqiqot metodlari haqida fikr va mulohazalar yuritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
zoologiya, biologiya, biokimyo, embrologiya, uzviylik, didaktika
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники