К содержанию
РецензированоRU2026

MAMLAKATIMIZDA XOTIN-QIZLAR MEHNAT HUQUQINI KAFOLATLASH VA ULARGA QULAY MEHNAT SHAROITINI YARATISH BO‘YICHA CHORA TADBIRLAR.

Tursunboyeva Xurshida Abdusamad qizi · Isaqulova Gulbahor Xoljigit qizi

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish masalalari davlat siyosati darajasiga kо‘tarildi. Bugun har qaysi sohaga e’tibor qaratmang u yerda teng nufuzga ega holda mehnat qilayotgan ayollarni kо‘ramiz. Mazkur maqolada mamlakatimizda xotin-qizlarning mehnat huquqini kafolatlash va ayollarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora tadbirlar haqida so‘z yuritilgan. Kalit so‘zlar: gender tengligi, mehnat huquqi, Ayollar daftari, Maqsadli ko’rsatkichlar, Gender strategiyasi, mehnat muhofazasi, mehnat kodeksi, “Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida”gi qonun. Mamlakatimizda xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash, mehnat huquqini kafolatlash va ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining vazifalari qayta ko‘rib chiqildi, tuman (shahar) xotin-qizlar qo‘mitalari tuzilmasida xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy etildi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi va uning hududiy bo‘linmalari, Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi tashkil etildi, shuningdek, “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni ta’sis etildi, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlarini qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimi yaratildi. Xotin-qizlarning mehnat huquqlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qo‘llab-quvvatlash, mehnat faoliyatini rag‘batlantirish va odil sudlovga erishish darajasini oshirish maqsadida ayollar mehnatini muayyan soha yoki kasblarda qo‘llash bo‘yicha taqiqlar bekor qilinadi, tavsiyaviy xarakterdagi ayollar sog‘lig‘iga salbiy ta’sir etishi mumkin bo‘lgan soha yoki kasblar ro‘yxati tasdiqlanadi. [1] ASOSIY QISM VA NATIJALAR. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yilning 5 martdagi “Xotin- qizlarni qo'llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini 165 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference ta'minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qarori xotin-qizlarning huquq-manfaatlarini ta'minlash borasidagi ishlarni yangi bosqichga ko'tarishda muhim ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, mazkur Qaror “Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturining 9-bandi ijrosini ta'minlashga qaratilgani bilan ham alohida ahamiyatga ega. Unda xotin- qizlarning jamiyat va davlat boshqaruvidagi mavqeini yanada oshirishga qaratilgan yaxlit tizimni yaratish bilan bog'liq chora-tadbirlar nazarda tutilgan. Mazkur qarorga muvofiq, Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi tashkil etilishi belgilangandi. Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni qo'llab-quvvatlashga doir islohotlarning mazmun- mohiyati va ahamiyatini aholi o'rtasida keng targ'ib qilish, xotin-qizlarning ta'lim va kasbiy ko'nikmalar olishlari, munosib ish topishlariga har tomonlama ko'maklashish, tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash, iqtidorli yosh xotin-qizlarni aniqlash va ularning qobiliyatlarini to'g'ri yo'naltirish, hududlarda, ayniqsa, qishloqlarda xotin-qizlarga ko'rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini, ular o'rtasida sog'lom turmush tarzini ta'minlash borasidagi ishlar samaradorligini oshirish, turar joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta'minlash, turmush va mehnat sharoitlarini yaxshilash, daromadlarini ko'paytirish borasida tizimli chora-tadbirlarni belgilash uning asosiy vazifalari etib belgilandi. [2] Bugungi kunda xotin-qizlar turli sohalarda o'z salohiyatlarini ro'yobga chiqarishlari mumkin. Davlat boshqaruvida ayollar vakillarini ko'paytirish uchun siyosat, iqtisodiyot va jamiyat hayotida yetakchi lavozimlarni egallashga qodir 15 ming nafardan ortiq xotin-qizlardan kadrlar zaxirasi shakllantirildi. Lider ayollar tayyorlash borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston tarixida ilk marotaba parlamentda xotin-qizlar soni BMT tomonidan belgilangan tavsiyalarga mos darajaga yetib, parlamentdagi xotin- qizlar soni qariyb 32 foizga yetdi va dunyodagi 190 ta parlament orasida 37- o‘ringa ko‘tarildi. Boshqaruv lavozimidagi xotin-qizlar ulushi 27 foizga, partiyalarda 44 foizga, oliy ta’limda 40 foizga, tadbirkorlikda 35 foizga yetdi. Xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash, ular bilan manzilli ishlash maqsadida “Ayollar daftari” tizimi joriy etilib, Davlat budjetidan har yili 300 mlrd so‘m mablag‘ ajratib borish yo‘lga qo‘yildi. Ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollarning o‘qish to‘lovlarini qoplab berish tizimi joriy etilib, oliy o‘quv 166 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference yurtlariga qabul qilishda ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar soni ikki baravarga ortdi. Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida 224 m

Доказательный фрагмент

«Mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish masalalari davlat siyosati darajasiga kо‘tarildi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish masalalari davlat siyosati darajasiga kо‘tarildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
mehnat huquqi, mehnat kodeksi, “Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida”gi qonun., Ayollar daftari, gender tengligi, Gender strategiyasi, Maqsadli ko’rsatkichlar, mehnat muhofazasi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники