К содержанию
РецензированоUZ2026

“MAGISTRATURA” AVTOMATIZATSIYALASHGAN AXBOROT TIZIMINING LOYIHAVIY DASTURIY TA’MINOTI

“MAGISTRATURA” AVTOMATIZATSIYALASHGAN AXBOROT · Xakimov Muftox Xamidovich · Mirzo Ulug‘bek nomidagi UzMU professori · Yendirboyeva Zumrad Zohidjon qizi · Mirzo Ulug‘bek nomidagi UzMU

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Respublikada faoliyat yurituvchi oliy ta’lim muassasalaridagi magistratura mutaxassisliklari soni kundan kunga ortmoqda. Lekin, mavjud bo‘lgan birorta axborot tizimi magistratura ta’limi o‘quv faoliyati davomida magistr va magistrantlar to‘g‘risidagi kerakli ma’lumotlarni kerakli vaqtda online yig‘ish hamda ta’lim oluvchilarning ilmiy nashrlarini kalendar ish rejasida belgilangan tartibda yuklab borish vazifalarini hal qilmagan. Natijada fakultet dekani, kafedra mudiri va ilmiy rahbar tomonidan magistrant haqidagi o‘quv faoliyatiga doir ma’lumotlarni online kuzatish, tahlil qilish va nazorat qilib borish jarayonlarida ortiqcha qog‘ozbozlik va vaqt sarflanishiga olib kelmoqda. Bu esa ushbu ta’lim jarayonlarida ishtirok etuvchi shaxslarning mehnat unumdorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu nuqtai nazardan oliy ta’lim muassasalaridagi magistratura o‘quv faoliyati bo‘yicha axborot tizimini yaratish masalasi nihoyatda muhim va dolzarbdir. Kalit so‘zlar: CRUD, Create, Read, Update, Delete), missiya, magistratura, magistr, magistrant, atribut, tizim, model, loyiha, admin, admin page, avtorizatsiya, dinamik tizim. Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Ushbu magistrlik dissertatsiyasining maqsadi OTM magistrantlari uchun yaratilayotgan axborot tizimi asosida ma’lumotlarni boshqarish va o‘quv faoliyatini yuritishni tizim yordamida yengillashtirishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni hal qilish kerak:  predmet sohani tahlil qilish;  magistrantlarning ma’lumotlar bazasini loyihalash;  tizimni loyihaga asosan yaratish;  tizim dizaynini ishlab chiqish;  tizimni sinovdan o‘tkazish;  tizimni joriy etish; 170 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference  Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakultetida tizimni joriy etish. Tizim quyidagi imkoniyatlarni o‘z ichiga olishi zarur:  tizimdan magistrlar va magistrantlar haqidagi ma’lumotlarni izlash;  magistrlar ma’lumotini tizimga qo‘lda yozish orqali emas tizimga mos shakllantirilgan excel fayl orqali yuklash;  admin shaxslar magistrlar haqidagi 43 ta atribut orqali online ma’lumotlarni yig‘ish;  tizimdagi ma’lumotlarni excel fayl qilib yuklash;  avtorizatsiya qilingan foydalanuvchi profilini tahrirlash;  tizimdagi 43 ta atributlarni filtr qilish;  tizimni ma’muriy boshqarish. Axborot texnologiyalarini rivojlantirish, O‘zbekiston Respublikasi Prizidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 5-oktyabrdagi PF-6079-sonli “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida qarorida ham o‘z aksini topdi. Ushbu qarorga ko‘ra 2021-yil 1-yanvardan boshlab fuqorolar tomonidan tizim boshqaruvi, ma’lumotlar bazasi va “bulutli” platformani boshqarish, axborot xavfsizligini ta’minlash va boshqa talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarda xalqaro IT- sertifikatlarni olish xarajatlarining 50 foizgacha bo‘lgan qismini qoplash tizimi joriy etilganligi ta’lim tizimida ham axborot tizimlarini qo‘llash va ma’lumotlar bazasini rivojlantirish chora-tadbirlariga misol bo‘la oladi. Inson kapitali mamlakatning muhim milliy boyligi hisoblanadi. Uning har tomonlama koʻpayishi va taraqqiy etishi, zamonaviy fikrlaydigan, intellektual rivojlangan, professional tayyorgarlikka ega boʻlgan, mamlakatni modernizatsiya qila oladigan va demokratik jamiyat qurish yoʻlidagi murakkab va keng koʻlamli vazifalarni hal etishga qodir boʻlgan, yurt va xalq manfaatlariga sadoqatli yangi avlod kadrlarini tayyorlash bugungi zamon talabidir. Bunga erishishda eng asosiy eʼtiborni kadrlarni tayyorlab berishdagi muhim boʻgʻini, pedagog kadrlar tayyorlashdagi asosiy bosqich hisoblangan magistratura mutaxassisliklariga eʼtibor qaratib, bu yoʻnalishda ayrim islohotlarni kechiktirmasdan amalga oshirish lozim. XXI asrda axborot almashinuvini raqamlashtirish jarayonida magistrantlar uchun axborot almashinuvida qulay bo‘lgan platforma yaratish, magistrantlar bilan professor - o‘qituvchilar o‘rtasida turli darajadagi o‘quv faoliyatini amalga oshirish va magistrantlarga ilmiy yangiliklarni e’lon qilib 171 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference borish tadqiqotning vazifalaridan iborat. Tizimni tashkil qiluvchi jadvallar quyidagi rasmda aks etgan(1-rasm). 1-rasm. Tizimning jadvallar diagrammasi Tizimga barcha foydalanuvchilardan elektron pochta va avvalda admin tomonidan berilgan parol orqali kirishlari mumkin. 2-rasm. Tizimga kirish oynasi Tizimga kirish muvaffaqiyatli amalga oshirilsa quyidagi xabar oynaga chiqadi(2-rasm). Yoki tizimga kiritilmagan begona shaxs kirsa 3-rasmdagidek xabar beriladi. 172 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference 2-rasm. Muvaffaqiyatli 3-rasm. Royxatda yo‘qligi xabarnoma haqidagi xabarnoma Tizimga admin bo‘lib kirgandan keyin oynada quyidagilar aks etadi. Magistrantlarni shaxsiy ma’lumotlar bo‘yicha izlash, OTM bo‘yicha izlash, tugatgan OTM bo‘yicha izlash, turar joyi bo‘yicha izlash, maqola bo‘yicha iz

Доказательный фрагмент

«Respublikada faoliyat yurituvchi oliy ta’lim muassasalaridagi magistratura mutaxassisliklari soni kundan kunga ortmoqda.»

Образец извлечения

Демо-превью

Respublikada faoliyat yurituvchi oliy ta’lim muassasalaridagi magistratura mutaxassisliklari soni kundan kunga ortmoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
avtorizatsiya, magistr, admin page, tizim, magistrant, magistratura, dinamik tizim., admin, missiya, atribut, CRUD, Update, loyiha, Read, Create, model, Delete)
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники