К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUSIYASI VA XALQARO INSON HUQUQLARI STANDARTLARI O‘RTASIDAGI MUFOVIQLIK TAHLILI

Ochilova Nargiza Abdinazarovna

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Ushbu tezis O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va xalqaro inson huquqlari standartlari o‘rtasidagi muvofiqlikni tahlil qiladi. Asosan, BMTning Inson Huquqlari Bo‘yicha Umumjahon Deklaratsiyasi va boshqa xalqaro hujjatlarda ko‘zda tutilgan asosiy inson huquqlarining milliy qonunchilikdagi aks etish darajasini o‘rganadi. Tadqiqot konstitutsiyaviy qoidalarning xalqaro me’yorlar bilan qanday muvofiqlashganligini, shuningdek, amaliyotdagi qo‘llanilishini va muammoli joylarini ko‘rib chiqadi. Natijada, O‘zbekistonning xalqaro huquq normalariga rioya qilishdagi yutuqlari va qiyinchiliklari tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: inson huquqlari, xalqaro me’yorlar, huquqiy muvofiqlik, qonun oldida tenglik, yashash huquqi, fuqarolik va siyosiy huquqlar, diskriminatsiya, so‘z erkinligi, qiynoqlarning oldini olish. Zamonaviy jahon tizimida davlatlararo munosabatlar tobora murakkablashib bormoqda. Bu esa, xalqaro va milliy qonunchilik tizimlari o‘rtasidagi integratsiya va muvofiqlikni talab qiladi, xususan, inson huquqlari sohasida. O‘zbekiston Respublikasi, mustaqillikka erishgandan so‘ng, fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlash maqsadida qator qonun hujjatlarni qabul qildi va mavjudlarini takomillashtirish jarayonini davom ettirmoqda. Shu bilan birga, xalqaro hamjamiyatning inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qabul qilgan qator konvensiyalari va deklaratsiyalari mavjud. Ushbu tezisning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida inson huquqlari va erkinliklarining qanday qilib xalqaro inson huquqlari standartlari bilan muvofiqligini tahlil qilishdan iborat. O‘zbekiston Konsititutsiyasi xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsip va normalariga asoslangan holda qabul qilingan. Bu konstitutsiya normalarining inson huquqlariga doir xalqaro darajadagi hujjatlarga muvofiqlikning ta’minlanishini anglatadi. Xalqaro darajada inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha asosiy hujjat - bu Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Umumjahon Deklaratsiyasidir (1948). Ushbu deklaratsiya, jumladan, har bir shaxsning erkin va teng huquqlarga ega bo‘lishi, 179 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference shuningdek, siyosiy va ijtimoiy huquqlarini erkin ifoda etishi kabi asosiy huquqlarni qamrab oladi. Deklaratsiyadan tashqari, inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha bir qator boshqa xalqaro shartnomalar ham mavjud, jumladan, Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa Konvensiyasi va Xalqaro fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt (Buergenthal, et al., 2009) shular qatoriga kiradi. Konstitutsiyaviy me’yorlarning bu hujjatlarga mos kelishi O‘zbekiston Konsitutsiyasining muqaddimasida qayd etilgan. Yana bir misol, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ikkinchi bobida inson huquqlari va erkinliklarining asosiy qoidalari belgilab qo‘yilgan. Bu qoidalarga ko‘ra, har bir shaxsning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, uning shaxsiy xavfsizligini ta’minlash va so‘z erkinligi kafolatlanadi. Konstitutsiya, shuningdek, tenglik va adolat tamoyillarini o‘z ichiga olgan holda, har bir fuqaroning huquq va erkinliklarini himoya qilish majburiyatini davlat zimmasiga yuklaydi. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning asosiy maqsadi–inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr- qimmati, qonuniy ehtiyojlari va manfaatlarini, bir so‘z bilan aytganda, inson qadrini hartomonlama himoya qilishdir. O‘zbekiston Konstitutsiyasi va xalqaro inson huquqlari standartlari o‘rtasidagi muvofiqlikni tahlil qilishda, konstitutsiyaviy qoidalarning xalqaro me’yorlar bilan qanday muvofiqlashganligini ko‘rib chiqish muhimdir. Masalan, Konstitutsiyaning 24-moddasida O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga muvofiq ta’minlanadi deyilgan. 25-moddasida esa yashash har bir insonning ajralmas huquqi ekanligi belgilangan, bu esa Inson huquqlari bo‘yicha umumjahon Deklaratsiyasining 3-moddasiga muvofiq keladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va xalqaro inson huquqlari me’yorlari o‘rtasidagi muvofiqliklarni tahlil qilishda, bir qator asosiy qoidalar va tamoyillar mavjud bo‘lib, ular ikkala huquq tizimida ham o‘z aksini topgan. O‘zbekiston Konstitutsiyasi har bir shaxsning teng huquqliligi va tengligini ta’minlaydi, bu esa BMTning Inson huquqlari bo‘yicha umumjahon Deklaratsiyasida ham qayd etilgan. Ushbu tamoyil nafaqat fuqarolarning o‘zaro munosabatlarida, balki davlat organlari bilan munosabatlarida ham amal qilishi lozim. Konstitutsiya va xalqaro me’yorlar, jins, irq, millat, til yoki din kabi omillar bo‘yicha hech qanday diskriminatsiyaga yo‘l qo‘ymaslikni ta’kidlaydi. Konstitutsiyada fuqarolarning ovoz berish huquqi, saylovlar va referendumlarda ishtirok etish huquqi kabi siyosiy huquqlar aniq belgilangan. Bu huquqlar Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Paktning 25-moddasida, 180 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-o

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezis O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va xalqaro inson huquqlari standartlari o‘rtasidagi muvofiqlikni tahlil qiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezis O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va xalqaro inson huquqlari standartlari o‘rtasidagi muvofiqlikni tahlil qiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
diskriminatsiya, so‘z erkinligi, fuqarolik va siyosiy huquqlar, qiynoqlarning oldini olish., huquqiy muvofiqlik, yashash huquqi, inson huquqlari, qonun oldida tenglik, xalqaro me’yorlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники