Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
HOW FOOTBALL TERMS INFLUENCE CULTURE: EXAMPLES FROM UZBEK CULTURE
Ergashov Hurmatillo Solijon o'g'li
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
В статье рассматриваются основные трудности и достижения в переводе английских футбольных терминов на узбекский язык. Особое внимание уделяется контексту, международному опыту, технологическим новшествам и языку спортивной журналистики. Ключевые слова: футбол, термин, перевод, узбекский язык, лингвистика, VAR, офсайд Annotation:This article explores the main challenges and accomplishments in translating English football terminology into Uzbek. The analysis focuses on contextual relevance, international practice, technological innovations, and the language of sports journalism. Keywords: football, terminology, translation, Uzbek language, linguistics, VAR, offside KIRISH: Futbol bugungi kunda global darajadagi eng ommaviy sport turlaridan biri hisoblanadi. Shu sababli, futbolga oid terminlarning xalqaro miqyosda aniq va tushunarli tarjima qilinishi muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, ingliz tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilishda bir qator qiyinchiliklar yuzaga keladi. Terminlar — har bir sohaga xos bo‘lgan maxsus lug‘aviy birliklar bo‘lib, ular aniq tushunchalarni ifodalaydi. Bunday terminlar qisqa, aniq va ko‘pincha madaniy konnotatsiyalarga ega bo‘ladi. Tarjima jarayonida kontekst, auditoriya va xalqaro qo‘llanilishi hisobga olinmasa, maʼnolar noto‘g‘ri tushunilishi mumkin. O‘zbek tilshunosi D. Murodov (2022) esa: “Terminlarni milliylashtirishda ularning xalq ongida qanday qabul qilinishi, tushunarli bo‘lishi va aniq ifoda topishi muhimdir.” B. Ashurov: “Futbol terminlarining tarjimasi ommaviylik va aniqlik o‘rtasidagi muvozanatni topishni talab qiladi.” Futbol terminlari oʻzining ixchamligi, metaforali xususiyati va kontekstga bogʻliqligi bilan ajralib turadi. Bunday terminlarning oʻzbek 127 "ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tilidagi muqobillarini topish doimo ham oson kechmaydi. Masalan, «offside» (oʻyindan tashqari holat), «hat-trick», «pressing», «winger», «corner kick» (burchak toʻpi), «save» (toʻpni qaytarish) kabi atamalar koʻp hollarda asl shaklida qoldirilib, oʻzbek tiliga toʻliq tarjima qilinmaydi. Shuningdek, darvozabonni ingliz tilida «keeper» deb atash ham oʻzbek tilida keng ishlatilmoqda. Bu holatlar futbol muxlislari va jurnalistlar orasida koʻnikmaga aylangan. Lingvistik olimlarning fikrlari Lingvist olim A.Karimovning taʼkidlashicha, "sport terminlarini tarjima qilishda asliyatini saqlab qolish yoki oʻzbek tiliga mos keladigan ekvivalentlarini topish zarurati oʻrtasida doimiy muvozanat mavjud" (Karimov, 2021). Shuningdek, B.Ashurovning fikricha, "terminlarning mahalliylashtirilishi ularning xalq orasida keng ommalashuvi uchun muhimdir, biroq baʼzi hollarda xalqaro terminlarni oʻzgartirmasdan ishlatish ham maqsadga muvofiqdir" (Ashurov, 2020). Chet ellik olimlardan J.Brownning fikricha, "futbol terminlarining tarjimasida har doim madaniy va lingvistik jihatlar hisobga olinishi kerak, chunki aynan shu jihatlar terminlarning toʻliq va toʻgʻri tushunilishini taʼminlaydi" (Brown, 2019). Shuningdek, taniqli sport lingvisti P.Smithning qayd etishicha, "terminlarni toʻliq tarjima qilishdan koʻra, baʼzan xalqaro shaklida saqlab qolish terminning aniq tushunilishi uchun foydaliroq boʻladi" (Smith, 2017). Tarjima jarayonidagi yutuqlar Soʻnggi yillarda oʻzbek tilida sport jurnalistikasi va futbolga oid lugʻatlar shakllanib, mazkur sohada katta yutuqlarga erishildi. Ayrim terminlarning, masalan "penalty" soʻzining «penalti» shaklida umumlashuvi kabi holatlar tarjima jarayonidagi yutuqlarga misol boʻla oladi. Shuningdek, mahalliy media vositalarida futbol atamalarini ommalashtirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar ijobiy natijalar bermoqda. 1. Terminlarning kontekstga mosligini hisobga olish "Pressing" termini futbol kontekstida «raqibga bosim o‘tkazish» deb tarjima qilinadi. Ammo siyosiy matnda bu so‘z «siyosiy bosim» ma’nosini anglatishi mumkin. Demak, tarjimada aynan sport konteksti e’tiborga olinishi kerak. P. Smith (2017) shunday deydi: “Tarjimada termin o‘z kontekstida tahlil qilinmasa, u butunlay boshqacha ma’no kasb etishi mumkin. Ayniqsa, sport terminologiyasida bu holat tez-tez uchraydi.” 2. Xalqaro amaliyotda keng tarqalgan terminlarni oʻzlashtirish "Hat- trick", "VAR", "penalty" kabi atamalar aksariyat tillarda aynan inglizcha shaklida qabul qilingan. Bu ularning xalqaro maqomga ega bo‘lganidan dalolat beradi. J. Brown (2019): “Xalqaro sport terminlarining bir xil shaklda saqlanishi global auditoriya uchun yagona tushuncha maydonini yaratadi.” 3.Mahalliy til meʼyorlariga mos va keng ommaga tushunarli boʻlishini taʼminlash**\"Save\" so‘zining o‘zbekcha ekvivalenti sifatida “to‘pni qaytarish” iborasi ko‘proq tushunarli. Shu bilan birga, \"corner kick\" o‘rniga “burchak to‘pi” yoki 128 "ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman “burchak zarbasi” deyish o‘zbek tili me’yorlariga mos keladi. D. Murodov (2022): “Terminlarni milliylashtirishda ularning xalq on
Доказательный фрагмент
«В статье рассматриваются основные трудности и достижения в переводе английских футбольных терминов на узбекский язык.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье рассматриваются основные трудности и достижения в переводе английских футбольных терминов на узбекский язык. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- football, terminology, translation, Uzbek language, linguistics, VAR
Смежные источники
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025