Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O’ZBEKISTON RESPULIKASIDAGI KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI TASHKIL ETISH VA RIVOJLANTIRISH
NEW RENAISSANCE · Ibragimov G'anijon G'ayratovich · Qosimov Ulug'bek Otabekovich
Современная наука и исследования · 2 · 2025
Аннотация
This thesis analyzes various problems and shortcomings in the organization and development of small business and private entrepreneurship in the Republic of Uzbekistan, optimal methods for solving them, GDP, import and export in 2024. Increasing the number of private entrepreneurs in the republic and developing existing businesses through various innovative technologies can achieve high growth in the economy. 218 NEW RENAISSANCE 2025 JANUARY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 1 Keywords: Private entrepreneurship, small business, import, export, economy of Uzbekistan, market, service development. Kirish. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlantirishdagi eng muhim omillardan biri bu tadbirkorlar hisoblanadi. Mamlakatdagi mazkur iqtisodiy holatni amalga oshirish uchun bosqichma-bosqich islohotlar olib borilmoqda. Kichik biznesning rolini oshirish uchun yirik institutsional asoslar yaratildi. Kichik biznes faoliyatini tashkil etish, erkin faoliyat yuritishini kafolatlovchi huquqiy-me'yoriy hujjatlar, kichik biznesga ko'maklashuvchi bozor infratuzilmasi shakllantirildi. Natijada bugungi kunga kelib, kichik biznes sub'ektlari Respublikamiz iqtisodiyotining barcha sohalarida, mashinasozlik mahsulotlarini ishlab chiqarishda, iste'mol tovarlari, qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda, servis xizmatlari ko'rsatish va turizm kabi sohalarda faoliyat ko'rsatmoqdalar. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotining asosi bo‘lgan xususiy mulk ustuvorligini mustahkamlaydigan barqaror qonunchilik bazasi yaratilganini qayd etish zarur. O‘rta mulkdorlar sinfini shakllantirish, mamlakat iqtisodiyotini barqaror yuksaltirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadini oshirishning muhim omili bo‘lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish bo‘yicha qulay ishbilarmonlik muhiti hamda ishonchli huquqiy kafolatlar yaratildi. Natijada so‘nggi o‘n yilda yalpi ichki mahsulot tarkibida kichik biznes ulushi 31,1 foizdan 52,5 foizga o‘sdi, ushbu sohada bandlik darajasi iqtisodiyot tarmoqlarida ish bilan band aholi umumiy sonining 49,7 foizidan 74,5 foizigacha oshdi. Aholi daromadlarining 47 foizdan ziyodi tadbirkorlik faoliyatidan tushgan daromadlar hissasiga to‘g‘ri keladi. “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturiga muvofiq, joriy yilda tadbirkorlik faoliyatini keng rivojlantirish uchun yanada qulay biznes muhitni yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar qabul qilindi. Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularni muhandislik- kommunikatsiya tarmoqlariga ulash tartibi sezilarli darajada soddalashtirildi hamda bu jarayon yanada ochiqlik kasb etdi. Ro‘yxatga olish uchun davlat boji stavkasi ikki barobarga qisqartirildi. Ishchilarning yillik o‘rtacha soni 100 kishigacha ko‘paytirilgan kichik korxonalar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxati sezilarli darajada kengaytirildi. Kichik biznes subyektlarini davlat xaridlari jarayoniga keng miqyosda jalb qilish mexanizmi ishlab chiqildi va joriy etildi.1 1 https://lex.uz/acts/-1856013 219 NEW RENAISSANCE 2025 JANUARY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 1 O‘zbekistonda 2023–2026-yillarda kichik biznesni qo‘llab–quvvatlash uchun 1,7 mlrd dollar mablag‘ ajratiladi Joriy yilning 1-oktyabridan 2026-yil yakunigacha mamlakatda kichik biznes rivoji uchun davlat hisobidan 6 trillion so‘m va xalqaro moliya institutlarining 1,2 milliard dollar miqdoridagi mablag‘lari yo‘naltiriladi. Bu 2023-yil 16-sentyabr kuni qabul qilingan “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarorida belgilangan.2 Qarorga asosan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “Biznesni rivojlantirish banki” 2023-yil 1- oktyabrdan boshlab “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturini amalga oshiradi. Dasturni 2023–2026-yillarda amalga oshirish uchun davlat mablag‘lari hisobidan 6 trillion so‘m va xalqaro moliya institutlarining 1,2 milliard AQSH dollari miqdoridagi mablag‘lari yo‘naltiriladi. Quyidagilar onlayn ariza yuborish orqali dasturda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi: kamida bir yil mobaynida faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon xo‘jaliklari, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar, hunarmandlar, kasanachilar, nodavlat taʼlim tashkilotlari, uch va undan ortiq kishini doimiy ish bilan taʼminlayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari; oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida o‘z biznes loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirib, ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar.3 024-yil 1-martdan boshlab kompaniya biznesni qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rishni boshlaydi. O‘rta tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish loyihalariga: Tashabbuskorlarning ustav kapitaliga ko‘chmas mulk, asbob-uskunalar va boshqa ulush shaklidagi loyihalar qiymatining 15% miqdoridagi hissasi (lekin ustav fond
Доказательный фрагмент
«This thesis analyzes various problems and shortcomings in the organization and development of small business and private entrepreneurship in the Republic of Uzbekistan, optimal methods for solving them, GDP, import an…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis thesis analyzes various problems and shortcomings in the organization and development of small business and private entrepreneurship in the Republic of Uzbekistan, optimal methods for solving them, GDP, import an… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Private entrepreneurship, small business, import, export, economy of, servis rivojlantirish., kichik biznes, eksport, bozor, Xususiy tadbirkorlik, O’zbekiston iqtisodiyoti
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025