Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ERGASH G'OZIYEV ILMIY MEROSINING O'ZBEKISTON PSIXOLOGIYA FANI TARQIYOTIDAGI O'RNI.
NEW RENAISSANCE · TARQIYOTIDAGI O'RNI. · Egamberdiyeva Dilfuza Abduazim qizi
Современная наука и исследования · 2 · 2025
Аннотация
In this article, the contribution of Ergash Ghoziyev to the development of the psychology of Uzbekistan is incomparable, the growth of students' thinking in the educational process, the management of educational activities, thinking, memory, personality psychology, and the psychological problems of the theory of knowledge, it should be noted that he paid attention to such issues as the psychological foundations of raising a perfect person. Key words: Psychology, ontogenesis, individual, age periods, personality, psyche, psyche, etc. Ergash G‘oziyevich G‘oziyev – olim, O‘zbekistonda psixologiya fani va psixologik taʼlim tashkilotchisi, nazariy, eksperimental va amaliy psixologiya sohasida fundamental va amaliy ishlanmalar yaratishga salmoqli hissa qo‘shgan pedagog. 209 NEW RENAISSANCE 2025 JANUARY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 1 Mubolag‘asiz aytish mumkinki, nafaqat mamlakatimizning psixologik, balki ilmiy jamoatchiligida E.G‘.G‘oziyevni shaxsan yoki kitoblari, darsliklari va ilmiy nashrlari orqali tanimaydigan odamni topish qiyin. E.G‘.G‘oziyev bilan shaxsiy yoki kasbiy muloqot qilish, uning psixologiya fani va amaliyotining rivojlanishini tushunish ko‘lami qanchalik chuqur ekanligini ko‘rish imkonini berardi. G‘oziyevning ilmiy ishlariga yuzlansak, uning erishgan yutuqlarini masalan talim jarayonida o‘quvchilarning tafakkurini o‘sishi, o‘quv faoliyatini boshqarish, tafakkur, xotira, shaxs psixologiyasi masalalari, bilish nazariyasini psixologik muammolari, komil insonni tarbiyalashning psixologik asoslari kabi masalalarga e’tibor qaratganini ta’kidlab o‘tish joiz. Mavzuyimizga qaytar ekanmiz shaxs o‘zi kim degan savol tug‘iladi. Shaxs bu o‘z ajdodlari takrorlagan tarixiy va sifatiy o‘zgarish yo‘lini bosib o‘tayotgan vaqtda psixologik va jismoniy rivojlanishni har hil ko‘rsatkichlarini namoyon etadigan individni biz shaxs deb ataymiz. Shaxs bu ijtimoiy jamiyatning mahsuli sanaladi. G‘oziyevning fikriga ko‘ra katta yoshdagi ruhiy sog‘lom odam ham, chaqaloq ham nutqi yo‘q oddiy ma’lumotni o‘zlashtira olmaydigan aqli zaiflar ham barchasi individ hisoblanadi. Biroq bularning barchasiga shaxs deb qarash an’anaga aylanib qolgan, chunki o‘sha zotgina ijtimoiy mavjudot, ijtimoiy munosabatlar mahsuli, ijtimoiy taraqqiyotning faol qatnashchisi deb hisoblanadi. Individ sifatida yorug‘ dunyoga kelgan odam keyinchalik ijtimoiy muhit ta’sirida shaxsga aylandı. Ergash G‘oziyev shaxsni bolalik chog‘laridanoq individ sifatida muayyan ijtimoiy munosabatlar tizimiga tortilishini, bunday munosabatlar tarzi tarixiy shakllangan bo‘lib, u yoshligidanoq shu tayyor munosabatlar, muomala, muloqot tizimi bilan tanisha borishini ta’kidlagan, Shuningdek o‘zining “Umumiy psixologiya” asarida chet el psixologiyasida, sobiq savet psixologiyasida Shaxs tushunchasini, uning nazariyalarini ilgari surgan, kashfiyotlar qilgan olimlar haqida ularning nazariyalarining qisqacha tahlilini yoritib beradi. Bundan tashqari u endopsixika va ekzopsixikaga alohida urg‘u berib ketadi. Mavzuyimizni asosidagi “rivojlanish” so‘zi bu oddiy darajadan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlarni o‘zgarib yoki yo‘qolib o‘rniga yangilarini paydo bo‘lishiga aytiladi. Hamma narsa rivojlanishga intilgani singari,shas ham rivojlanishga,o‘sishga intiladi. Uning rivojlanishini tushuntirish uchun davrlarga ajratiladi. Shaxning rivojlanishini yosh davrlarda deyarli barcha olimlar ifodalagan ularning asosiy birlashtirib turadigan ma’lumotlaridan olingan statistik tahlilga ko‘ra quyidagi davrlarni eng to‘g‘risi deb belgilangan. Ular: 1. Go‘daklik davri, 1 oylikdan bir yoshgacha; 2. Bog‘chagacha bo‘lgan yosh davri. 1 yoshdan 3 yoshgacha. 210 NEW RENAISSANCE 2025 JANUARY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 1 3. Maktabgacha talim davri. 3 yoshdan 7 yoshgacha. 4. kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar 7. 11. 12 yoshgacha. 5. O‘rta dava o‘quvchilari. 14. 15 yosh davrlari, 6. Katta yoshdagi davor. o‘spirinlar davri 16. 17 yosh. Eng so‘nggi davr o‘spirinlik davrida jinsiy yetilish, mustaqillik davri boshlanadi. Bu yoshda yoshlar o‘z fikrlarini mustaqil ifodalashga kirishadilar va shaxslik hislatlarini ifodaklashga harakatqiladilar. Aynan shu davrgacha rivojlanayotgan shaxs hayotida qo‘llaydigan ko‘plab odat va xarakterlarini o‘zlashtirib olgan bo‘ladi. Ushbu ma’lumotlarning barchasini G‘oziyev asarlarida keng yoritib berdi. Shaxsning rivojlanishi bevosita Ontogenez bilan bog‘liq hisoblanadi. Psixika ontagenezi insonning tug‘ilganidan to umrining yakunigacha davom etadigan uzluksiz rivojlanish sanaladi. Insonning psixikasini rivojlantiruvchi ikkita omil mavjud birinchisi biologik, ikkinchisi sotsial omillar. Bu omillar individning shaxs bo‘lib shakllanishida muhim ro‘l o‘ynaydi. Jamiyat va muhit bo‘lmasa individ hech qachon shaxs bo‘lib shakllana olmaydi. Inson jamiyatning mahsuli o‘laroq boshqa shaxslar bilan muloqotga kirishadi,axborot almashadi,munosabatlar o‘rnatadi. Agar ijtimoiy muhit bo‘lmasa individ o‘zgarm
Доказательный фрагмент
«In this article, the contribution of Ergash Ghoziyev to the development of the psychology of Uzbekistan is incomparable, the growth of students' thinking in the educational process, the management of educational activ…»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, the contribution of Ergash Ghoziyev to the development of the psychology of Uzbekistan is incomparable, the growth of students' thinking in the educational process, the management of educational activ… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Psychology, ontogenesis, individual, age periods, personality, psyche, psyche, psixika va b., Psixologiya, shaxs, ontogenez, yosh davrlari, ruhiyat, individ
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026