К содержанию
РецензированоRU2026

ZUHD MAQOMI MOHIYATI VA ZOHID OBRAZIDAGI KOMILLIK SIRI

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Omanboyeva Aziza Doniyor qizi (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

In this article, the place, importance of ascetic status and the reasons for the emergence of the doctrine are explained in Sufism literature, which is an integral part of Eastern classical literature. Keywords: Zuhd, zuhhod, ubbod. Аннотация. В данной статье раскрываются роль и значение аскетического статуса, а также причины возникновения этого учения в суфийской литературе, которая является неотъемлемой частью восточной классической литературы. Ключевые слова: Аскетизм, аскет, духовенство. Nafsga qarshi mujohadaning ko’p chuqur usullarini qamrab olgan zuhd hayoti dastlabki paytlarda inson ruhini kamolga yetkazuvchi eng ishonchli yo’llardan bo’lgan. …Nafsni qiynash, riyozatni zavq darajasiga yetkazish avomning azob-u jafosiga bardoshli bo’lish sabr-qanoatni boshiga toj aylash – bular tasavvufdan oldin zuhd sinovidan o’tgan holat va tajribalar edi. [1.13] Ilohiy amrlar va hayotiy tajribalar asnosida dunyoga kelgan zuhd ta’limoti bugun ham o‘z qimmati va foydasini yo‘qotmagan. Dunyoning foniyligini anglagan oxiratning boqiyligini tushunadi. Baqoga bo‘lgan ishonch, fanoga bo‘lgan qullikdan ozod qiladi. Natijada, istig‘no maqomiga ko‘tarilgan inson o‘zining ehtiyoji faqat Yaratganda ekanligini fahmlaydi. Bandalikni tan olish bilan hurlik boshlanadi. Zuhdda ozodlik bor, zohid haqiqiy hurdir. Tasavvuf tarixida zuhd davrining muhim ahamiyati, shubhasiz, badiiy adabiyotda ham o‘z aksini topdi. Zuhd davridan oriflik davriga o‘tgan tasavvuf, zuhdiy qarashlaridan voz kechgani yo‘q. Zuhd pillapoyasini bosib, keyingi martabaga yuksaldi xolos. Zuhdiy amallarni ado etib, oshiqona muroqaba, orifona mushohadaga erishildi. Zohidona tarkni amalga oshirgachgina xoslar tarkiga yetildi. Adabiyotda ham ma’rifiy maslak mohiyati zuhdiy g‘oyalar bilan uyg‘unlikda ochib berildi. Oshiq, yor, orif, rind, soqiy, qalandar, darvesh, raqib kabi bosh obrazlarning xarakter xususiyati, estetik asoslari zohid obrazi bilan parallellikda yoxud qarshilantirishda teranroq yoritib berildi. Ammo haqiqiy zohidlik oxirat masalasida ham zohidlik qilishni talab qiladi. Zohid jannat ne’matlari va darajalariga qiziqmasligi kerak. Zero, oxirat ham maxluqdir. Yaratguvchi bor ekan, maxluq bilan muomala qilish bema’nilik. Boyazid Bistomiy o‘z tajribasini quyidagi iboralar bilan ifodalaydi: “Uch kun zohidlikda qoldim, to‘rtinchi kuni chiqdim: Birinchi kuni dunyoga, dunyoda bo‘layotgan voqealarga qarshi zohid (befarq, qadrsiz, istaksiz) bo‘ldim. 21 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Ikkinchi kuni oxirat va undagi narsalarga qarshi zohid bo‘ldim. Uchinchi kuni Allohdan boshqa narsaga zohid bo‘ldim. To‘rtinchi kuni Allohdan boshqa hech narsa qolmadi. Ilohiy sevgi meni hayratda qoldirdi. Zohidlik oxiratga qaratilgan bo‘lsa-da, oxiratga qarshilik qilish istagida emas, balki oxiratni kamsitishdan uzoqda, uni Alloh taoloni mushohada qilish maqomi deb bildilar. Inson o‘z zuhdiga qarshi ham zohid bo‘lishi kerak. Dunyoga yoqmaslik, dunyoni yoqlamaslik holati zohidlik deyiladi. Zohidlar nazdida, dunyoning borligi va yo‘qligi bir ҳамда tengdir. Oshiq qullar bu dunyoni ko‘zga ilmas, Dunyo ayshin zohid qullar tilga olmas, Kecha-kunduz mastu hayron, o‘zga kelmas, Diydor tilab, ko‘ksin teshib, nolon qilur. Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg‘oniy, Qul Ubaydiy kabi hollari Allohga bo‘lgan qullik bo‘lgan so‘fiy ijodkorlar hikmatlari ham zohid obrazini adabiyotda gavdalantirdi. Lirik qahramonlar orasida zohidning o‘ziga xos o‘rni bor. Jumladan, zohid obrazi boshqa obrazlar orasida o‘z mavqe martabasiga ega bo‘lib, hol va tuyg‘ularni ifodlashda ba’zi obrazlar mohiyatini to‘ldirdi, ba’zilari bilan mohiyatda qarama-qarshi qo‘yildi. Alloh taologa yuzlanish uchun dunyo va barcha narsa mosuvolik muhimligiga e’tibor qaratgan Yahyo ibn Muoz dunyo bezangan yangi kelinga o‘xshaydi, dunyoga rag‘bat etganlar uning atrofida aylanishga tushishadi, zohidlar esa uning yuzini ko‘mir bilan qoraytirib, sochini yulib, ko‘ylagini yirtib tashlashlarini, oriflar esa Alloh taolo bilan mashg‘ul bo‘lganliklaridan ham bu yangi kelinga iltifot qilmasligini aytadi. [10] Qalbini Allohdan boshqa barcha havoyi nafslardan bo‘shatgan va tark qilinmagan zaruriy narsalardan boshqa har narsadan qalbini poklagan kishining ya’ni zohidning vara’siz (parhezsiz) zohid bo‘lishi mumkin emasligini, odam, avvalo, o‘ziga tegishli bo‘lmagan narsaga qarshi vara’da bo‘lishi kerakligini, so‘ngra unga tegishli bo‘lgan narsada zohidlik ko‘rsatishi mumkinligini aytadi. Zohidlar har doim o‘z-o‘zini yaxshilash bilan band bo‘lib, o‘z xohish-istaklarini cheklashga va o‘z-o‘zini nafsini kutishdan qochishga harakat qilishadi. Suryon Saqatiy zohidning o‘z nafsini tarbiyalash bilan mashg‘ul bo‘lishi, orifning esa Robbisi bilan mashg‘ul bo‘lishi ma’nosida shunday deydi: "Zohid o‘z nafsi bilan mashg‘ul bo‘lmasa, uning hayoti yoqimli bo‘lmaydi, aksincha, orif ruhi bilan band bo‘lmasa, uningda hayoti yoqimli bo‘lmaydi” deydi. Ilk so‘fiylardan bo‘lmish Ibn Nurning “Zuhdning alomati, biror narsa yo‘qolgand

Доказательный фрагмент

«In this article, the place, importance of ascetic status and the reasons for the emergence of the doctrine are explained in Sufism literature, which is an integral part of Eastern classical literature.»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, the place, importance of ascetic status and the reasons for the emergence of the doctrine are explained in Sufism literature, which is an integral part of Eastern classical literature. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Zuhd, zuhhod, ubbod, ubbod.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники