Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QISHLOQ XO‘JALIGI AGREGATLARIGA TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISH
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Ahmadjonova Mahfuza Rustamjonovna (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
Today, 886.9 million hectares of land are cultivated and agricultural products are grown worldwide. New resource-saving, minimal and zero-input technologies and technical means for their implementation have been introduced on 43.8 percent of them. These modern technologies allow maintaining soil fertility on 118 million hectares of land and simultaneously reducing the cost of cultivated products by an average of 25 percent. Kalit so‘zlar:Mashina-traktor, agregat, foydalanish, zamonaviy usullar,ishlab chiqarish. Keywords: Tractor, aggregate, use, modern methods, production. Texnikalardan foydalanishda avvalo ularning foydalanish ko‘rsatgichlarini yaxshilash hisobiga ish unumini oshirishning eng zamonaviy usullardan foydalanish hamda bajariladigan ishlarning tashkil etishning yangi tartib va qoidalarini ishlab chiqarishga joriy qilinishi talab etiladi. Mashina-traktor agregatlaridan foydalanishning o‘ziga hos sharoiti va xususiyatlari mavjud. Shunga ko‘ra qishloq va suv xo‘jaligi ishlab chiqarishi sharoiti sanoat ishlab chiqarishidan farq qiladi. Qishloq xo‘jaligi ishlarini mexanizatsiyalash samarali bo‘ladi, qachonki mashina o‘zining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari bilan berilgan texnologik jarayonda foydalanish sharoitiga to‘la javob bera olsa. Mashina-traktor agregatlari bilan bajariladigan texnologik jarayonlar turli operatsiyalarning majmuini o‘z ichiga olgan bo‘lib, tugallangan yakunga ega bo‘lishi kerak. Qishloq xo‘jaligidagi exanizatsiyalashtirilgan dala ishlarini bajarishda qishloq xo‘jalikagregatlari (QXA) asosiy ishlab chiqarish vositalari hisoblanadi. Energiya manbai, ish mashinalari hamda ularni energiya manbaiga ulash va energiya uzatish uchun xizmat qiladigan yordamchi qurilmalar birgalikda qishloq xo„jalik agregati deb ataladi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishda energiya manbai sifatida traktor, o‘ziyurar shassi, ichki yonuv va elektr dvigatellari xizmat qilishi mumkin. Har bir ishni bajarish uchun alohida qishloq ho‘jalik mashinalari, qurollari va mexanizmlaridan foydalaniladi. Yordamchi qurilmalar sifatida tirkagich, o‘rnatgich va boshqa qurilmalar ishlatiladi. Mexanik va elektr energiyasi manbai bilan jihozlangan qishloq xo’jalik agregatiga mashina-traktor agregati deb aytiladi. SHuning uchun qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini to‘liq mexanizatsiyalashtirishda etishtiriladigan ekin turlari, dehqonchilik usullari (sug‘oriladigan yoki lalmi), ekin maydonlarining o‘lchamlari (yuzasi, uzunligi), tuproq (qumloq, soz, toshli) va iqlim sharoitiga mos keladigan traktorlar va qishloq xo‘jaligi mashinalarini ishlatish hamda ulardan samarali foydalanishni tashkil etish talab etiladi. 52 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Ishlab chiqarish ishlarini bajarishda turli xildagi va ko‘rinishdagi qishloq xo‘jalik agregatlari qo‘llaniladi. Ular foydalanish xususiyatlariga qarab quyidagicha tasniflanadi: 1. Ishni bajarish usuliga qarab -Harakatlanadigan, muqim va muqim-ko‘chma holatda ishlaydigan; 2. Energiya manbai turiga qarab –issiqlik va elektr dvigatelli; 3. Ish mashinasini energiya manbaiga ulash usuliga qarab –tirkama, osma va yarim osma; 4. Agregatdagi mashinalar soniga qarab –bir va ko‘p mashinali; 5. Bir paytda bajariladigan ish turiga qarab –oddiy va murakkab; 6. Bajariladigan ishlarning turiga qarab –er haydash, ekish va h.; 7. Ish mashinasiga Harakat uzatish usuliga qarab –traktorning quvvat olish validan, mashina g‘ildiragidan va alohida o‘rnatilgan dvigateldan harakat uzatiladigan; 8. Ish mashinasini traktorga nisbatan o‘rnatilishiga qarab –traktor oldiga, yoniga, orqasiga va aralash o‘rnatilgan; 9. Ishchi mashinalarni agregatning bo‘yiga nisbatan o‘rnatilishiga qarab –simmetrik va asimmetrik o‘rnatilgan; 10. Material yig‘iladigan sig‘imi mavjutligiga qarab –sig‘imi bor va sig‘imi yo‘q agregatlarga bo‘linadi. Mexanizatsiyalashtirilgan qishloq xo‘jaligi ishlarini bajarishda qo‘llaniladigan agregatlarni tuzishda quyidagi talablarni bajarilishiga alohida e‘tibor berilishi lozim.
Доказательный фрагмент
«Today, 886.9 million hectares of land are cultivated and agricultural products are grown worldwide.»
Образец извлечения
Демо-превьюToday, 886.9 million hectares of land are cultivated and agricultural products are grown worldwide. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Tractor, aggregate, use, modern methods, production, foydalanish, production., Mashina-traktor, zamonaviy usullar, agregat, ishlab chiqarish.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025