Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
JAZONI O‘TASHDAN MUDDATIDAN ILGARI SHARTLI OZOD QILISH INSTITUTI: MILLIY VA XALQARO QONUNCHILIKDAGI MUAMMOLAR VA ULARNING ECHIMLAR
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · ULARNING ECHIMLAR (INSTITUTI: MILLIY VA XALQARO QONUNCHILIKDAGI MUAMMOLAR VA) · Xalilov Doniyor Abdulazzat o‘g‘li (INSTITUTI: MILLIY VA XALQARO QONUNCHILIKDAGI MUAMMOLAR VA) · O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi (INSTITUTI: MILLIY VA XALQARO QONUNCHILIKDAGI MUAMMOLAR VA)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
jazoni o’tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish, jazoning adolatliligini ta’minlash, jinoyat qonunchiligida davlat siyosati, jamoat xavfsizligiga tahdidlarga qarshi kurashish. Kalit so‘zlar: jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish, umrbod ozodlikdan mahrum etish, retsidivistlar, jinoyat qonunchiligi, jazoni ijro etish, jazo muddati, jamoat xavfsizligi, xalqaro huquqiy meyorlar, jazo samaradorligi, axloqiy tuzatish jarayoni, afv etish, adolatli jazo, terrorizmga qarshi kurash, ijtimoiy xavflilik. Jazoni o‘tash jarayonida mahkum o‘zining jamiyatdagi xulq-atvor qoidalariga munosabatini ijobiy tarzda qayta ko‘rib chiqishi, jinoiy jazoning maqsadlariga uning muddati to‘liq yakunlanmasdan oldin ham erishish mumkinligini anglatadi. Bunda mahkumning axloqan tuzalishining asosiy motivatsion jihati jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari ozod bo‘lish umididir. E.F. Pauer ta’kidlaganidek, “Umid bu insonga xos muhim va uning shaxsiyatini belgilovchi jihatdir. Jazo qanchalik uzoq va munosib bo‘lishidan qat’i nazar, mahkum qachonlardir uning qilgan ishlarini kechirishlariga umid qilish huquqini saqlab qoladi. Ular bunday umiddan butunlay mahrum bo‘lmasliklari kerak. Ularning umid qilish huquqidan voz kechish ularning insoniy tabiatining asosiy jihatlaridan birini inkor etish bo‘ladi va bunday rad etish kamsituvchi omil hisoblanadi”1. Mahkumning jazodan muddatidan ilgari shartli ozod bo‘lishini kechiktiruvchi holatlar ham jinoyat qonunchiligida mavjud. Jumladan, JKning 73-moddasiga asosan qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar shaxs ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan bo‘lsa, sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan ikki qismini; jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan yoki jazosi yengilrog‘i bilan almashtirilgan shaxs jazoning o‘talmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etganligi uchun hukm qilingan bo‘lsa, sud tayinlagan jazo muddatining kamida to‘rtdan uch qismini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin ozod qilinishi mumkin. Bu kechiktirish to‘g‘risida huquqshunos olimlarning fikrlari turlicha. Xususan, I.S. Nuhning ta’kidlashicha, o‘ta xavfli retsidivist shaxslarni shartli ravishda ozod qilishdan bosh tortish ularni tuzatish uchun rag‘batni zaiflashtiradi, ammo umumiy profilaktika maqsadida 1 Бюллетень Европейского Суда по правам человека. 2017. N 3. // URL:https://rpspress.ru/catalog/byulleten_evropeyskogo_suda_po_pravam_cheloveka/ (Электрон манбага мурожаат қилинган вақт: 21.04.2023). 28 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si bunday rad etish zarur2. I.D. Badamshin3, N.F. Kuznetsov, I.M. Tyajkov. R.A. Dyachenkoni fikricha, retsidivistlar uchun jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish imkoniyatini inkor etmasdan, ulardan jazoning o‘tashi kerak bo‘lgan zarur qismini oshirishni talab qilmoqda4. I.S. Nasirov yangi jinoyatlarning sodir etilishini oldini olish maqsadida o‘ta xavfli retsidivist shaxslarga nisbatan jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilishni taqiqlash zarurligini ta’kidlaydi5. V Zaxarova, O Viktorovna xavfli va o‘ta xavfli retsidivist shaxslarga nisbatan jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilishni taqiqlash maqsadga muvofiqdir deb hisoblaydi6. Yuqoridagilardan farqli ravishda Z.I. Zeldov, agar jazo maqsadi – mahkumlarni tuzatish maqsadida amalga oshirilsa, mahkumlarni shartli ravishda muddatidan ilgari ozod qilish zarurligini ta’kidlaydi7. Y.M. Tkachevskiy fikriga ko‘ra, qonun chiqaruvchining mahkumlarning har qanday toifasiga jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilishni taqiqlashni rad etishini shubhasiz yutuq deb biladi, chunki har bir kishi jazodan ozod bo‘lish istiqboliga ega bo‘lishi kerak8. Fransiya jinoyat qonunchiligiga ko‘ra retsidivist shaxs jazoning 3/2 o‘taganidan so‘ng jazodan ozod bo‘lishi mumkin. Germaniya jinoyat qonunchiligida takroran jinoyat sodir etgan shaxslar uchun maxsus qoidalar mavjud emas9. Xitoy Xalq Respublikasida10 retsidivist shaxslarga nisbatan jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish qo‘llanilmaydi. Bizningcha, o‘ta xavfli retsidivist shaxslarga nisbatan jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilishni qo‘llash profilaktika maqsadlariga nisbatan nomaqbuldir, uni erta ozod qilish jamoat xavfsizligiga tahdid solishi mumkin. Agar jinoyatchi shaxsga allaqachon o‘zini axloqan tuzatish imkoniyati berilgan bo‘lsa-da, lekin u jinoyat sodir etishda davom etsa, bu uning o‘zini axloqan tuzatishni istamasligining aniq belgisiga o‘xshaydi. Ertami-kechmi, har qanday shaxs o‘zini tuzatish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak, lekin bu imkoniyatlar haqiqiy va samarali bo‘lishi kerak. Agar retsidivistlar haqiqiy tuzatish jarayonidan o‘tishgan bo‘lsa, ularni erta ozod qilish mumkin biroq, bu holatda ularning qayta jinoyat sodir etish ehtimoli to‘liq baholanishi kerak. Shuning uchun ushbu shaxslarga bunday imtiyozlarni berish maqsadga muvofiq emas. 2 Ной И.С. О целях наказания в советском уголовном праве /
Доказательный фрагмент
«jazoni o’tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish, jazoning adolatliligini ta’minlash, jinoyat qonunchiligida davlat siyosati, jamoat xavfsizligiga tahdidlarga qarshi kurashish.»
Образец извлечения
Демо-превьюjazoni o’tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish, jazoning adolatliligini ta’minlash, jinoyat qonunchiligida davlat siyosati, jamoat xavfsizligiga tahdidlarga qarshi kurashish. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- umrbod ozodlikdan mahrum etish, retsidivistlar, jamoat xavfsizligi, terrorizmga qarshi kurash, jazo samaradorligi, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish, afv etish, xalqaro huquqiy meyorlar, jazoni ijro etish, jazo muddati, ijtimoiy xavflilik., jinoyat qonunchiligi, adolatli jazo, axloqiy tuzatish jarayoni
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025