Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QIMMATLI QOG’OZLAR BOZORI SAVDO MEXANIZMLARI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Ibragimova Nilufar Ziyadullayevna (in-academy.uz/index.php/si) · Normamatov Rixsitilla Urol o’g’li (in-academy.uz/index.php/si) · Habibullayev Yormuhammad San’atjon o’g’li (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2018
Аннотация
Ushbu maqoladamamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar zamonaviy iqtisodiy muhit barpo etish, qimmatli qog'ozlar bozorini rivojlantirishda mavjud muammolarni oldini olish, mamlakatimizda fond bozorini mamlakat iqtisodiyotining xayotiy elementi sifatida shakllantirish va uni samaradorligini oshirish asosida xalkaro printsiplariga mos keluvchi tizimini yaratishni taqozo qiladi.So'nggi yillarda O'zbekistonda fond bozorini isloh qilish va erkinlashtirish buyicha Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari va qator boshqa me'yoriy hujjatlar qabul qilindi. Bu qonun xujjatlarining amaliyotga keng tatbiq etilishi respublika iqtisodiyotiga investitsiya oqimini oshirishga xizmat qiladi.Mamlakatimizda 2018-yilda jalb qilingan investitsiyalar hajmi 10,9 foizga o'sdi va AQSH dollari hisobida 14 milliard 600 million dollarni tashkil etdi. Bunda jami kapital qo'yilmalarning 21,2 foizdan ortig'i yoki 3 milliard dollardan ziyodini xorijiy investitsiya va kreditlar tashkil qildi. Ularning to'rtdan uch qismi to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalardir. Kalit so'zlar: Qimmatli qog‘ozlar, kreditlar, investitsiya, Vazirlar Mahkamasi, fond, bozor, islohotlar. To'g'ridan-to'g'ri xususiy investitsiyalarning hajmi 10,3 foizga o'sib, 4 milliard 300 million dollarni yoki jami investitsiyalar hajmining qariyb 30 foizini tashkil etdi. O'tgan yili tijorat banklarining investitsiyaviy faoliyati ham kengaydi. Ular tomonidan 1 milliard 700 million dollar yoki 2013 yilga nisbatan 20 foiz ko'p investitsiyalar yo'naltirildi. Jami investitsiyalarning 73 foizdan ortig'i ishlab chiqarish sohasiga va qariyb 40 foizi mashina va uskunalar xarid qilishga sarflandi. 2014 yilda iqtisodiyotimizning etakchi tarmoqlarida zamonaviy yuqori texnologiyalarga asoslangan uskunalar bilan jihozlangan, umumiy qiymati 4 milliard 200 million dollarga teng bo'lgan 154 ta yirik ob'ekt foydalanishga topshirildi.O'zbekiston qimmatli qog'ozlar bozorining milliy iqtisodiyotdagi o'rni, ahamiyati, roli va funktsiyalarning taxlilini o'rganishga bag'ishlangan. O'zbekiston fond bozorining bozor munosabatlari shakllanish jarayonidagi xolat va rivojlanish istiqbollari ta'sir etuvchi omillar bilan birgalikda kompleks tarzda o'rganilgan. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy isloxotlar aktsionerlik kapitalining rivojlanishi, moliya bozoridagi yangi qayta taqsimlovchi mexanizmlarning shakllanishi, qimmatli qog'ozlar bozorining faoliyat yuritish masalalari va uning iqtisodiyotagi rolini tadqiq qilish muxim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga O'zbekiston uchun xozirgi kundagi dolzarb muammolardan bo'lgan iqtisodiyotning modernizatsiyasi, investitsiyalarni jalb qilish va sanoat o'sishini ta'minlash masalalarini hal qilishda qimmatli qog'ozlar bozorining rolini, bu borada uning bajaradigan funktsiyasini o'rganish ayniqsa muhim xisoblanadi.XX asrning iqtisodiy taraqqiyoti shuni to‘liq tasdiqladiki, faqat bozor iqtisodiyotigina xalq xo‘jaligi samaradorlik ko‘rsatkichlarining eng yuqori 84 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si darajasini ta’minlaydi. Bozor mexanizmining samaradorligi ko‘p jihatdan iqtisodiyotning tovar – pul munosabatlari bilan qanchalik to‘liq qamrab olinganligiga bog‘liq. Bu tovar bozorlari bilan bir qatorda moliya bozorini, jumladan, qimmatli qog‘ozlar bozorini shakllantirish zarurligini anglatadi. Bozor iqtisodiyoti qimmatli qog‘ozlarning rivojlangan aylanmasisiz amal qilishi mumkin emas. Qimmatli qog‘ozlar bozori - yuridik va jismoniy shaxslarning qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, joylashtirish va ularning muomalasi bilan bog‘liq munosabatlari tizimi. Har qanday bozor maqonini ikki qo‘tbga bo‘lish mumkin. Ulardan birida kapital yetkazib beruvchilar – bo‘sh pul mablag‘lariga ega bo‘lgan va ularni saqlash hamda ko‘paytirishni istovchi yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, davlat turadi. Ikkinchisida esa – yangi ishlab chiqarishni boshlash, ishlar, xizmatlar ko‘rsatish yoki ishlab turgan quvvatlarni zamonalashtirish kengaytirish, qayta ta’mirlash uchun zarur bo‘lgan boshlang‘ich yoki qo‘shimcha kapitalga muhtoj bo‘lgan bozor sub’ektlari turadi. Kapitalning iste’molchilari sifatida korxonalar, tashkilotlar, aholi, shuningdek, davlat ham ishtirok etishi mumkin. Mablag‘larni jalb etish maqsadida kapital iste’molchilari qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqaradi va ularni sotish natijasida ishlab chiqarish (savdo– sotiq, moliyaviy faoliyat va h.k.) jarayonini amalga oshirish uchun mablag‘ oladi. Kapital iste’molchilari (emitentlar) va yetkazib beruvchilari (sarmoyadorlar) o‘rtasidagi munosabatlar qaytarilish, to‘lovlilik yoki mol–mulkka egalik qilish huquqini o‘tkazish shartlari bilan amalga oshiriladi.Biroq emitentlar yoki sarmoyadorlar bir–birlarini "topishlari" uchun ushbu jarayonda yordamchi bo‘lsada, ammo juda muhim rol o‘ynovchi emitentlar, sarmoyadorlar, shuningdek, tashkilotlar va yakka tadbirkorlarning oqilona o‘zaro munosabatlarini ta’minlovchi, infratuzilma, deb nomlanuvchi yordamchi
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqoladamamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar zamonaviy iqtisodiy muhit barpo etish, qimmatli qog'ozlar bozorini rivojlantirishda mavjud muammolarni oldini olish, mamlakatimizda fond bozorini…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqoladamamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar zamonaviy iqtisodiy muhit barpo etish, qimmatli qog'ozlar bozorini rivojlantirishda mavjud muammolarni oldini olish, mamlakatimizda fond bozorini… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Qimmatli qog‘ozlar, kreditlar, investitsiya, Vazirlar Mahkamasi, fond, bozor, islohotlar.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024