К содержанию
РецензированоUZ2026

TOHIR MALIK ASARLARI VOSITASIDA TALABALARDA MA’RIFATPARVARLIK G‘OYALARINI RIVOJLANTIRISHNING TA’LIM-TARBIYAVIY XUSUSIYATLARI

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · TARBIYAVIY XUSUSIYATLARI (in-academy.uz/index.php/si) · Abdullayeva Ilmira Boltayevna (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

In this article, the educational and educational features of the development of enlightenment ideas in students are studied through the works of Tahir Malik, a prominent figure in the field of education. Malik's reasoning emphasizes the development of empathy, critical thinking, moral reasoning, and public participation to instill moral virtues and integrity in students. Key words: Tahir Malik, Enlightenment ideas, moral development, moral qualities, critical thinking, moral thinking, service learning, moral models, moral educational environments. Bugungi globallashuv sharoitida mamlakatimiz yoshlar tarbiyasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan ekan, buning negizida kelajagimiz bunyodkorlari bo‘lgan yoshlarni, inson qalbi va ongini egallash uchun qaratilgan turli xil yot g‘oyalar mafkuralar va tajovuzlardan asrab qolish asosiy vazifalarimizdan biri hisoblanadi. Zotan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Yosh avlod tarbiyasi hamma zamonlarda ham muhim va dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib kelgan. Ammo biz yashayotgan XXI 134 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si asrda bu masalaga haqiqatdan ham hayot – mamot masalasiga aylanib bormoqda”. 1Bugun yangilanayotgan O‘zbekiston sharoitida barcha sohalar kabi ma’naviyat va ma’rifat, tarbiya sohasi ham innovatsiyalarga muhtoj. Yevropada, Janubiy Koreya, Yaponiya, Xitoy, Rossiyada yoshlar tarbiyasining ilmiy strategiyalari bilan shug‘ullanadigan yuzlab tashkilot, fond, assotsiatsiyalar bor. 2 Ularning tajribasini o‘rganish, zamonaviy texnologiyalarini olib kelib, yoshlarni milliy g‘oya ruhida tarbiyalash maqsadlarida foydalanish oliy ta’lim modernizatsiyasining muhim talablaridan biri bo‘lib turibdi. Zero, olib borilayotgan barcha islohotlar, Taraqqiyot strategiyamizning samaradorligi inson omiliga, uning ma’naviyatiga bog‘liq. Shu sababli milliy g‘oya, g‘oyaviy tarbiya va ma’naviyat-ma’rifat masalalari davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qoladi. Talabalarda ma’rifatparvarlik g‘oyalarini rivojlantirishning ta’lim-tarbiyaviy xususiyatlari alohida ustuvor vazifalardan biridir. Yoshlarni ma’rifatparvar ,mustaqil fikrli,komil inson bo‘lib kamolga yetishishida Tohir Malik asarlarining hissasi juda katta. Bugun mamlakatimizda Tohir Malik kitoblari kirib bormagan xonadon yo‘q hisobi. "Odamiylik mulki" (Axloq kitobi) ,“Shaytanat”, “Alvido, bolalik”, “So‘nggi o‘q”... Adib asarlarida jinoyatchilik olami, uning qullariga aylanib qolgan bandalar fojiasi, ayniqsa, yoshlar, o‘smirlarning ushbu jirkanch muhit to‘riga tushib qolganlari tahlil qilinadi. Yozuvchi Tohir Malik qalamiga mansub maʼnaviyat va tarbiya masalalariga bag‘ishlangan "Odamiylik mulki" (Axloq kitobi) - kitobining “Ishq” deb nomlangan ikkinchi fasli adib tanlangan asarlarining oltinchi jildidan, uchinchi fasli - “Saodat” esa to‘qqizinchi jildidan (Husnu xulq) joy olgan edi. Muhtaram kitobxonlarning istak va takliflari inobatga olinib, u adibning ayrim tuzatish va tahrirlardan so‘ng yaxlit kitob holiga keltirildi. Mazkur kitob maʼnaviyat quyoshidan yorishib turgan qutlug‘ xonadonlarni yoritadi.Bolalar xossatan ma’lum bir oilaning farzandi, ommatan esa, mamlakatning, butun dunyoning farzandidir. Ular, ijtimoiy-siyosiy hayot nuqtayi nazaridan qarasak — ertaning tarixini yaratuvchilardir. Oilaviy tomondan olsak, ular ham ertami-indin ota-ona bo‘ladilar. Ertami-indin ular ham o‘z farzandlarini tarbiya etadilar. Ayni zamonda (agar tirik bo‘lishsa) o‘z ota-onalariga mehribonlik qiladilar. Qur’oni karim oyatidagi ta’bir bilan aytilsa, xokisorlik qanotlarini pastlatmoqlari (farzand ota-onaning huzurida o‘zini qanchalik xokisor tutsa, shunchalik yaxshi) lozim bo‘ladi. Bizning farzandlarimiz — bizning qariligimizdir. To‘g‘ri tarbiya — xayrli oqibat, ya’ni saodatli qarilik. Yomon tarbiya — g‘am- alamga, xorlikka qorishgan qarilikdir. Faqat bugina emas, el-yurt oldidagi burchimizni bajara olmaganimiz oqibatida bo‘ynimizga tushadigan gunohdir.3 Fanlar chuqur va keng rivojlanib borayotgan hozirgi davrda bilim va ilmga intilgan har bir kishi, talaba, fan namoyondasi ilmning, ya’ni ma’rifatning ma’lum sohasinigina egallashga erisha oladi. Insonga qayerda axloq o‘rgatiladi? Inson qayerda axloq ilmi bilan ta’minlanadi? Gap o‘rgatish, ilm berish haqida borayotgani yo‘q. O‘rgatmoq - qaysidir sohaga oid ma’lumot berish deganidir. O‘quv dargohlarida ilmli, ma'lumotli bo‘ladi, ammo odam bo‘lish... Xalqimiz bekorga «Olim bo‘lish oson, odam bo‘lish qiyin», demagan. Shuning uchun tarbiyaning 1 Shavkat Mirziyoyevning «Kamolot» harakatining IV qurultoyidagi nutqi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyidagi nutqi. 2 “Yangi O‘zbekistonda ma’rifatli shaxs tarbiyasi: muammo va yechimlar”: Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. Toshkent: «Ganjina» nashriyoti, 2023.3-bet 3 Toshkent.”Istiqlol”nashriyoti.Jinoyatning uzun yo’li. Tohir Malik.7-bet. 135 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA

Доказательный фрагмент

«In this article, the educational and educational features of the development of enlightenment ideas in students are studied through the works of Tahir Malik, a prominent figure in the field of education.»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, the educational and educational features of the development of enlightenment ideas in students are studied through the works of Tahir Malik, a prominent figure in the field of education. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Tahir Malik, Enlightenment ideas, moral development, moral qualities, axloqiy ta’lim muhitlari., axloqiy fazilatlar, axloqiy rivojlanish, axloqiy namunalar, axloqiy fikrlash, ma’rifatparvarlik g‘oyalari, Tohir Malik, xizmatni o’rganish, tanqidiy fikrlash
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники